Plagril Aretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 97,857 mg klopidogrel gidrosulfati (forma-I) (klopidogrelga qayta hisoblanganda 75 mg) [plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibida 312 mg*], 75 mg atsetilsalitsil kislotasi [ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibida 120 mg**]. * – klopidogrelning plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 97,857 mg klopidogrel gidrosulfati (forma-I) (klopidogrelga qayta hisoblanganda75 mg); yordamchi moddalar: 140,643 mg mikrokristall tsellyuloza, 45 mg mannitol, 12 mg kroskarmelloza natriy, 4,5 mg gidrogenlangan kanakutjut moyi; plyonka qobig‘i: 12 mg pushti opadray [gipromelloza 6 sR 62,50%, titan dioksidi (Ye171) 30,60%, makrogol 400 6,25%, temir (III) oksidi bo‘yovchisi (Ye172) 0,65%]. ** atsetilsalitsil kislotasining ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan har bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 75 mg atsetilsalitsil kislotasi; yordamchi moddalar: 25,9 mg laktoza monogidrati, 7,5 mg oldindan jelatinlangan kraxmal, 0,1 mg suvsiz limon kislotasi, 0,5 mg kolloid kremniy dioksidi, 1 mg stearin kislotasi; yordamchi moddalar (plyonka qobig‘i): 2,2 mg gipromelloza 6 srs, 0,22 mg propilenglikol, 0,22 mg talk, 0,11 mg titan dioksidi; yordamchi moddalar (ichakda eruvchan qobiq): 7,5 mg metakril kislotasi va etilakrilat sopolimeri [1:1] (metakril kislotasi sopolimeri (S tipi)), 0,6 mg makrogol 4000, 1,15 mg talk; №0 qattiq jelatin kapsulalarining tarkibi: 82,31% jelatin, 14,50% suv, 0,08% natriy laurilsulfati, 0,80% metilparagidroksibenzoat, 0,20%i propilparagidroksi-benzoat; kapsulaning qopqoqchasi va korpusiga yozuv tushirish uchun qora siyoh tarkibi: 30-34% etanol, 3-6% izopropanol, 3-5% butanol, 20-24% shellak, 0,5-2,0% propilenglikol, 20-24% temir (II,III) oksidi bo‘yovchisi (Ye172), tozalangan suv q.s.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

atsetilsalitsil kislotasi + klopidogrel

Preparatning savdo nomi:

Plagril A

Farmakalogik guruhi:

antiagregant vosita

Dori shakli:

ajralib chiqishi modifikatsiyalangan kapsulalar

kapsulaning qopqoqchasida “DR. REDDY’S ” va kapsulaning korpusida “Plagril A” qora rangli markirovkasi bo‘lgan oq rangli №0 qattiq julatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi: kapsulasimon shaklli, ikki yoqlama qavariq, faskali, pushtidan och-pushti ranggacha plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar; dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi;dumaloq shaklli, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka.

antiagregant vosita

V01AS30

Klopidogrel Sutkada 75 mg dozada bi marta va kurs bilan ichga qabul qilganda klopidogrel ichakda tez so‘riladi. Qon plazmasida o‘zgarmagan klopidogrelning o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasiga (75 mg bir martalik doza ichga qabul qilingandan keyin taxminan 2,2-2,5 ng/ml) uni bir marta qabul qilgandan keyin taxminan 45 minut o‘tgach erishiladi. Buyraklar orqali klopidogrelning metabolitlarni chiqarilish ma’lumotlariga ko‘ra uni so‘rilishi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Atsetilsalitsil kislotasi ASK so‘rilgandan keyin salitsil kislotasini hosil qilib gidrolizga uchraydi, uning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga ASK ichga qabul qilingandan keyin 1 soat o‘tgach erishiladi. Tez gidrolizga uchraganligi tufayli, ichga qabul qilingandan keyin 1,5-3 soat o‘tgach ASK qon plazmasida deyarli aniqlanmaydi.

Plagril® A majmuaviy preparati klopidogrel va atsetilsalitsil kislotasini bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Aterotrombotik asoratlarni oldini olish O‘tkir koronar sindromi bo‘lgan katta patsiyentlarda: ST segmentini ko‘tarilishisiz (nostabil stenokardiya yoki Q tishchasiz miokard infarkti), shu jumladan teri orqali koronar aralashuvda stentlash o‘tkazilgan patsiyentlar;ST segmentini ko‘tarilishi bilan (o‘tkir miokard infarkti) medikamentoz davolaganda va trombolizis o‘tkazish imkoni bo‘lganida qo‘llanadi. Aterotrombotik va tromboembolik asoratlarni, shu jumladan insult, yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasida (xilpillovchi aritmiya) oldini olish Qon tomir asoratlarini rivojlanishi kamida bitta xavf omiliga ega yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi (xilpillovchi aritmiya) bo‘lgan katta patsiyentlar bevosita ta’sirga ega antikoagulyantlarni qabul qilolmaydilar va qon ketishini past xavfiga ega.

