Pefsalretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir doza quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 36,3 mkg salmeterol ksinafoati (25 mkg salmeterolga ekvivalent), 50 mkg, 125 mkg yoki 250 mkg flutikazon propionati; yordamchi moddalar: propellent gidroftoralkan 134a (HFA 134a) (GR106642X) 75 mg gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

salmeterol/flutikazon propionati

Preparatning savdo nomi:

Pefsal

Farmakalogik guruhi:

bronxolitik vosita.

Dori shakli:

ingalyatsiya uchun aerozol.

oq yoki deyarli oq suspenziya.

bronxolitik vosita.

R03AK06

Salmeterolni va flutikazon propionatini bir vaqtda ingalyatsion yuborish hayvonlarda va odamlarda qo‘llanganda ushbu moddalardan har birining farmakokinetikasiga ta’sir etmaydi. So‘rilishi Salmeterol Salmeterol o‘pka to‘qimasida mahalliy ta’sir etadi va shu sababli terapevtik samarasi uning plazmadagi miqdoriga bog‘liq bo‘lmaydi. Salmeterolning farmakokinetikasi bo‘yicha ma’lumotlar cheklangan, chunki uni terapevtik dozalarida ingalyatsion yuborilgandan so‘ng preparatning plazmadagi juda past (taxminan 200 pg/ml va undan kam) bo‘lgan kontsentratsiyasini aniqlash texnik jihatdan qiyin. Salmeterol ksinafoati muntazam qo‘llanganda tizimli qon oqimida gidroksinaftol kislotasi aniqlanadi va uning barqaror kontsentratsiyasi taxminan 100 ng/ml gacha yetadi. Bu kontsentratsiyalar toksiklikni o‘rganish bo‘yicha tadqiqot jarayonlarida kuzatilgan muvozanatli kontsentratsiyalar teng darajasidan 1000 marta pastdir. Uzoq muddat (12 oydan ortiq) qo‘llanganida nafas yo‘llarining obstruktsiyasi bo‘lgan bemorlarning holatiga salbiy ta’sir etishi kuzatilmagan. Flutikazon propionati Astma yoki O‘SOK bilan kasallangan bemorlarda ingalyatsion flutikazon propionatining tizimli ta’siri kamroq kuzatiladi. Qon tizimiga so‘rilishi asosan o‘pkada yuz beradi, ayni paytda boshida tez, so‘ngra esa sekinlashadi. Ingalyatsiya yo‘li bilan yuborilgan dozaning bir qismi yutib yuborilishi mumkin, lekin preparat suvda kam erishi va jigar orqali birlamchi o‘tishda jadal metabolizmga uchrashi oqibatida uning tizimli ta’siri juda past bo‘ladi. Ingalyatsiya yo‘li bilan yuborilgan doza miqdori bilan flutikazon propionatining tizimli ta’siri o‘rtasida chiziqli bog‘liqlik bor. Taqsimlanishi Salmeterol Ma’lumotlar yo‘q Flutikazon propionati Flutikazon propionati muvozanat holatida katta taqsimlanish hajmiga ega (taxminan 300 l). Flutikazon propionati plazma oqsillari bilan nisbatan yuqori darajada bog‘lanish xususiyatiga ega (91%). Metabolizmi Salmeterol In vitro sinovlari, Salmeterol tsitoxrom R450 3A4 (CYP3A4) ta’sirida a-gidroksisalmeterolgacha (alifatik oksidlanish) jadal metabolizmga uchrashini namoyish etadi. Flutikazon propionati Flutikazon propionati asosan tsitoxrom R450 tizimining CYP3A4 izofermenti ishtirokida, faol bo‘lmagan karboksil kislota metaboliti hosil bo‘lishi bilan kechadigan metabolizm natijasida tizimli qon yo‘llaridan tez eliminatsiya qilinadi. CYP3A4 ma’lum ingibitorlarini bilan birga qo‘llaganda flutikazon propionatining tizimli ta’siri oshishi mumkinligi sababli, ehtiyotkorlikka amal qilish kerak. Chiqarilishi Salmeterol Ma’lumotlar yo‘q Flutikazon propionati Flutikazon propionati plazmada yuqori klirensga (1150 ml/min) va taxminan 8 soatni tashkil etuvchi yakuniy yarim chiqarilish davriga ega. Flutikazon propionatining buyrak klirensi yuqori emas (< 0,2%) va metabolit ko‘rinishida 5% dan kam.

Preparat astma kasalligida bazis davolash uchun tayinlanadi, shu jumladan: uzoq ta’sir etuvchan beta-agonistlar va ingalyatsion kortikosteroidlarning samarali quvvatlovchi dozalarini olayotgan bemorlarga;ingalyatsion kortikosteroid bilan davolanish jarayonida kasallik simptomlari saqlanayotgan bemorlarga;bronxodilatatorlar bilan muntazam ravishda davolanayotgan va ingalyatsion kortikosteroid talab qilinadigan bemorlarga tayinlanadi.

