Petreksaretsept bilan

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: dinatriy pemetreksedi 551,430 mg (500 mg pemetreksedga mos keladi), yordamchi moddalar: mannitol 500 mg, xlorid kislotasi, natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

pemetreksed

Preparatning savdo nomi:

Petreksa

Farmakalogik guruhi:

o‘smalarga qarshi vosita, antimetabolit

Dori shakli:

infuziya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

oqdan sarg‘ish yoki ko‘kish rangiligacha bo‘lgan qumoq ko‘rinishidagi liofilizatsiya qilingan g‘ovak massa.

o‘smalarga qarshi vosita, antimetabolit

L01BA04

mahalliy tarqalgan yoki metastatik yassi hujayrali bo‘lmagan mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka raki bo‘lgan patsiyentlarni, skvamoz hujayralarning dominant gistologiyasi hollatlaridan tashqari hollarda boshlang‘ich davolash uchun tsisplatin bilan majmuada;mahalliy tarqalgan yoki metastatik yassi hujayrali bo‘lmagan mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka raki bo‘lgan, ularning kasalligi platina preparatlari asosidagi birinchi qator preparatlari bilan kimyoterapiyaning to‘rtta tsiklidan keyin darhol avj olmagan patsiyentlarni samarani bir maromda tutib turuvchi davolash uchun monoterapiya ko‘rinishida;mahalliy tarqalgan yoki metastatik yassi hujayrali bo‘lmagan mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka raki bo‘lgan patsiyentlarni, skvamoz hujayralarning dominant gistologiyasi hollatlaridan tashqari hollarda, ikkinchi qator preparatlari bilan davolash uchun monoterapiya ko‘rinishida;operatsiya qilib bo‘lmaydigan xavfli plevra mezoteliomasi bo‘lgan, ilgari kimyoterapiya qabul qilmagan patsiyentlarni davolash uchun tsisplatin bilan majmuada qo‘llaniladi. Pemetreksed yassi hujayrali mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka raki bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun mo‘ljallanmagan.

Pemetreksed vena ichiga tomchilab 10 minut davomida yuboriladi.

Pemetreksedni monoterapiyada (mahalliy tarqalgan yoki metastatik yassi hujayrali bo‘lmagan mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka raki) folat kislotasi va V12 vitamini qo‘shib qo‘llanganda kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar quyidagi tez-tezlikka muvofiq quyida keltirilgan: juda tez-tez (>10%); tez-tez (<10% va ≥1%); tez-tez emas (<1% va ≥0,1%); kam hollarda (<0,1%). Qon yaratish tizimi tomonidan: juda tez-tez – leykopeniya, neytropeniya, anemiya; tez-tez – trombotsitopeniya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, stomatit/faringit, diareya; tez-tez – alaninaminotransferaza (ALT) va aspartataminotransferaza (AST) faolligini oshishi, qabziyat, qorinda og‘riq. Teri va teri hosilalari tomonidan: juda tez-tez – toshma/qipiqlanish; tez-tez – terini qichishishi, alopetsiya, ko‘p shaklli eritema. Periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez – sensor yoki motor neyropatiya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez – zardobda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – supraventrikulyar aritmiya. Boshqalar: juda tez-tez – kuchli toliqish; tez-tez – isitma, neytropeniyasiz ikkilamchi infektsiyalarni qo‘shilishi, febril neytropeniya, allergik reaktsiyalar. Pemetreksedni tsisplatin bilan majmuada (mahalliy tarqalgan yoki metastatik yassi hujayrali bo‘lmagan mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka raki) folat kislotasi va V12 vitamini qo‘shib qo‘llanganda kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar quyidagi tez-tezlikka muvofiq quyida keltirilgan: juda tez-tez (>10%); tez-tez (<10% va ≥1%); tez-tez emas (<1% va ≥0,1%); kam hollarda (< 0,1%). Qon yaratish tizimi tomonidan: juda tez-tez – leykopeniya, neytropeniya, anemiya, trombotsitopeniya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, stomatit/faringit, diareya, qabziyat; tez-tez – dispepsiya, jig‘ildon qaynashi, ALT va AST faolligini oshishi; tez-tez emas – gammaglyutamiltransferaza (GGT) faolligini oshishi. Teri va teri hosilalari tomonidan: juda tez-tez – alopetsiya; tez-tez – toshma/qipiqlanish. Periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez – sensor neyropatiya, ta’mni buzilishi; tez-tez emas – motor neyropatiya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda tez-tez – zardobda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi; tez-tez – kreatinin klirensini pasayishi, buyrak yetishmovchiligi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – aritmiya. Nafas a’zolari tomonidan: tez-tez emas – ko‘krak qafasida og‘riq. Boshqalar: juda tez-tez – kuchli toliqish; tez-tez – isitma, ikkilamchi infektsiyalarni qo‘shilishi, kon’yunktivit, suvsizlanish, febril neytropeniya, tana haroratini oshishi. Birinchi qator preparatlari bilan davolashdan keyin kasallikni avj olishi aniqlanmagan patsiyentlarda pemetreksedni monoterapiyada tutib turuvchi davolash sifatida (mahalliy tarqalgan yoki metastatik yassi hujayrali bo‘lmagan mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka raki) folat kislotasi va V12 vitamini qo‘shib qo‘llanganda kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar quyidagi tez-tezlikka muvofiq quyida keltirilgan: juda tez-tez (>10%); tez-tez (< 10% va ≥1%); tez-tez emas (<1% va ≥0,1%); kam hollarda (<0,1%). Qon yaratish tizimi tomonidan: juda tez-tez – anemiya; tez-tez – leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi, anoreksiya; tez-tez – qusish, shilliq qavatlarni yallig‘lanishi/stomatit, diareya, qabziyat, ALT va AST faolligini oshishi. Teri va teri hosilalari tomonidan: tez-tez – toshma/qipiqlanish, alopetsiya, terini qichishishi; tez-tez emas –ko‘p shaklli eritema. Periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez – sensor va motor neyropatiya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez – zardobda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi, kreatinin klirensini pasayishi, buyrak yetishmovchiligi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – supraventrikulyar aritmiya. Nafas a’zolari tomonidan: tez-tez emas – ko‘krak qafasida og‘riq. Boshqalar: juda tez-tez – kuchli toliqish; tez-tez – shishlar, og‘riqli sindrom, febril neytropeniya, ikkilamchi infektsiyalarni qo‘shilishi, neytropeniyasiz isitma, kon’yunktivit, suvsizlanish, ko‘zni kuchli yoshlanishi, bosh aylanishi, tez-tez emas – allergik reaktsiyalar, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi. Pemetreksedni tsisplatin bilan majmuada (xavfli plevra mezoteliomasi) folat kislotasi va V12 vitamini qo‘shib qo‘llanganda kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar quyidagi tez-tezlikka muvofiq quyida keltirilgan: juda tez-tez (>10%); tez-tez (<10% va ≥1%); tez-tez emas (<1% va ≥ 0,1%); kam hollarda (<0,1%). Qon yaratish tizimi tomonidan: juda tez-tez – leykopeniya, neytropeniya, anemiya, trombotsitopeniya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, stomatit/faringit, diareya, qabziyat; tez-tez – dispepsiya, ALT, AST va GGT faolligini oshishi. Teri va teri hosilalari tomonidan: juda tez-tez – toshma, alopetsiya. Periferik nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – sensor neyropatiya; tez-tez – ta’mni buzilishi; tez-tez emas – motor neyropatiya.

