Piralgin.retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: metamizol natriy (analgin) – 300 mg, naproksen – 100 mg, kofein – 50 mg, fenobarbital – 10 mg, kodein – 8 mg; Yordamchi moddalar: magniy stearati (Ye-470), natriy laurilfati (Ye-487), talk (Ye-553), kartoshka kraxmali.

Preparatning savdo nomi:

Piralgin.

Farmakalogik guruhi:

Analgetiklar. Boshqa analgetiklar va antipiretiklar. Pirazolonlar.

Dori shakli:

tabletkalar.

oqdan yoki deyarli oqdan yoki sarg‘ish oqdan yoki sarg‘ish tusli rangli, yassitsilindrik, faska va riskali tabletkalar.

Analgetiklar. Boshqa analgetiklar va antipiretiklar. Pirazolonlar.

N02BB72.

turli genezli o‘rtacha yaqqollikdagi og‘riq sindromi: bo‘g‘im, mushaklardagi og‘riq, radikulit, menstrual og‘riqlar, nevralgiyalar, bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i;isitmali holatlar;og‘riq sindromi va yallig‘lanish ko‘rinishlari bilan kechuvchi shamollash va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi.

Preparat ichga, odatda 1 tabletkadan kuniga 1-3 marta qabul qilinadi. Maksimal sutkalik doza – 4 tabletka. 12 yoshdan oshgan bolalarga kattalarning dozasini yarmi buyuriladi. Preparatni shifokor kuzatuvisiz 5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Agar dori vositasining navbatdagi dozasini qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan preparatning tabletkasini qabul qilish va so‘ngra tabletkalarni qabul qilishni odatdagi sxema bo‘yicha davom ettirish kerak.

Dispepsik buzilishlar (qusish, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, qabziyat), terining allergik reaktsiyalari (toshma, qichishish, eshakemi), bosh aylanishi, uyquchanlik, psixomotor reaktsiyalar tezligini kamayishi, yurakni tez urib ketishi bo‘lishi mumkin. Kam hollarda qon yaratilishini susayishi (leykopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitoz) rivojlanishi mumkin. Yuqori dozalarda uzoq muddat nazoratsiz qabul qilinganda – ko‘nikib qolish (og‘riq qoldiruvchi samarani susayishi), doriga qaramlik (kodein), jigar va buyrak faoliyatini buzilishi kuzatilishi mumkin. Keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek ilova-varaqada eslatilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida, davolovchi shifokorga murojaat qilish zarur.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari; glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; me’da va o‘n ikki barmoq ichakning zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi; bronxospazm; qon kasalliklari (anemiya, leykopeniya), nafasni susayishi bilan kechuvchi holatlar; bosh miya ichki bosimini oshishi, bosh miya jarohati; o‘tkir miokard infarkti; yurak ritmini buzilishi; arterial bosimni oshishi; glaukoma; alkogolli mastlik holati; 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas (davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak).

Opioid bo‘lmagan analgetiklarning toksik ta’sirini kuchaytiradi, tsiklosporinning kontsentratsiyasini plazmada pasaytiradi. Sedativ vositalar va trankvilizatorlar preparatning og‘riq qoldiruvchi ta’sirini kuchaytiradi. Tritsiklik antidepressantlar, peroral kontratseptivlar, allopurinol metamizol natriyning (preparatning tarkibiga kiruvchi) toksik ta’sirini kuchaytiradi, barbituratlar va fenilbutazon va jigar mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari – susaytiradi.

Jigar va buyrak faoliyatini buzilishida, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining remissiya davrida, anamnezida alkogolni uzoq muddat qabul qilganlarda va keksa yoshli shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Preparatni 5 kundan ortiq qabul qilinganda periferik qon manzarasi va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Shifokor maslahatisiz preparatni isitma sindromida 3 kundan ortiq, og‘riq sindromida 5 kundan ortiq qo‘llanilmasin. Preparat sportchilarda doping-nazorat tahlili natijalarini o‘zgartirishi mumkin. Atopik bronxial astmasi, pollinozlari bo‘lgan bemorlarda allergik reaktsiyalarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi. Preparatni qabul qilish qorin sohasidagi o‘tkir og‘riq sindromida tashhis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin. Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish vaqtida preparatni qo‘llash mumkin emas. Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Avtotransportni haydash va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Preparatni qabul qilishda avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, me’dada og‘riq, taxikardiya, yurak aritmiyalari, holsizlik, uyquchanlik, alahsirash, nafasni susayishi. Davolash: qusishni chaqirish, me’dani yuvish, adsorbentlarni buyurish (faollashtirilgan ko‘mir), hayot uchun zarur faoliyatlarni bir maromda saqlab turish uchun yo‘naltirilgan simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. Bir, ikki kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi. Statsionarlar uchun o‘ram: 150 kontur uyali o‘ramdan muvofiq miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.