Petodjenretsept bilan

Tarkibi:

1 ml preparat saqlaydi: Faol modda: 150 mg medroksiprogesteron atsetati Yordamchi moddalar: makrogol 4000, polisorbat 80, natriy xloridi, metibparaben 1,7 mg/ml (konservant), propilparaben 0,19 mg/ml (konservant) va inyektsiya uchun suv. 1 ml preparata soderjit:

Preparatning savdo nomi:

Petodjen

Farmakalogik guruhi:

progestin va uning sintetik analogi.

Dori shakli:

inyektsiya uchun suspenziya USP (inyektsiya)

tiniq flakon 1 ml suspenziyada medroksiprogesteron atsetati (150 mg) saqlaydi

progestin va uning sintetik analogi.

G03AC06.

Davomli ta’sir qiluvchi kontratseptsiya.

Muddatli ta’sirga ega kontratseptiv sifatida – 150 mg 3 oyda 1 marta buyuriladi. Preparatni faqat mushak ichiga yuborish kerak. Yuborish oldidan yaxshilab chayqatilsin.

Medroksiprogesteron saqlovchi kontratseptivlarni olayotgan deyarli hamma ayollarda hayz ko‘rish tsiklini buzilishlari yuz beradi. Medroksiprogesteron buyurilganida paydo bo‘ladigan boshqa nojo‘ya ta’sirlar: bosh og‘rig‘i, ta’sirchanlik, depressiya va boshqa ruxiy o‘zgarishlar, diskomfort va qorinni dam bo‘lish hissi, me’da-ichak buzilishlari, oyoqlarda og‘riq va/yoki venalarni varikoz kengayishidagi og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, libidoni o‘zgarishi yoki yo‘qolishi, bosh aylanishi, sezuvchanlikni pasayishi, qindan ajralmalar, qin kistasi, sut bezlarini o‘zgarishi, shu jumladan diskomfort, ba’zida ginekomastiya, laktogenez, sut sekretsiyasini to‘xtashi; dismenoreya, amenoreya, oraliq qonli ajralmalar, asteniya, shishni his qilish, diareya, soch va teri strukturasini o‘zgarishi, shu jumladan sochlarni to‘kilishi, girsutizm, xloazma, bichilish, allergik toshma yoki eshakemi, qichishish, jinsiy a’zolar soxasida qichishishi va toshmalar. Yuz berishi mumkin bo‘lgan boshqa nojo‘ya samaralar: ishtahani oshishi, vaznni ortishi, anoreksiya, charchoqlik, uyquchanlik, allergiya, tanada yoyilgan og‘riq, tez-tez siyish, nikturiya, isitma, “quyilishlar”, jig‘ildon qaynashi, ko‘krakda og‘riq, xusnbuzar toshmasi, parasteziya, astma, gematuriya, tuxumdonlarning o‘lchamlarini kattalashishi, uyqusizlik, suyuqlikni (organizmda) tutilishi yoki shish, oyoq panjalarini shishi, dizuriya, xansirash, jigar faoliyatini buzilishi, jigar faoliyatini biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi. Sariqlik paydo bo‘lish xolatlari xaqida xabar berilgan. Varikoz kengaygan venalarni yorilishi, ko‘zlarda diskomfort xissi, kontakt linzalarni o‘zlashtiraolmaslik. Yaqindan yaxshi ko‘radigan patsiyentlarda ko‘rishni yomonlashishi. Kam hollarda anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Medroksiprogesteron bilan davolash fonida bachadon o‘lchamlari biroz kattalashishi va kontsistentsiyasi bo‘yicha ilk xomiladorlik davridagi bachadonni eslatishi mumkin.

Preparatni diagnostika qilinmagan qindan qon ketishlarida, mumkin bo‘lgan homiladorlikda, anamnezdagi bachadondan tashqari homiladorlikda, oldingi homiladorlik vaqtida qichishish, gerpes va ideopatik sariqlik bo‘lganida, gormonga bog‘liq o‘smalar bo‘lganida, og‘ir jigar yetishmovchiligida, jigarning og‘ir kasalliklarida, shu jumladan jigar adenomalarida, porfiriyada, Dabin-Djonson sindromida, Rotor sindromida qo‘llash mumkin emas. Preparatni shuningdek anamnezda tromboembolik asoratlar bo‘lganida, arterial tomir kasalliklari bo‘lganida yoki ularni rivojlanishini yuqori xavfida ham qo‘llash mumkin emas. Sut bezi kartsinomasi bo‘lgan patsiyentlarda. Yaqinda olib tashlangan xorionadenomadan keyin preparatni qo‘llash mumkin emas. Progesteronlarni homiladorlikni aniqlash uchun buyurish mumkin emas, uni shuningdek yuz bermagan yoki noto‘liq  abortlarda ham qabul qilish mumkin emas.

25oS dan past haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Ishlab chiqaruvchining o‘ramida saqlansin. Faqat bir marta qo‘llash uchun. Ishlatilmagan qismi tashlab yuborilsin. BOLALAR OLAOLMAYDIGAN JOYDA SAQLANSIN.

Simptomatik va tutib turuvchi davolash.

Retsept bo‘yicha

1 ml oq suspenziya 2 ml xajmli tiniq shisha flakonda.

3 yil.