pemetreksedga yoki preparatning tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;miyelosupressiya (neytrofillarning mutloq soni <1500/mkl, trombotsitlarning mutloq soni <100000/mkl);yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) <45 ml/min);homiladorlik va emizish davri;18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan yetarli ma’lumotlar yo‘q);Sariq isitmani profilaktikasi uchun qo‘llanadigan vaktsina bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

In vitro sharoitidagi tadqiqotlar, pemetreksed OAT3 (odam organik anionlarini 3 tipdagi tashuvchisi) yordamida faol sekretsiya qilinishini namoyish etdi. Nefrotoksik preparatlar (masalan, aminoglikozidlar, «xalqali diuretiklar», platina saqlovchi preparatlar, tsiklosporin) va/yoki buyrak orqali naychalar sekretsiyasi yordamida chiqariluvchi moddalar (masalan, probenitsid) bilan birga qo‘llanilishi pemetreksedning klirensini pasayishiga olib kelishi mumkin. In vitro sharoitdagi tadqiqotlarning natijalari, pemetreksed CYP3A, CYP2D6, CYP2C9, CYP1A2 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan minimal o‘zaro ta’sirga kirishishidan dalolat beradi. Pemetreksedning farmakokinetikasi folat kislotasini ichga, V12 vitaminini mushak ichiga qo‘llanganda va tsisplatin bilan majmuada qo‘llanganda o‘zgarmaydi. Pemetreksedni qo‘llaganda platina hosilalarining umumiy klirensi buzilmaydi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) yuqori dozalarda (masalan, ibuprofenni sutkada 1600 mg dan ortiq yoki atsetilsalitsil kislotasini sutkada 1300 mg dan ortiq dozada) pemetreksed bilan davolash bir vaqtda, xatto buyrak faoliyati normal (KK minutiga ≥80 ml) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishi pemetreksedning klirensini pasayishiga va uning nojo‘ya ta’sirlarini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 45-79 ml) bo‘lgan patsiyentlarga, pemetreksedni qo‘llash oldidan 2 kun davomida, qo‘llanadigan kuni va pemetreksedni qo‘llagandan keyin 2 kun davomida qisqa yarim chiqarilish davriga ega bo‘lgan NYAQP qo‘llash tavsiya etilmaydi. Pemetreksed va katta yarim chiqarilish davriga ega bo‘lgan NYAQP (piroksikam, rofekoksib) o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta’sir to‘g‘risida ma’lumotlarni yo‘qligini nazarda tutib, yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan NYAQP qabul qilayotgan patsiyentlar, pemetreksedni yuborishdan kamida 5 kun oldin, yuborish kuni va pemetreksed yuborilgandan keyin 2 kun davomida NYAQP larni qo‘llashni to‘xtatishlari lozim. Agar NYAQP larni birga qo‘llash talab etilsa, patsiyentlarda toksiklikni, ayniqsa miyelosupressiyani va me’da-ichak yo‘llari (MIY) tomonidan toksiklik belgilarini qat’iy monitoringini o‘tkazish lozim. Pemetreksed Ringer laktat eritmasi va Ringer eritmasi bilan nomutanosib. Pemetreksedni boshqa preparatlar va eritmalar bilan birga qo‘llanishi tekshirilmagan, shuning uchun birga qo‘llash (0,9% li natriy xloridi eritmasidan tashqari) tavsiya etilmaydi. Tirik kuchsizlantirilgan vaktsinalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda vaktsina virusining replikatsiya jarayonini jadallashuvi, uning nojo‘ya/noxush samaralarini kuchayishi va/yoki vaktsinani yuborilishiga javoban patsiyent organizmida antitelolarni ishlab chiqarilishini pasayishi qayd etilishi mumkin. Peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda Xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) ni muntazam nazorat qilib turish kerak.

