Pertussin D rasmini ko'rish

Tarkibi:

mayda gulli tograyxon suyuk ekstrakti – 120 g; kaliy bromidi – 10 g; shakar siropi- 820 g; etil spirti 80%- 50 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

mayda gulli tog‘rayxon suyuk ekstrakti, kaliy bromidi.

Preparatning savdo nomi:

Pertussin-D

Farmakalogik guruhi:

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

sirop

qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos xushbo‘y xidli va achchiq ta’mli suyuqlik.

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Preparat o‘tkir respirator kasalliklarda, traxeit, bronxit, hamda bolalarda ko‘kyo‘talda buyuriladi.

Kattalarga 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichga; bolalarga yoshiga qarab, 1/2 choy qoshiqdan to 1 desert qoshiqqacha kuniga 3 marta buyuriladi.

Allergik reaktsiyalar, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lishi mumkin.

preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;homiladorlik, laktatsiya davri.yurak faoliyati dekompensatsiyasi.

Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri xaqida ma’lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatni dozasini oshirib yuborish hollarida – ko‘ngil aynishi.

Retseptsiz

Sirop 50, 90, 100 va 120 ml dan flakonlarda.

2 yil.