Pikovitretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 pastilka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: A vitamini palmitati kontsentrati (sintetik moyli shakli) 1,7 mln XB/g                                               0,35 mg xolekaltsiferol kontsentrati (moyli shakli 1 mln XB/g (D3 vitkamini)                                                0,08 mg askorbin kislotasi (S vitamini)                                               10,00mg tiamin nitrati (V1 vitamini)                                         0,25 mg riboflavin (V2 vitamini)                                                0,30 mg piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                  0,30 mg tsianokobalamin 0,1% mannitolda (V12 vitamini)        0,20 mkg nikotinamid (RR vitamini)                                             3,00 mg folat kislotasi                                                                  0,04 mg kaltsiy pantotenati (V5 vitamini)                                1,20 mg kaltsiy gidrofosfati, suvsiz                                         43,00 mg yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, apelsin moyi 05073, polisorbat 80 (tvin 80), glitserol, tozalangan kanakunjut moyi, suvsiz limon kislotasi, sorbitol, dekstroza (suyuq glyukoza) (quyuq modda), magniy stearati, kapol 600 farma, suyuq parafin, povidon, ko‘pikni so‘ndiruvchi vosita 1510, sukroza.

Preparatning savdo nomi:

Pikovit

Farmakalogik guruhi:

polivitaminlar boshqa mineral moddalar bilan majmuada.

Dori shakli:

pastilkalar

qizil, sariq, yashil va to‘q sariq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq pastilkalar.

polivitaminlar boshqa mineral moddalar bilan majmuada.

A11AA03.

Murakkab kompozitsiya va vitaminlar va minerallarni, odatda, ovqat ratsionida bo‘lishi sababli, Pikovit® pastilkalarida saqlanuvchi dozalarda vitaminlarni tekshirish mumkin emas. Suvda eruvchi vitaminlar (V guruhi vitaminlari, S vitamini va biotin), organizmning sutkalik ehtiyojlariga to‘g‘ri keluvchi miqdorlarda juda yaxshi so‘riladi. Ortiqcha miqdori siydik bilan, ayrim hollarda esa ahlat bilan chiqariladi. Bu vitaminlar organizmda cheklangan miqdorda saqlanadi, shuning uchun to‘qimalarda ularning adekvat kontsentratsiyalarini saqlab turilishi uchun, ular organizmga muntazam tushib turishlari kerak. Peroral buyurilgan yog‘da eruvchi A va D vitaminlar, yog‘lar bo‘lganda ingichka ichakda yaxshi so‘riladi. Ye vitaminini so‘rilishi nisbatan katta emas (dozaning 25% dan 85% gacha) Katta dozalarda ishlatilganda bu vitaminlar jigarda to‘planadi va, demak suvda eruvchi vitaminlarga qaraganda toksikroqdir. Kaltsiy ionlari ingichka ichakda faol transport va passiv diffuziya yo‘li bilan so‘riladi. Kaltsiyning 45% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Kaltsiyning ortiqcha qismi, asosan, siydik va ahlat bilan chiqariladi. Fosfatlar me’da-ichak yo‘llaridan faol transport va passiv diffuziya natijasida so‘riladi; plazma, xujayradan tashqari suyuqlik, xujayra membranalari, kollagen va suyak to‘qimasida taqsimlanadi. Ko‘pchilik fosfatlar ingichka ichakda so‘riladi va asosan, siydik bilan chiqariladi.

Pikovit® pastilkalari juda yoqimli mazaga ega va eng avvalo bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarda : ishtaha bo‘lmaganda;maktab yoshidagi bolalar toliqqanda;jismoniy rivojlanish yetarli bo‘lmaganda (o‘sishni orqada qolishida);antibiotiklar bilan davolashda qo‘shimcha vosita sifatida;kundalik ovqat ratsionida vitamin preparati sifatida, ayniqsa qishki va bahorgi davrlarda qo‘llaniladi.

4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 4-5 pastilka qabul qilish tavsiya etiladi. 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 5-7 pastilka qabul qilish tavsiya etiladi. Pikovit® pastilkalari yoqimli mazaga ega, ularni og‘izda to‘liq erigunicha tutib turish kerak. Preparatni qabul qilish kursi 20-30 kun. Takroriy qabul qilish kursi 1-3 oydan keyin yoki shifokor tavsiyasi bo‘yicha o‘tkaziladi.

Juda kam (< 1/10000) – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Agar allergik reaktsiyalar rivojlansa, davolashni to‘xtatish va maslaxat uchun shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak.

Preparat kaltsiy saqlaydi va shuning uchun ichakda tetratsiklinlar guruhi antibiotiklarni, shuningdek ftorxinoln hosilalari – antimikrob vositalarni so‘rilishini kechiktiradi. S vitamini sulfanilamidlar guruhi antimikrob vositalarning ta’siri va nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi (shu jumladan siydikda kristallarni paydo bo‘lishi) kuzatiladi. Tiazidlar guruhiga mansub siydik haydovchi vositalar bir vaqtda buyurilganda giperkaltsiyemiya ehtimoli oshadi.

Agar allergik reaktsiyalar rivojlansa, preparat bekor qilinishi kerak. Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin – bu mutlaqo bezarar bo‘lib, preparatda riboflavinni borligi bilan tushuntiriladi. Boshqa vitaminli va vitaminli-mineralli va/yoki mineral preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish kerak. Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar Pikovit®ni qabul qilishlari mumkin, lekin ular sutkalik doza 2,4 g dan 4,2 g gacha qand saqlashini nazarda tutishlari kerak. Har bir pastilka 0,6 g qand saqlaydi. Pikovit® pastilkalari 4 yoshdan kichik bolalar uchun tavsiya etilmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davri Homilador ayollar va emizuvchi onalar vitaminlar va minerallarni shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilishlari mumkin, Pikovit® pastilkalaridagi vitaminlar va minerallarning dozalari bolalar uchun mo‘ljallangan. Ayrim ingrediyentlari xaqida maxsus ma’lumotlar Pikovit® pastilkalari laktoza, saxaroza, glyukoza sorbitol (Ye420) va azobo‘yovchi Ye124 saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy fruktoza yoki galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-izomaltozani kam so‘rilishi bo‘lgan patsiyentlarga bu preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Azobo‘yovchi Ye124 allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin. Avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni haydash qobiliyatiga dori vositasining ta’siri. Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Garchi dozani oshirib yuborilishining rivojlanish xavfi minimal bo‘lsa ham, uzoq muddat juda katta dozalarda qo‘llash A va D gipervitaminoziga olib kelishi mumkin. Simptomlari: fokuslanmagan ko‘rish, bosh og‘rig‘i, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, qorin og‘rig‘i, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, terini qizarishi qisqa muddatli dozani oshirib yuborilishida namoyon bo‘ladi. Katta dozalarni uzoq muddat qabul qilish: ko‘rishni buzilishi, surunkali bosh og‘rig‘i, qaytalanuvchi ko‘ngil aynishi, terini yupqalashishi, terini qichishishi, lablarni yorilishi, kon’yunktivit, bo‘g‘im og‘riqlari, og‘iz bo‘shlig‘ini quruqligi, og‘izda metall ta’mi, chanqoqlik, ishtahani yo‘qolishi, tana vaznini kamayishi, spazmlar, diareya, dezoriyentatsiyani chaqirishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish.

Shifokor retseptisiz beriladi

15 pastilkalar PVX/PЕ/PVDX-alyumin folga (PVC/PE/PVDC-Al) blisterda. 2 yoki 4 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.