Plagril® A preparatini ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar sutkada 1 marta qabul qilish kerak.

Klinik tadqiqotlarda klopidogrelning xavfsizligi 44000 dan ziyod patsiyentlarda, shu jumladan uni bir yil davomida qabul qilgan 12000 dan ziyod patsiyentlarda yoki klopidogrel va atsetilsalitsil kislotasini bir vaqtda qabul qilgan 30000 dan ziyod patsiyentlarda o‘rganilgan; CURE klinik tadqiqotida atsetilsalitsil kislotasi bilan birga klopidogrelning xavfsizligi ularni 1 yil va undan ortiq qabul qilgan 6200 dan ziyod patsiyentlarda baholangan. Quyida beshta yirik klinik tadqiqotlarda: CAPRIE, CURE, CLARITY, COMMIT va ACTIVE A va klopidogrel + atsetilsalitsil kislotasi majmuasini, klopidogrelni monoterapiyada va atsayetilsalitsil kislotasini monoterapiya postmarketing qo‘llashda kuzatilgan klinik ahamiyatga ega nojo‘ya samaralar (NS) sanab o‘tilgan. Nojo‘ya samaralarning yuzaga kelish tez-tezligi JSST tasnifi bo‘yicha aniqlangan: juda tez-tez > 10%; tez-tez> 1% va< 10%; tez-tez emas> 0,1% va< 1%; kam hollarda> 0,01% va< 0,1%; juda kam hollarda < 0,01%; tez-tezligi noma’lum – mavjud ma’lumotlar asosida NS tez-tezligini baholab bo‘lmaydi. Shartli belgilar: 1NS, klopidogrel va atsetilsalitsil kislotasi majmuasini qo‘llanilganda kuzatilgan; 2NS, klopidogrel qo‘llanilganda kuzatilgan; 3NS, atsetilsalitsil kislotasiqo‘llanilganda kuzatilgan. Gemorragik noxush ko‘rinishlar (purpura/qon talashlar; burundan qon ketishi; gematuriya; teri, suyak va mushak to‘qimalariga qon quyilishi; gematomalar; bo‘g‘imlar bo‘shlig‘iga [gemartrozlar], kon’yunktivaga, ichki muhitga va ko‘zlarning to‘r pardasiga qon quyilishi; nafas yo‘llaridan qon ketishi, qon tupurish; operatsion yaradan qon ketishi; bosh miya ichki qon quyilishlari (gemorragik insult); me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, qorin parda orti qon quyilishi va boshqalar) Qon ketishi va qon quyilishlari klinik tadqiqotlarda va preparatni postmarketing qo‘llanilganda eng ko‘p kuzatilgan noxush ko‘rinishlar bo‘lgan, ular ayniqsa davolashning birinchi oyi davomida yuzaga kelgan. Tez-tez: yirik qon ketishlar1 [xayotga xavf soluvchi, 4 va undan ko‘p qon birligini quyishni talab etuvchi qon ketishlar; 2-3 qon birligini quyishni talab etuvchi boshqa yirik qon ketishlar; xayotga xavf solmaydigan yirik qon ketishlar (COMMIT tadqiqotlari ma’lumotlariga ko‘ra yirik notserebral qon ketishlar va bosh miya ichki qon ketishlarini rivojlanish tez-tezligi “tez-tez emas” bo‘lgan)]1; kichik qon ketishlar (ACTIVE-A tadqiqotlari ma’lumotlariga ko‘ra kichik qon ketishlarni