Polioksidoniyretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ampula yoki flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: polioksidoniy® (azoksimer bromidi) -3 mg yoki 6 mg yordamchi moddalar: mannitol, povidon, betakaroten – 4,5 mg gacha 3 mg dozasi uchun yoki 9 mg gacha 6 mg dozasi uchun.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

azoksimer bromidi

Preparatning savdo nomi:

Polioksidoniy

Farmakalogik guruhi:

immunomodulyatsiya qiluvchi vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun va mahalliy qo‘llashga eritma tayyorlash uchun liofilizat.

Sarg‘ish tusli oq ranglidan to sariq rangligacha bo‘lgan g‘ovak massa. Preparat gigroskopik va yorug‘likka sezuvchan.

immunomodulyatsiya qiluvchi vosita.

L03

Polioksidoniy® mushak ichiga yuborilganida yuqori biokiraolishlikka ega (89%); qondagi maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti – 40 minut; barcha a’zolar va to‘qimalarga tez taqsimlanadi. Organizmdagi yarim taqsimlanish davri (tez fazasi) – 0,44 soat, yarim chiqarilish davri (sekin fazasi) – 36,2 soat. Organizmda preparat oligomerlargacha gidrolizga uchraydi, ular asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Kattalar va 6 oylikdan boshlab bolalarda immunitetini muvofiqlashtirish. Kattalarda quyidagilarni majmuaviy davolashda: zo‘rayish va remissiya bosqichidagi standart bilan davolab bo‘lmaydigan surunkali qaytalanuvchan infektsion-yallig‘lanishli kasalliklarda;o‘tkir va surunkali virusli va bakterial infektsiyalarda (shu jumladan urogenital infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida);tuberkulyozda;o‘tkir va surunkali allergik kasalliklarda (shu jumladan pollinoz, bronxial astma, atopik dermatitda), asoratlangan surunkali qaytalanuvchan bakterial va virusli infektsiyalarda;onkologiyada kimyo- va nur davolash jarayonida va undan keyin dori preparatlarining immunosupressiv nefro- va gepatotoksikligini kamaytirish uchun;regenerator jarayonlarni (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar), faollashtirish uchun;uzoq vaqt immunodepressantlar bilan davolangan revmatoid artritda; O‘RK bilan asoratlangan revmatoid artritni kechishida;operatsiyalardan keyingi infektsion asoratlarini oldini olish uchun;gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olish uchun. Bolalarda quyidagilarni majmuaviy davolashda: bakteriyali, virusli, zamburug‘li infektsiyalarni qo‘zg‘atuvchilari chaqirgan o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarda (shu jumladan LOR-a’zolarining – sinusitda, rinitda, adenoiditda, bodomsimon bezlarning gipertrofiyasida, ORVI);o‘tkir allergik va toksiko-allergik xolatlarda;respirator yo‘llarining surunkali infektsiyalari bilan asoratlangan bronxial astmada;yiringli infektsiya bilan asoratlangan atopik dermatitda;ichak disbakteriozida (spetsifik terapiya bilan birga);tez-tez va davomli kasal bo‘luvchi shaxslarni reabilitatsiyasi uchun;gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olishda qo‘llaniladi.

