Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: platifillin gidrotartrat – 2 mg.
yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Platifillin gidrotartrat
Preparatning savdo nomi:
Platifillin gidrotartrat
Farmakalogik guruhi:
Cpazmolitik vositalar.
Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma.
tiniq, rangsiz suyuqlik
Cpazmolitik vositalar.
Parenteral yuborilganidan keyin gistogematik to‘siqlardan (shu jumladan gematoentsefalik to‘siq orqali), xujayra va sinaptik membranalardan tez va oson o‘tadi.
Katta dozalari yuborilganida yuqori kontsentratsiyalarda markaziy nerv tizimida to‘planadi.
Jigarda metabolizmga uchraydi.
Organizmda gidrolizga uchraydi va platinetsin xamda platinetsin kislotasini hosil qiladi.
Buyrak va ichak orqali chiqariladi.
To‘planish kuzatilmaydi.
Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining silliq mushaklari spazmlari (me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi; ichak, jigar va buyrak sanchiqlari, bronxospastik holatlar), qon tomirlar spazmlari (arterial gipertenziyasi, stenokardiya, bosh miya qon tomirlar spazmlarida .
Teri ostiga yuboriladi.
O‘tkir yara og‘riqlarini, shuningdek ichak, jigar, buyrak sanchiqlarini bartaraf qilish uchun teri ostiga 0,002-0,004 g (0,2% li eritmadan 1-2 ml) yuboriladi.
Davolash kursi uchun (10-20 kun) teri ostiga 0,2% li eritmadan 1-2 ml dan yuboriladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va emizikli bolalarga – 0,035 mg/kg (0,0175 ml/kg) buyuriladi; 1-5 yoshli bolalarga – 0,03 mg/kg (0,015 ml/kg) buyuriladi; 6-10 yoshli bolalarga – 0,025 mg/kg (0,0125 ml/kg) buyuriladi; 11-14 yoshli bolalarga – 0,02 mg/kg (0,01 ml/kg) buyuriladi.
Dozani oshirib yuborilganda og‘iz qurishi, chanqoqlik, ichak atoniyasi, yurak urishi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, midriaz, akkomodatsiya falaji, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, fotofobiya, tirishishlar, siydikni tutilishi, o‘tkir psixoz (yuqori dozalarda), o‘pka atelektazi kuzatilishi mumkin.
Glaukoma, jigar va buyrakning organik kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Fenobarbital, pentobarbital, magniy sulfatining sedativ va uxlatuvchi ta’sirini kuchaytiradi.
Boshqa m-xolinoblokatorlar, amantadin, galoperidol, fenotiazin, monoaminooksidaza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, ayrim antigistamin preparatlar nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Xolinesteraza ingibitorlari bilan – antagonizm kuzatiladi.
Morfin yurak-qon tomir tizimiga susaytiruvchi ta’sirini kuchaytiradi, monoaminooksidaza ingibitorlari – musbat xrono- va batmotrop samaralari kuzatiladi, yurak glikozidlari – musbat batmotrop ta’sir; xinidin, prokainamid – m- xolinobloklovchi ta’siri bo‘lishi mumkin.
Silliq mushak spazmlari bilan bog‘liq og‘riqlarda analgetiklar, sedativ vositalar, trankvilizatorlar ta’sirini kuchaytiradi; qon tomirlar spazmlarda – gipotenziv va sedativ vositalari preparatning ta’sirini kuchaytiradi.
Davolanish davrida arterial bosimni va pulsni muntazam nazorat amalga oshirishi lozim.
Davolanish davrida alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish lozim.
Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganda, davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
250C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: paralitik ichak tutilishi, siydikni o‘tkir tutilishi (prostata bezining adenomasi bo‘lgan bemorlarda), akkomodatsiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi, og‘iz, burun, tomoq shilliq qavatini qurishi, yutishni, nutqni qiyinlashishi, midriaz (rangdor pardani to‘liq yo‘qolgunicha), tremor, tirishishlar, gipertermiya, qo‘zg‘alish, markaziy nerv tizimini susayishi, nafas va qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning faolligini susayishi yuz berishi mumkin.
Davolash: jadallashtirilgan diurez, m-xolinmimetiklarni va antixolinesteraz vositalarni parenteral yuborish.
Gipertermiyada – namlab artish, isitma tushiruvchi vositalar buyuriladi, qo‘zg‘alishida – vena ichiga tiopental natriyni yuborish; midriazda – mahalliy ko‘z tomchilari ko‘rinishida pilokarpin qo‘llanadi.
Glaukoma xuruji rivojlangan hollarda darhol kon’yuktiva bo‘shlig‘iga 1% li pilokarpin eritmasi har 1 soatda 2 tomchidan tomiziladi va teri ostiga – 1 ml dan 0,05% prozerin (neostigmin metilsulfat) eritmasi sutkada 3-4 marta yuboriladi.
0,2% li eritma inyektsiya uchun.
1 ml dan ampulalarda (№5, №10).