rivojlanish tez-tezligi “juda tez-tez” bo‘lgan)1, qon tomirlar punktsiyasi sohasida qon ketish1,2; qon talashlar2; gematomalar2. Klopidogrel + atsetilsalitsil kislotasi majmuasini qo‘llaganda qon ketishlar tez-tezligi atsetilsalitsil kislotasining dozasiga bog‘liq bo‘lgan (< 100 mg  ̶ 2,6%; 100-200 mg  ̶  3,5%, > 200 mg  ̶  4,9%), shuningdek faqat ASK ni qo‘llaganda ularning tez-tezligi (< 100 mg  ̶  2,0%, 100-200 mg  ̶  2,3%, > 200 mg  ̶  4,0%). Aortokoronar shuntlashdan kamida 5 kun oldin davolashni to‘xtatgan patsiyentlarda bu aralashuvdan keyin 7 kun davomida yirik qon ketishi holatlarini tezlashishi kuzatilmagan (faqat atsetilsalitsil kislotasini qabul qilganda 5,3% ga qarshi klopidogrel + atsetilsalitsil kislotasini qabul qilganda 4,4%). Aortokoronar shuntlashdan oldin oxirgi besh kun davomida antiagregant davolashda qolgan patsiyentlarda aralashuvdan keyin bu qon ketishlarning tez-tezligi 9,6% (klopidogrel + atsetilsalitsil kislotasi) va 6,3% ni (faqat atsetilsalitsil kislotasi) tashkil etgan. Tez-tez emas: o‘lim bilan yakunlanuvchi qon ketishi1; xayotga xavf soluvchi qon ketishi [qonda gemoglobin darajasini 5 g/dl dan ko‘proqqa pasayishi bilan kechuvchi qon ketishi (CLARITY klinik tadqiqotining ma’lumotlariga ko‘ra ularni rivojlanish tez-tezligi “tez-tez” bo‘lgan)1, jarroxlik aralashuvini talab etuvchi qon ketishlar1; bosh miya ichki qon quyilishlari (gemorragik insultlar) (CLARITY klinik tadqiqotining ma’lumotlariga ko‘ra ularni rivojlanish tez-tezligi “tez-tez” bo‘lgan)1; inotrop preparatlarni yuborishni talab etuvchi qon ketishlar]1; og‘ir qon ketishlar (ko‘pincha purpura, burundan qon ketishlar kuzatilgan; kamroq darajada gematuriya va ko‘z ichki, asosankon’yunktival qon quyilishlar kuzatilgan)2. Kam hollarda: ko‘rishni ahamiyatli yomonlashishi bilan kechuvchi ko‘z ichki qon quilishlari, qorin parda orti qon quyilishlari1. Tez-tezligi noma’lum (postmarketing qo‘llash tajribasi): qon ketishining jiddiy holatlari2, asosan teri2, suyak, mushak to‘qimalari va bo‘g‘imlar bo‘shlig‘i (gemartroz)2, ko‘z to‘qimalari (kon’yunktival, ichki muhit va ko‘zning to‘r pardasi)2 qon quyilishlari, nafas yo‘llaridan qon ketishi2, qon tupurish2, burundan qon ketishi2, gematuriya2, operatsion yaradan qon ketishi2; bosh miya ichki qon quyilishlari3, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan holatlar3, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda; o‘lim bilan yakunlangan qon ketishlarning boshqa holatlari (xususan me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar va qorin parda orti qon quyilishlari)2.