Polioksidoniy® preparatini qo‘llash usullari: parenteral, intranazal. Qo‘llash usullari kasallikning og‘irligi, bemorning yoshiga qarab, shifokor tomonidan tanlanadi. Mushak ichiga yoki vena ichiga (tomchilab): preparat kattalarga 6-12 mg dozada sutkada 1 marta har kuni, yoki kunora, yoki haftada 1-2 marta qo‘yilgan tashxisga yoki kasallikning og‘irligiga qarab buyuriladi. Mushak ichiga yuborish uchun ampula yoki flakon ichidagisi 1,5-2 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki inyektsiya uchun suvda eritiladi. Vena ichiga (tomchilab) yuborish uchun preparat 2 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida, Gemodez-N da, Reopoliglyukinda yoki 5% li dekstroza eritmasida eritiladi, so‘ngra steril sharoitida yuqorida ko‘rsatilgan eritmalarning 200-400 ml hajmidagi flakoniga o‘tkaziladi. Parenteral yuborish uchun tayyorlangan eritma saqlanmasligi lozim. Intranazal: 6 mg doza 1 ml (20 tomchi) distillangan suv, 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritiladi. Kattalarni davolashga tavsiya etiladigan sxemalar Parenteral: O‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida: har kuni 6 mg dan 3 kun davomida, keyinchalik kunora, umumiy kursi 5-10 inyektsiya. Surunkali yallig‘lanish kasalliklarida: 6 mg dan kunora 5 inyektsiya, keyinchalik haftada 2 marta, kursi kamida 10 inyektsiyani tashkil qiladi. Tuberkulyozda: 6-12 mg dan haftada 2 marta, kursi 10-20 inyektsiya. O‘tkir va surunkali urogenital kasalliklarda: 6 mg dan kunora, kursi 10 inyektsiya kimyopreparatlari bilan birga. Surunkali qaytalanuvchi gerpesda: 6 mg dan kunora, kursi 10 inyektsiya viruslarga qarshi preparatlar, interferonlar va interferon sintezini induktorlari bilan birga buyuriladi. Allergik kasalliklarning asoratlangan shakllarini davolash uchun: 6 mg dan 5 inyektsiya kursi: birinchi 2 inyektsiya har kuni, keyingilari kunora. O‘tkir allergik va toksiko-allergik holatlarda vena ichiga 6-12 g dan allergiyaga qarshi preparatlar bilan birga yuboriladi. Revmatoid artritda: 6 mg dan kunora 5 inyektsiya, keyinchalik haftada 2 marta, kursi kamida 10 inyektsiya. Onkologik kasallarda: – kimyoterapiyadan avval va kimyoterapiya fonida kimyoterapevtik vositalarni immunodepressiv, gepato– va nefrotoksik ta’sirini kamaytirish uchun 6-12 mg dan kunora, kursi kamida 10 inyektsiya, keyinchalik yuborishning tez-tezligi kimyo- va nur bilan davolashning o‘zlashtirilishi va davomiyligiga qarab, shifokor tomonidan belgilanadi; – o‘smaning immunodepressiv ta’sirini oldini olish uchun, kimyo- va nur terapiyasidan keyingi immuntanqisligini muvofiqlashtirish uchun, o‘sma jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanganidan keyin Polioksidoniy®ni 6-12 mg dan haftada 1-2 marta uzoq vaqt qo‘llash ko‘rsatilgan (2-3 oydan bir yilgacha). O‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda haftada 2 martadan ortiq buyurilmaydi. Intranazal LOR–a’zolarning o‘tkir va surunkali infektsiyalarini davolash uchun, shilliq pardalarning regenerator jarayonlarini kuchaytirish uchun, kasalliklarning asoratlari va qaytalanishlarini oldini olish uchun, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarida 3 tomchidan har bir burun yo‘liga har 2-3 soatda (sutkada 3 marta) 5-10 kun davomida buyuriladi.

Mushak ichiga yuborilganida yuborish joyida og‘riq.

Shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktatsiyada qo‘llash mumkin emas (qo‘llashning klinik tajribasi mavjud emas). Ehtiyotkorlik bilan. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi, 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar (qo‘llash bo‘yicha klinik tajriba cheklangan).

Polioksidoniy® antibiotiklar, viruslarga qarshi, zamburug‘larga qarshi va antigistamin preparatlar, bronxolitiklar, glyukokortikoidlar, tsitostatiklar bilan mutanosib.

Preparat yuborilgan joyda og‘riqlar paydo bo‘lganida, agar bemorda prokainga nisbatan yuqori sezuvchanlik bo‘lmasa, preparat 1 ml 0,25% li prokain eritmasida eritiladi. Vena ichiga (tomchilab) yuborishda oqsil saqlovchi infuzion eritmalarda eritish mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 4 dan 8oS gacha haroratda.

Ta’riflanmagan.

Retsept bo‘yicha

1 gidrolitik sinfi shisha ampulalar yoki flakonlarda inyektsiya uchun va mahalliy qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 4,5 mg dan (3 mg doza uchun), 9 mg dan (6 mg doza uchun). 5 ampula yoki flakondan kontur uyali o‘ramda. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida yoki 5 ampula yoki flakonlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. 50 ampula yoki flakonlar 10 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan karton to‘siqlari bo‘lgan qutida (statsionarlar uchun).

2 yil.