Polinadimretsept bilan rasmini ko'rish

Preparatning savdo nomi:

Polinadim

Farmakalogik guruhi:

allergiya qarshi majmuaviy vosita (N1-gistamin retseptorlari blokatori + alfa-adrenomimetik).

tiniq, kuchsiz bo‘yalgan suyuqlik.

allergiya qarshi majmuaviy vosita (N1-gistamin retseptorlari blokatori + alfa-adrenomimetik).

S01GA51.

Preparat ko‘z shilliq qavatidan qon tomirlarga yaxshi va tez so‘riladi; lekin so‘rilish darajasini aniqlovchi ma’lumotlar yo‘q.

pollinoz kon’yunktivit;bahordagi kon’yunktivit va keratokon’yunktivit;infektsion-allergik keratokon’yunktivit va blefarit;surunkali allergik kon’yunktivit;kontakt linzalar taqilganda allergik reaktsiyalar;dorili kon’yunktivit va keratokon’yunktivit;infektsion kon’yunktivit va keratokon’yunktivitlarni davolaganda allergik reaktsiyalar;atopik kon’yunktivitda qo‘llanadi.

Kattalarga klinik simptomlar yo‘qolguncha har bir ko‘zning pastki kon’yunktial qopchasiga 1 tomchidan sutkada 2-3 marta tomiziladi. Allergik kon’yunktivitning o‘tkir ko‘rinishlarida shish va ko‘zning ta’sirlanishi kamayguncha pastki kon’yunktival qopchasiga 1 tomchidan har 3 soatda, so‘ngra klinik simptomlar yo‘qolguncha 1 tomchidan sutkada 2-3 marta tomiziladi. 2 yoshdan oshgan bolalarga 1 tomchidan sutkada 1-2 marta buyuriladi. Simptomlar 72 soatdan ko‘proq saqlangan xollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish v davolashni davom ettirish maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish uchun shifokorga murojaat etish kerak.

Allergik reaktsiyalar: kam hollarda. Ko‘z sohasida achishish, kon’yunktiva giperemiyasi, ko‘zlarda qichishish, ko‘rishni buzilishi, ko‘z ichki bosimini oshishi, midriaz (qorachiqlarni kengayishi), ko‘zlarda og‘riq, burun shilliq qavatini qurishi. Barcha ko‘rinishlar preparat bekor qilingandan keyin o‘tib ketadi. Muguz pardani xiralashishining yakka xolati ta’riflangan (7 kun davomida sutkada kamida 10 marta qo‘llanilganda), u davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketgan. Bolalar va keksa patsiyentlarda teri qoplamalarini oqarishi, taxikardiya, yurak sohasida og‘riq, arterial bosimni oshishi, ko‘p terlash, qaltirash, bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynishi, uyquchanlik, bosh aylanishi bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; Yopiq burchakli glaukoma; Monoamioksidaza (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda yoki ular bekor qilingandan keyin 14 kun davomida qo‘llash; 2 yoshdan kichik bolalar; Kon’yunktiva kserozida qo‘llash mumkin emas.

Tritsiklik antidepressantlar bilan birga qo‘llanilganda nafazolinning qon tomirlarni toraytiruvchi ta’siri kuchayishi mumkin. Nafazolinni MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda yoki ular bekor qilingandan keyin 14 kun davomida qo‘llash gipertonik xurujga olib kelishi mumkin.

Preparat 2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llanilmaydi. Preparatni ichga qabul qilish yoki inyektsion yuborish mumkin emas. Preparat bilan davolash davrida yumshoq kontakt linzalarni taqishdan saqlanish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Transport vositalarini boshqarish, potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta’siri Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va tomizilgandan keyin ko‘rishni aniqligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu dori vositasi mahalliy qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda markaziy nerv tizimini susayishi, uzoq muddatli midriaz, arterial bosimni oshishi, taxikardiya bo‘lishi mumkin. Davolash – simptomatik.

Retsept bo‘yicha beriladi

Ko‘z tomchilari, 0,1%+0,025%. 5 ml, 10 ml dozator-uchlik va buraladigan plastik qopqoqli ko‘z tomchilari uchun plastik flakonda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi. Statsionarlarga yetkazib berish uchun 50 flakonlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil. Flakon ochilgandan keyin 1 oy davomida qo‘llanilsin.