Pikolaks rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100% suvsiz moddaga qayta hisoblaganda 7,5 mg (20 tomchi) pikosulfat natriy; yordamchi moddalar: sorbit (Ye 420); natriy benzoati (Ye 211); limon kislotasi monogidrati; natriy tsitrati; inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

natriy pikosulfati (sodium picosulfate)

Preparatning savdo nomi:

Pikolaks

Farmakalogik guruhi:

surgi vosita.

Dori shakli:

oral tomchilar.

tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik.

surgi vosita.

A06AV08.

Qabziyatlar yoki ichni kelishini yengillashtirishni talab qiluvchi holatlarda qo‘llanadi. Boshqa surgi vositalari kabi Pikolaksni qabziyatning sababini aniqlamasdan turib har kuni yoki uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin emas.

Preparat ishlab chiqaruvchining dozatori bilan dozalanadi. Kattalarga: 13-27 tomchi (bu 5-10 mg natriy pikosulfatiga mos keladi); 4 yoshdan oshgan bolalar (faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha): 7-13 tomchi (bu 2,5-5 mg natriy pikosulfatiga mos keladi). Pikolaksni kechqurun qabul qilish kerak. Pikolaks qo‘llanilgandan keyin ichakni bo‘shashishi 10-12 soatdan keyin kuzatiladi. Preparat suyuqlik bilan yoki usiz qabul qilish mumkin. Qabziyatning sababini aniqlamasdan, Pikolaksni har kuni yoki uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin emas.

Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, teri reaktsiyalari (toshma, qichishish, eshakemi). Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, sinkope. Bosh aylanishi va sinkope yuzaga kelishi ehtimoli vazovagal reaktsiya (abdominal spazm yoki ichni kelishi kabi) bilan bog‘liq (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, qorinda sanchiqlar, abdominal og‘riq, qorinda diskomfort, qusish, ko‘ngil aynishi. Preparatni uzoq vaqt va haddan tashqari ko‘p qo‘llash suyuqlik, kaliy va boshqa elektrolitlarni yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida, ayniqsa preparatni diuretiklar yoki kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda mushak kuchsizligi va yurak funktsiyasini buzilishlariga olib kelishi mumkin.

Ta’sir etuvchi moddaga, boshqa triarilmetanlarga yoki preparatning biron-bir boshqa yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Ichak tutilishi yoki qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalligi, masalan appenditsit. Ichakning o‘tkir yallig‘lanishli kasalligi. Ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechuvchi o‘tkir abdominal og‘riq, u yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarga ishora qilishi mumkin. Kuchli suvsizlanishda qo‘llash mumkin emas. Preparatning biron-bir yordamchi moddasini kam uchraydigan nasliy o‘zlishtiraolmaslik, masaoan aniqlanmagan fruktozani o‘zlashtiraolmaslik ehtimoli mavjud (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Pikolaksni suv va elektrolit muvozanatini buzilishlari (masalan buyrak funktsiyasini og‘ir buzilishida) bilan bog‘liq holatlarda tibbiy kuzatuv ostida qo‘llashlari kerak.

Pikolaksning yuqori dozalarini diuretiklar yoki kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llash elektrolit muvozanatini buzilishilari xavfini oshirishi mumkin, bu yurak glikozidlariga sezuvchanlikni oshishiga olib kelishi mumkin. Antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash Pikolaksning surgi samarasini pasaytirishi mumkin.

Surunkali qabziyati bo‘lgan patsiyentlarda to‘liq diagnostikani o‘tkazish va qabziyat sababini aniqlash kerak. Preparatni uzoq vaqt qo‘llash suv va elektrolit muvozanatini buzilishi va gipokaliyemiyaga olib kelishi mumkin. Natriy pikosulfatini qo‘llash bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan bosh aylanishi va/yoki sinkope holatlari haqida xabar berilgan. Mavjud ma’lumot ta’riflangan ko‘rinishlar ich kelishidagi sinkopega javob beradi (Valsalva sinamasi bilan bog‘liq) yoki qorindagi og‘riqqa vazovagal javob bilan bog‘li. Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik kabi kam uchraydigan nasliy kasalligi bo‘lgan patsiyentlar bu preparatni qabul qilmasliklari kerak, chunki u sorbit saqlaydi. Bu dori vositasining bir dozasi 1 mmol natriy saqlaydi, ya’ni natriydan deyarli xoli.

Homilador ayollar ishtirokida natriy pikosulfatini qo‘llash bo‘yicha yetarli tadqiqotlar yo‘q. Xavfsizlikni e’tiborga olib, agar iloji bo‘lsa, Pikolaksni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Klinik ma’lumotlar bis-(p-gidroksifenil)-piridil-2-metan (BGPM) faol metaboliti ham, uning gdyukuronidi ham ko‘krak sutiga kirmasligini namoyish qiladi. Shunday qilib, Pikolaksni emizish davrida qo‘llash mumkin. Fertillikka ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi ichki suyuq kelishi (diareya) ga, ichak spazmlariga va suyuqlik, kaliy va boshqa elektrolitlarni klinik ahamiyatli yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Dozani o‘tkir oshirib yuborganda oqibatlar, Pikolaks qabul qilingandan keyin yaqin orada majburiy qusish yoki me’dani yuvish orqali minimallashtirish mumkin. Suyuqlik o‘rnini to‘ldirish va elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelishi mumkin. Spazmga qarshi vositalarni qo‘llash mumkin. Pikolaksni qabziyatlarda tavsiya etiladigan dozalardan ahamiyatli darajada yuqori dozada qo‘llaganda yo‘g‘on ichak shilliq qavatini ishemiyasi haqida xabar berilgan. Boshqa surgi vositalari kabi Pikolaksning dozasi uzoq vaqt oshirib yuborilganda surunkali diareya va qorinda og‘riq, gipokaliyemiya, ikkilamchi giperaldosteronizm va ehtimol buyraklarda tosh hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Surgi vositalarini uzoq vaqt suiiste’mol qilganda buyrak kanalchalarini shikastlanishi, metabolik alkaloz, gipokaliyemiya oqibatida mushaklarni bo‘shashishi haqida xabar berilgan.

Retseptsiz

15 ml yoki 30 ml dan flakonda. 1 flakondan qutida.

3 yil.