Preparatning har qanday ta’sir etuvchi yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.Og‘ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori).Preparatning tarkibida atsetilsalitsil kislotasi borligi tufayli og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 30 ml dan kam).O‘tkir qon ketishi, masalan peptik yaradan qon ketishi yoki bosh miya ichki qon quyilishi.Salitsilatlar va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilish bilan induktsiya qilingan bronxial astma; preparatning tarkibida atsetilsalitsil kislotasi borligi tufayli bronxial astma, rinit va burun va yondosh bo‘shliqlarining qaytalanuvchi polipozini birga kechishi.Mastotsitoz, bunda ASK og‘ir darajadagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini, shu jumladan teri qoplamalarini qizarishi, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya va qusish bilan kechuvchi shok rivojlanishi mumkin (preparatning tarkibida atsetilsalitsil kislotasi borligi tufayli).Kam uchraydigan nasliy holatlar: preparatning tarkibida laktoza borligi tufayli galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiya sindromi.Homiladorlik va emizish davri (“Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi” bo‘limiga qarang).Bolalarda qo‘llash mumkin emas (qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan).

Klopidogrel, fibrinspetsifik yoki nofibrinspetsifik trombolitik vositalar va geparinni birga qo‘llashning xavfsizligi o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan patsiyentlarda tahlil qilingan. Klinik ahamiyatga ega bo‘lgan qon ketishlarning tez-tezligi trombolitik preparatlar va geparinni ASK bilan birga qo‘llanilgan hollardagiga o‘xshash bo‘lgan. Plagril® A preparati va trombolitik preparatlarni birga qo‘llash yuzasidan klinik ma’lumotlarni yetarli emasligi tufayli, ularni birga buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Qon ketish va qon tomonidan buzilishlar Qon ketishi va qon tomonidan buzilishlar rivojlanishi xavfi (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang) tufayli, davolash jarayonida qon ketishiga gumon qiluvchi klinik simptomlari paydo bo‘lgan hollarda shoshilinch ravishda qonning umumiy klinik tahlilini o‘tkazish, faollashgan qisman tromboplastin vaqtini (FQTV), trombotsitlar soni, trombotsitlarning funktsional faolligi ko‘rsatkichlarini aniqlash va boshqa zarur tekshiruvlarni o‘tkazish kerak. Plagril® A preparatining tarkibida ikkita antiagregant vositalarni mavjudligi tufayli, jarohatlar, jarroxlik aralashuvlari yoki boshqa patologik holatlar tufayli qon ketishini yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek NYAQP (shu jumladan TsOG-2 ingibitorlarini), geparin, IIb/IIIa glikoproteini ingibitorlari, SQQOSI va trombolitik vositalarni qabul qilayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Qon ketishi, shu jumladan yashirin qon ketishi yuzasidan, ayniqsa davolashning birinchi xaftasi davomida va/yoki invaziv kardiologik muolajalar/jarroxlik aralashuvlaridan keyin patsiyentlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Plagril® A preparatini bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu qon ketishi jadalligini oshirishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang), shuning uchun ayrim klinik holatlar (yurak chap qorinchasidagi flotatsiya qiluvchi tromb, xilpillovchi aritmiyasi bo‘lgan patsiyentlarda stentlash yoki bilvosita ta’sirga ega antikoagulyantlarni buyurish uchun boshqa ko‘rsatmalar) dan tashqari Plagril® A preparati va varfarinni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar patsiyentga rejali jarroxlik aralashuvi rejalashtirilgan bo‘lsa va bunda antitrombotik samaraga erishish zarurati bo‘lmasa, operatsiyadan 7 kun oldin Plagril® A preparati bekor qilish kerak. Plagril® A qon ketish vaqtini oshiradi va qon ketishlar, ayniqsa me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va ko‘z ichki qon quyilishlari rivojlanishiga moyil kasalliklar va holatlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Patsiyentlar Plagril® A preparatini qabul qilganda qon ketishini to‘xtatish uchun odatdagidan ko‘proq vaqt talab etilishi mumkin va ularda joylashishi va davomiyligi bo‘yicha odatdagi bo‘lmagan qon ketishi rivojlanganda davolovchi shifokoriga xabar berish kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Har qanday jarroxlik aralashuvidan oldin va har qanday yangi dori preparatini qabul qilishdan oldin patsiyentlar Plagril® A preparatini qabul qilishlari haqida shifokorga (shu jumladan stomatologga) xabar berishlari kerak. Trombotik trombotsitopenik purpura Klopidogrelni qo‘llagandan keyin juda kam hollarda nevrologik buzilishlar, buyrak