Planteks rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 g Planteks® granulalari quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 250 mg (7,7:1) fenxel mevalarining suvli quruq ekstrakti (x) va fenxelning efir moyi, unda kamida 0,5 mg anetol va kamida 0,2 mg fenxon; yordamchi moddalar: glyukoza, laktoza.

Preparatning savdo nomi:

Planteks

Farmakalogik guruhi:

spazmolitik vosita

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun granulalar

dog‘lari bo‘lgan och-jigarrang mayda granulalar

spazmolitik vosita

A03AX

Planteks® ni hayotini ikki haftasidan boshlab va undan kattaroq yoshli bolalarda meteorizmga qarshi va ovqat hazm bo‘lishini yengil buzilishlarida ichakdagi spastik og‘riqlarni bartaraf qilish uchun, shuningdek emizishdan ovqatlanishning boshqa turlariga o‘tishda ishlatish tavsiya qilinadi.

Preparat ichga oldindan yangi qaynatilgan iliq suvda eritilgandan keyin, ovqatdan keyin va ovqat qabul qilishlar orasidagi tanaffuslarda mustaqil ichish sifatida qo‘llanadi. Hayotining 2 haftaligidan 1 yoshgacha bolalarga: sutkada 1-2 paketchadan (5-10 granulalar) 2-3 qabulda. 1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: sutkada 2-3 paketchadan (10-15 granulalar) 2-3 qabulda. Tavsiya etilgan dozalarda Planteks 1 oygacha qo‘llanishi mumkin. Me’da-ichak buzilishlari vaqtida Planteksni uzoq bo‘lmagan vaqt (bir necha kun) qabul qilish mumkin. Uzoq vaqt qabul qilish xaqida (bir necha kun) shifokor va farmatsevt bilan maslahatlashing. Eritmani tayyorlash uchun bir paketcha ichidagisini butilka yoki chashkaga solinadi, 100 ml qaynatilgan suv qo‘shiladi va granulalar to‘liq erigunicha silkitiladi. Preparat ovqatga qo‘shilishi mumkin (sutga), qismlar bo‘yicha (choy qoshiq uchida).

Allergik reaktsiyalar kutilishi mumkin.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

Eritmani tayyorlash uchun faqat iliq qaynatilgan suv yoki sut ishlating. Emizikli bolalar uchun faqat yangi tayyorlangan eritmani ishlatish kerak. Shirin ta’m beruvchilarni qo‘shmang. Planteksning har bir paketi 2,5 g glyukoza va 2,2 g laktoza  saqlaydi; preparat laktaza, tanqisligi galaktozemiya yoki glyukoza-galaktoza so‘rilishini buzilishlari bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi.

Preparatni homilador va emizikli ayollarga qabul qilishi tavsiya etilmaydi (chunki klinik ma’lumotlar yetarli emas).

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishining simptomlari bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.

Retseptsiz beriladi

5 g dan granulalar 10 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.

2 yil.