Pemetreksed bilan davolash faqat o‘smalarga qarshi kimyoterapiyani qo‘llash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan shifokorning kuzatuvi ostida o‘tkazilishi lozim. Miyelosupressiya pemetreksedning dozaga bog‘liq toksikligi hisoblanadi. Pemetreksedni har gal yuborishdan oldin leykotsitar formulani va trombotsitlar sonini hisoblash bilan umumiy qon taxlilini o‘tkazish lozim. Buyrak va jigar faoliyatini baholash uchun vaqti-vaqti bilan qonning biokimyoviy taxlilini o‘tkazish lozim. Preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin neytrofillarning mutloq soni ≥1500/mkl ni, trombotsitlarning soni ≥100000/mkl ni tashkil etishi lozim. Folat kislotasi va V12 vitaminini buyurilishi pemetreksedning toksikligini va febril neytropeniya va 3/4 og‘irlik darajasidagi neytropeniya bilan kechuvchi infektsiya kabi gematologik va nogematologik toksiklikda dozani pasaytirish zaruratini pasaytiradi. Deksametazonni (yoki uning analogini) pemetreksed bilan davolashni boshlashdan 1 kun oldin, yuborish kuni va pemetreksed yuborilgandan keyin kelasi kuni 4 mg dozada sutkada 2 marta buyurilishi dermatologik reaktsiyalarning soni va yaqqolligini pasaytiradi. Seroz bo‘shliqlarda suyuqlik to‘planishini (astsit yoki plevritning) pemetreksedning ta’siriga ta’siri oxirigacha aniq emas. Seroz bo‘shliqlarda suyuqlik to‘planishi aniqlangan stabil holatdagi patsiyentlarda, standart dozada yuborilgan pemetreksedning plazmadagi kontsentratsiyalarida yoki suyuqlikni bunday to‘planishi kuzatilmagan patsiyentlarga nisbatan uning klirensini farqlari aniqlanmagan. Shu boisdan, pemetreksed bilan davolashni boshlashdan oldin suyuqlikni drenajlash imkonini ko‘zda tutish lozim, biroq, bu majburiy shart hisoblanmaydi. Pemetreksed bilan davolash vaqtida va davolashdan keyin kamida 6 oy davomida kontratseptsiyaning ishonchli usullarini ishlatish lozim. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Pemetreksedni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri o‘rganilmagan. Biroq, preparatning kuchli toliqish kabi ayrim nojo‘ya ta’sirlari transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlanishi va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

30°S gacha haroratda saqlansin. Tayyorlangan eritmani 2°S dan 8°S gacha haroratda ko‘pi bilan 24 soat saqlashga ruxsat beriladi.

Dozani oshirib yuborilishining kutilgan asoratlari neytropeniya, trombotsitopeniya va anemiya bilan namoyon bo‘luvchi suyak ko‘migi faoliyatini susayishini o‘z ichiga oladi. Shuningdek ikkilamchi infektsiyalarni qo‘shilishi, diareya, shilliq qavatlarni yallig‘lanishi, toshmalar kuzatilishi mumkin. Preparatning dozasini oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilgan hollarda umumiy qon taxlilini muntazam nazorat qilib turish kerak. Davolash: simptomatik davolash, shu jumladan kaltsiy folinati yoki folinat kislotasini darhol qo‘llash kerak.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun 500 mg liofilizat rezina tiqin bilan berkitilgan, rangli plastmass qopqoqli alyumin qalpoqcha bilan aylantirilgan rangsiz tiniq shishadan tayyorlangan 50 ml sig‘imli flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga plastik poddonda karton qutida.

2 yil.