funktsiyasini buzilishi va isitma bilan kechuvchi trombotsitopeniya va mikroangiopatik gemolitik anemiya bilan xarakterlanuvchi trombotik trombotsitopenik purpura (TTP) rivojlanishi holatlari kuzatilgan. TTP darhol davolashni, shu jumladan plazmaferezni talab etuvchi xayot uchun xavf soluvchi potentsial xavfli holat hisoblanadi. Orttirilgan gemofiliya Klopidogrelni qabul qilganda orttirilgan gemofiliya rivojlangan holatlar haqida xabar berilgan. Qon ketishi bilan kechuvchi yoki kechmaydigan faollashgan qisman tromboplastin vaqtini alohida oshishi tasdiqlangan holatlarda orttirilgan gemofiliya rivojlanganligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish kerak. Orttirilgan gemofiliya tashhisi tasdiqlangan patsiyentlar kuzatilishi va bu kasallik bo‘yicha mutaxassisda davolanishi va klopidogrel qabul qilishni to‘xtatishlari kerak. Tiyenopiridinlar orasida kesishgan allergik va/yoki gematologik reaktsiyalar Patsiyentlarda avval boshqa tiyenopiridinlarga (tiklopidin, prazugrel kabi) allergik va/yoki gematologik reaktsiyalar mavjudligi yuzasidan anamnez to‘plash kerak, chunki tiyenopiridinlar orasida kesishgan allergik va/yoki gematologik reaktsiyalar haqida xabar berilgan (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang). Tiyenopiridinlar o‘rtacha va og‘ir allergik reaktsiyalar (toshma, angionevrotik shish) yoki gematologik reaktsiyalar (trombotsitopeniya va neytropeniya kabi) chaqirishi mumkin. Tiyenopiridinlar guruhiga mansub preparatlardan biriga avval allergik va/yoki gematologik reaktsiyalar kuzatilgan patsiyentlar tiyenopiridinlar guruhiga mansub boshqa preparatga shunday reaktsiyalar rivojlanishining yuqori xavfiga ega bo‘lishlari mumkin. Kesishgan allergik va/yoki gematologik reaktsiyalar monitoringi tavsiya etiladi. Yaqinda o‘tkazilgan ishemik insult Yaqinda o‘tkazilgan bosh miyada qon aylanishini o‘tkinchi buzilishi yoki insulti bo‘lgan ishemik asoratlar rivojlanishining yuqori xavfiga ega patsiyentlarda atsetilsalitsil kislotasi va klopidogrel majmuasi yirik qon ketishlar rivojlanishi xavfini oshiradi. Shuning uchun bunday patsiyentlarda Plagril® A preparati ehtiyotkorlik bilan va faqat uni qo‘llashdan klinik foyda isbotlangan hollardagina qo‘llanadi. Me’da-ichak yo‘llariga ta’siri Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi yoki anamnezida me’da-ichakdan qon ketishi bo‘lgan patsiyentlarda yoki hatto me’daning yarali shikastlanishining ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan me’da-ichak yo‘llarining yuqori qismlari tomonidan ahamiyatsiz simptomlari bo‘lgan patsiyentlarda Plagril® A preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Plagril® A preparati bilan davolashning har qanday vaqtida gastralgiya, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish va me’da-ichakdan qon ketishi kabi me’da-ichak yo‘llarining yuqori qismlari tomonidan simptomlar yuzaga kelishi mumkin. Plagril® A preparati bilan davolaganda dispeptik buzilishlar kabi me’da-ichak yo‘llari tomonidan ahamiyatsiz nojo‘ya samaralar kam hollarda uchrashligiga qaramasdan, shifokor bunday hollarda har doim hatto anamnezida me’da-ichak yo‘llari tomonidan patologiyalar yo‘qligida ham me’da-ichak yo‘llari shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi va qon ketishini inkor etishi kerak. CYP2S9 izofermentining funktsional faolligi CYP2S9 izofermentining metabolik faolligi past bo‘lgan patsiyentlarda klopidogrelni tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda klopidogrelning faol metaboliti kam hosil bo‘ladi, uning trombotsitlar funktsiyasiga samarasi kamayadi. Shuning uchun o‘tkir koronar sindromi yoki teri orqali koronar aralashuv o‘tkazayotgan va klopidogrel qabul qilayotgan bunday patsiyentlar CYP2S9 izofermentining faolligi normal bo‘lgan patsiyentlarga nisbatan yurak-qon tomir tizimi tomonidan asoratlarning yuqori tez-tezligiga ega bo‘lishlari mumkin. Boshqalar Atsetilsalitsil kislotasi va odatda bolalarda infektsiyaning prodromal davrida kuzatilidigan xayot uchun xavfli Reya sindromi (entsefalopatiya va jigar yetishmovchiligini tez rivojlanishi bilan kechuvchi jigarning yog‘li o‘tkir distrofiyasi) orasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishi mumkin.Preparatning tarkibida atsetilsalitsil kislotasi mavjudligi tufayli, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarga Plagril® A preparatini sinchkov tibbiy kuzatuv ostida buyurish kerak (gemoliz rivojlanishi xavfi tufayli) (“Ehtiyotkorlik bilan”, “Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limlariga qarang).Preparat gidrogenlangan kanakunjut moyi saqlaydi, bu me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar yoki