Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 2 mg platifillin gidrotartarati; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
platifillin (platyphylline)
Preparatning savdo nomi:
Platifillin-Zdorovye
Farmakalogik guruhi:
spazmolitik vosita.
Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma.
tiniq rangsiz eritma.
spazmolitik vosita.
A03AX.
Platifillin gistogematik to‘siqlar orqali (shu jumladan gematoentsefalik), xujayra va sinaptik membranalar orqali oson o‘tadi.
Katta dozalarda yuborilganida markaziy nerv tizimining (MNT) xujayralarida ahamiyatli kontsentratsiyalarda to‘planadi.
Jigarda metabolizmga uchraydi.
Buyraklar va ichak orqali chiqariladi.
To‘g‘ri qo‘llanganida (dozalar, yuborishlar orasidagi interval) to‘planmaydi.
Teri ostiga yuboriladi.
Kattalar va 15 yoshdan bolalarga spastik og‘riq, bronxial astmaning davomli xuruji, tserebral va periferik angiospazmlarni bartaraf qilish uchun 1-2 ml dan sutkada 1-2 marta yuboriladi.
Kursli davolashda teri ostiga 1-2 ml dan sutkada 1-2 marta, 10-15-20 kun davomida yuboriladi.
Bir martalik va sutkalik doza, yuborish tez-tezligi patsiyentning yoshi va ko‘rsatmalarga qarab shifokor tomonidan shaxsiy belgilanadi.
Maksimal bir martalik doza – 10 mg, maksimal sutkalik doza – 30 mg.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izni qurishi, chanqoqlik hissi, ta’m sezishni buzilishlari, disfagiya, ichak harakatini atoniyagacha kamayishi, o‘t chiqarish yo‘llari va o‘t pufagining tonusini kamayishi.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: siyishni qiyinlashishi va siydikni tutilishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiya (shu jumladan ekstrasistoliya), yuzni qizarishi, qizib ketish hissi, arterial bosimni pasayishi.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, dizartriya, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi, uyqusizlik, xavotirlik, amnestik sindrom.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: midriaz, fotofobiya, akkomedatsiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi.
Nafas tizimi tomonidan: bronxlarning tonusi va sekretor faoliyatini kamayishi, bu yo‘talganda qiyin ajraladigan, qovushqoq balg‘am hosil bo‘lishiga olib keladi.
Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan: teri toshmalari, eshakemi, eksfoliativ dermatit, teri ajralishini kamayishi, terining quruqligi.
Immun tizimi tomonidan: anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan anafilaktik shok).
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Xilpillovchi aritmiya, taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, mitral stenoz, og‘ir arterial gipertenziya.
O‘tkir qon ketishi.
Tireotoksikoz.
Gipertermik sindrom.
Qizilo‘ngachning axalaziyasi, privratnikning stenozi, ichakning atoniyasi.
Glaukoma.
Jigar va buyrak yetishmovchiligi.
Miasteniya.
Siydikni tutilishi yoki unga moyillik.
Miyani shikastlanishi.
15 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Fenobarbital, pentobarbital, magniy sulfati va etaminal natriyning sedativ va uyqu ta’sirini, ichga buyuriladigan N2-gistaminblokatorlar, digoksin va riboflavinning samaralarini kuchaytiradi (peristaltikani sekinlashtiradi va so‘rilishini yaxshilaydi), prozerinning samarasini bloklaydi.
Adrenomimetiklar va nitratlar ko‘z ichki bosimini oshishini potentsiyalaydilar.
Verapamilni qabul qilish oqibatidagi bradikardiyani, morfinni qabul qilish oqibatidagi ko‘ngil aynishi, qusish va bradikardiyani bartaraf qiladi.
M-xolinoblokatorlar, amantadin, galoperidol (shizofreniyali bemorlarda antipsixotik samarasi pasayishi mumkin), fenotiazin, monoaminoksidaza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, benzaktizin, xinidin sulfati, izoniazid, ayrim antigistamin preparatlari, dizopiramid, novokainamid antixolinergik nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradilar.
Antixolinesteraz preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanmasin.
Morfin yurak-qon tomir tizimiga susaytiruvchi ta’sirini, MAO ingibitorlari – musbat xrono- va batmotrop samarasini, yurak glikozidlari – musbat batmotrop ta’sirini, xinidin va novokainamid-xolinobloklovchi ta’sirini kuchaytiradi.
Silliq mushaklarning spazmlari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqlarda preparatning ta’sirini analgetiklar, sedativ vositalar, trankvilizatorlar kuchaytiradilar, qon tomirlarning spazmlarida – gipotenziv va sedativ vositalar kuchaytiradilar.
Nomutanosibligi.
Boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin.
Prostata bezining giperplaziyasi, yoki siydik chiqarish yo‘llarining obstruktsiyasi, Daun kasalligi, bolalar tserebral falaji bo‘lgan patsiyentlarga; reflyuks ezofagitda, diafragmaning qizilo‘ngach teshigini reflyuks-ezofagit bilan qo‘shilgan churrasida; nospetsifik yarali kolit, megakolonda; 40 yoshdan oshgan bemorlarda tashxis qo‘yilmagan glaukoma bo‘lishi mumkinligini hisobga olib; vegetativ (avtonom) neyropatiyada; keksa yoshli bemorlarda yoki holsizlangan bemorlarda; qiyin ajraladigan, kam ishlab chiqariladigan quyuq balg‘am bilan kechuvchi o‘pkalarning surunkali kasalliklarida yoki orqaga qaytuvchi obstruktsiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Kserotomiyasi bo‘lgan patsiyentlarda uzoq muddat qo‘llash, so‘lak ajralishining yanada pasayishini chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Preparat ehtiyotkorlik bilan va faqat ona uchun kutilgan foyda, homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llanadi.
Bolalar.
Preparat 15 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish xususiyati.
Davolash vaqtida diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: falajli ichak tutilishi, siydikni o‘tkir tutilishi (prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo‘lgan bemorlarda), akkomodatsiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi, og‘iz bo‘shlig‘i, burun, tomoqning shilliq qavatini qurishi; yutishni qiyinlashishi, midriaz (rangdor pardani to‘liq yo‘qolishigacha), tremor, tirishishlar, gipertermiya, keyingi susayishi bilan, MNT ni qo‘zg‘alishi, nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning faoliyatini susayishi.
Davolash: jadallashtirilgan diurez, ichakning falajini susaytiruvchi va taxikardiyani kamaytiruvchi xolinesteraza ingibitorlarini (fizostigmin, galantamin yoki prozerin) yuborish.
O‘rtacha qo‘zg‘aluvchanlik va yengil tirishishlarda – magniy sulfatini yuborish, og‘ir hollarda – natriy oksibutirati, oksigenoterapiya, o‘pkalarning sun’iy ventilyatsiyasi.
Hayotga xavf soluvchi taxikardiyada – xinidin sulfati, propranolol.
Retsept bo‘yicha
Inyektsiya uchun eritma 2 mg/ml 1 ml dan ampulalarda №10 qutida; №5x2, №10 blisterlarda qutida.