Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, anemiya, trombotsitopeniya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: epirubitsinning kardiotoksikligini erta (o‘tkir) ko‘rinishi asosan sinusli taxikardiya va/yoki EKG dagi anomaliyalar hisoblanadi.
Shuningdek taxiaritmiyalar (shu jumladan qorincha ekstrasistoliyasi va qorincha taxikardiyasini), bradikardiya, atrioventrikulyar blokada va Gis tutami oyoqchalarining blokadasi aniqlanishi mumkin.
Bu samaralar keyinchalik kechiktirilgan kardiotoksiklikning rivojlanishini prognostik omili hisoblanmaydi, kam hollarda klinik ahamiyatli bo‘ladi va odatda preparat bilan davolashni bekor qilishni talab qilmaydi.
Kechki (kechiktirilgan) kardiotoksiklik chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasini (CHQCHTF) pasayishi va/yoki xansirash, o‘pkalarning shishi, ortostatik shishi, kardiomegaliya va gepatomegaliya, oliguriya, astsit, ekssudativ plevrit, galop ritmi kabi dimlangan yurak yetishmovchiligining (DYUЕ) simptomlari bilan namoyon bo‘ladi.
Shuningdek perikardit/miokardit kabi nimo‘tkir ko‘rinishlar aniqlanishi mumkin.
Antratsiklinlar chaqirgan kardiomiopatiyaning eng og‘ir shakli hayot uchun xavfli DYUЕ hisoblanadi, u preparatning kumulyativ dozasini cheklovchi toksiklik bo‘lib hisoblanadi.
Bundan tashqari tromboembolik asoratlar, o‘pka arteriyasining emboliyasi (qator hollarda o‘lim bilan yakunlangan), shu jumladan yuzni qizib ketishi, kuzatilishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonida: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining giperpigmentatsiyasi, ezofagit, qorin sohasida og‘riqlar yoki achishish hissi, me’da eroziyasi, MIY dan qon ketishlar, diareya, kolit; qon zardobida umumiy bilirubin va transaminazalar darajasini oshishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: epirubitsin yuborilganidan keyin 1-2 kun davomida siydikni qizil rangga bo‘yalishi.
O‘sma xujayralarining tez lizisi oqibatida giperurikemiya paydo bo‘lishi mumkin.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: kon’yunktivit, keratit.
Teri va teri qo‘shimchalari tomonidan: alopetsiya, toshma, qichishish, terini to‘satdan qizarishi, teri va tirnoqlarning giperpigmentatsiyasi, fotosezuvchanlik, ta’sirlangan terining yuqori sezuvchanligi (nurlantirishga anamnestik reaktsiya), eshakemi.
Endokrin tizimi tomonidan: amenoreya (davolash tugatilganida ovulyatsiyani tiklanishi yuz beradi, lekin muddatidan oldin menopauza bo‘lishi mumkin); oligospermiya, azospermiya (qator xollarda spermatazoidlarning miqdori normal darajagacha tiklanadi; bu davolash tugaganidan keyin bir necha yil o‘tgach yuz berishi mumkin).
Mahalliy reaktsiyalar: ko‘pincha infuziya o‘tkazilgan vena yo‘li bo‘ylab eritematoz chizilish aniqlanadi, so‘ngra mahalliy flebit yoki tromboflebit paydo bo‘lishi mumkin.
Shuningdek fleboskleroz, ayniqsa, agar epirubitsin katta bo‘lmagan venaga takroriy yuborilganda rivojlanishi mumkin.
Preparat atrof to‘qimalarga tushgan holda mahalliy og‘riqlilik, teri osti kletchatkasini og‘ir yallig‘lanishi va to‘qimalarning nekrozi paydo bo‘lishi mumkin.
Arteriya ichiga yuborilganida tizimli toksikliligiga qo‘shimcha me’da va o‘n ikki barmoq ichakni yaralanishi (ehtimol preparatni me’da arteriyasiga reflyuksi hisobiga) va preparat tomonidan chaqirilgan sklerozlovchi xolangit oqibatida o‘t chiqarish yo‘llarini torayishi, shuningdek perfuziyalanayotgan to‘qimaning tarqalgan nekrozi kuzatilishi mumkin.
Epirubitsinni qovuq ichiga qo‘llash kimyoviy tsistit simptomlari (dizuriya, poliuriya, nikturiya, og‘riqli siyish, gematuriya, qovuq sohasida diskomfort, qovuq devorini nekrozi) paydo bo‘lishi va qovuqning konstriktsiyasiga olib kelishi mumkin.
Boshqalar: loxaslik, asteniya, isitma, etni uvishishi, ikkilamchi infektsiyalarni qo‘shilishi, anafilaksiya, degidratatsiya, o‘tkir limfoleykoz yoki miyeloleykoz rivojlanishi.