diareya chaqirishi mumkin.Preparatning tarkibida ASK mavjudligi tufayli, Plagril® A preparatini qabul qilish vaqtida patsiyentlar alkogolning ko‘p miqdorini surunkali iste’mol qilganda qon ketishi rivojlanishi xavfini oshishi haqida ogohlantirilishlari kerak.Galaktozani o‘zlashtirilishini kam uchraydigan nasliy buzilishlari, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlarga Plagril® A preparatini qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik Ehtiyotkorlik chorasi sifatida Plagril® A preparatini homiladorlikning birinchi ikkita uch oyligida qo‘llash mumkin emas, ayolning klinik holati klopidogrelni ASK bilan majmuada qo‘llash talab etishidan tashqari. Tarkibida ASK mavjudligi tufayli, preparatni homiladorlikning uchinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar klopidogrelda homiladorlikni kechishi, embrional rivojlanish, tug‘ruq va postnatal rivojlanishga bevosita ham, bilvosita ham noxush samaralarni aniqlamagan. Lekin homilador ayollarda xajmi bo‘yicha yetarli va nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. ASK da teratogen ta’sir aniqlangan, garchi klinik tadqiqotlarda akusherlikda cheklangan darajada qo‘llanadigan va istisoslashgan monitoringni talab etuvchi ASK ning sutkada 100 mg gacha dozalari xavfsizligini namoyish qilgan. Emizish davri Plagril® A preparati bilan davolaganda emizishni to‘xtatish kerak, chunki atsetilsalitsil kislotasi ko‘krak sutiga kirishi aniqlangan, kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar esa, klopidogrel va/yoki uning metabolitlari ham laktatsiya davridagi kalamushlarda ko‘krak suti bilan chiqarilishini namoyish qilgan.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Klopidogrel dozasini oshirib yuborilishini simptomlari va davolash Klopidogrel dozasini oshirib yuborilishi qon ketish vaqtini uzayishi, keyinchalik qon ketishi rivojlanishi ko‘rinishidagi asoratlarga olib kelishi mumkin. Qon ketishi yuzaga kelganda tegishli davolashni o‘tkazish talab etiladi. Klopidogrelning antidoti aniqlanmagan. Agar uzaygan qon ketish vaqtini tez muvofiqlashtirish zarur bo‘lsa, trombotsitar massani quyish tavsiya etiladi. Atsetilsalitsil kislotasi dozasini oshirib yuborilishini simptomlari va davolash Dozani oshirib yuborilishining o‘rtacha darajasi: bosh aylanishi, quloqlarda shang‘illash, ongni chalkashishi va me’da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlar (ko‘ngil aynishi, qusish va me’da sohasida og‘riq). Og‘ir intoksikatsiya simptomlari aniqlanganda kislota-ishqor muvozanatini og‘ir buzilishlari yuzaga keladi. Dastlab yuzaga keladigan giperventilyatsiya nafas buzilishi oqibatidagi alkaloz rivojlanishiga olib keladi. So‘ngra nafas buzilishi oqibatidagi alkalozni nafas markazlariga ingibitsiya qiluvchi ta’siri oqibatida nafas buzilishi oqibatidagi atsidoz rivojlanadi. Shuningdek qonda salitsitlarning mavjudligi tufayli metabolik atsidoz ham rivojlanadi. Bundan tashqari quyidagi simptomlar paydo bo‘ladi: gipertermiya va degidratatsiyaga olib keluvchi ko‘p terlash, harakat bezovtaligi, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar va gipoglikemiya rivojlanishi. Nerv tizimini bostirilishi koma, kollaps rivojlanishi va nafasni to‘xtashiga olib kelishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasining letal dozasi 25-30 g. Salitsilatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi 300 mg/l (1,67 mmol/l) dan yuqoriligi intoksikatsiya mavjudligini tasdiqlaydi. ASK dozasini o‘tkir va surunkali oshirib yuborilishida o‘pkaning nokardiogen shishi rivojlanishi mumkin (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang). Dozani og‘ir oshirib yuborilishi simptomlari aniqlanganda gospitalizatsiya talab etiladi. Dozani o‘rtacha oshirib yuborilganda qusishni sun’iy chaqirish, muvaffaqiyatsiz bo‘lganda me’dani yuvishga urinish kerak. Shundan so‘ng faollashtirilgan ko‘mir (adsorbent) va tuzli surgi vositalarni ichga (agar patsiyent yuta olsa) yoki aks holda me’daga zond orqali yuborish kerak. Salitsilatlarni chiqarilishini tezlashtirish uchun siydikni jadal ishqoriylashtirish maqsadida 250 mmol natriy bikarbonatini 3 soat davomida siydikning rN va kislota-ishqor holatini nazorati ostida vena ichiga tomchilab yuborish ko‘rsatilgan. Dozani og‘ir oshirib yuborilishini maqsadga muvofiq davolash bo‘lib gemodializ yoki peritoneal dializ hisoblanadi. Zarurati bo‘lganida intoksikatsiyaning boshqa ko‘rinishlarini simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha

Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan kapsulalar, 75 mg + 75 mg. 10 kapsuladan (PVX/AL/PA) folgali/alyumin folgali blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.