Pefsal faqat ingalyatsion ravishda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Optimal samaraga erishish uchun preparatni hatto simptomlari bo‘lmaganida ham muntazam qo‘llash kerak. Shifokorlar preparatning dozasi optimal bo‘lishi uchun patsiyentni muntazam ko‘rikdan o‘tkazishlari kerak. Dozani faqat shifokorning tavsiyasiga ko‘ra o‘zgartirish lozim.

Preparatning har bir komponentiga bog‘liq bo‘lgan barcha nojo‘ya ta’sirlar quyida keltirilgan. Ikkita komponent majmuasi qo‘llanganda har bir komponentni alohida qo‘llash bilan qiyoslash natijasida qo‘shimcha nojo‘ya ta’sirlar aniqlanmagan. Nojo‘ya ta’sirlar a’zolar tizimlarining toifasiga va qanchalik tez-tez uchrab turishiga qarab ko‘rsatib o‘tilgan. Qo‘shimcha nojo‘ya ta’sirlar qanchalik tez-tez uchrab turishi: juda tez-tez (≥1/10), tez tez (≥1/10 dan <1/100 gacha), ba’zida (≥1/100 dan <1/1000 gacha), kam hollarda (≥1/1000 dan < 1/10 000 gacha) va juda kam (kamdan-kam) holatda (<1/10 000) darajalarida belgilanadi.

Preparatni anamnezida preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga qo‘llash mumkin emas.

Bemorlarda, bu haqiqatdan zarur va asoslangan bo‘lgan hollaridan boshqa vaqtda noselektiv va selektiv beta-blokatorlarni qo‘llamaslikka harakat qilish zarur. Flutikazon propionatini ingalyatsion usulda yuborishda “birinchi o‘tish” dagi faol metabolizm va ichaklarda, jigarda tsitoxrom R450 3A4 tizimi fermentlari ishtirokidagi tizimli klirens yuqoriligi oqibatida qon plazmasidagi uning kontsentratsiyalari juda past bo‘ladi. Shuning uchun, flutikazon propionatining klinik ahamiyatga ega bo‘lgan darajada dorilar bilan o‘zaro ta’sirlanishi kam yuz beradigan holatdir. Sog‘lom ko‘ngillilardagi dorilarning o‘zaro ta’siri yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv ritonavir (yuqori darajada faol tsitoxrom R450 3A4 ingibitori) plazmada flutikazon propionati kontsentratsiyasini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini va bu tegishli tarzda zardobda kortizol kontsentratsiyasi pasayishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Marketing tekshiruvidan tashqari qo‘llash doirasida flutikazon propionatini intranazal yoki ingalyatsion usulda ritonavir bilan birga olgan bemorlarda dorilarning klinik jihatdan muhim bo‘lgan o‘zaro ta’siri yuzasidan o‘tkazilgan kuzatuvlar yuqoridagi preparatlar birga kortikosteroidlar tizimli ta’siriga, shu jumladan Kushing sindromi va buyrak usti bezlarining faoliyatini sustlashishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Shu sababli, bir vaqtning o‘zida ritonavir preparati bilan flutikazon propionatini qo‘llamaslik maqsadga muvofiqdir, bemor bundan ko‘radigan foyda kortikosteroidlarning qo‘shimcha nojo‘ya ta’sirlaridan ahamiyatli darajada ortiq bo‘lishi hollari bundan mustasno. Tsitoxrom R450 3A4 boshqa ingibitorlarining tekshiruvi flutikazon propionatining tizimli ekspozitsiyasi zardobda kortizol kontsentratsiyasi sezilarli pasaymagan holda bir oz (eritromitsin) va o‘rtacha (ketokonazol) oshishini namoyish etdi. Bundan qat’iy nazar, flutikazon propionatining tizimli o‘zaro ta’siri oshishi ehtimoli mavjudligi  sababli, qo‘shimcha preparat sifatida kuchli tsitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini (masalan, ketokonazol) ehtiyotkorlik bilan tayinlash zarur. Ketokonazol va salmeterol birga qo‘llanishi plazmada salmeterol kontsentratsiyasi katta darajada (Smax – 1,4 barobar va AUC – 15 barobar) oshishiga sabab bo‘lgan va bu QT intervali uzayishini keltirishi mumkin.

Pefsal o‘tkir simptomlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallanmagan, chunki bu kabi holatlarda tez va qisqa muddat ta’sir etuvchi ingalyatsion bronxodilatatorni (misol uchun, salbutamolni) qo‘llash lozim. Bemorlarni ular o‘tkir simptomlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan preparatni doimo o‘zi bilan olib yurishi zarurligi haqida xabardor qilish zarur. Simptomlarni yengillashtirish uchun qisqa vaqt ta’sir etuvchi bronxodilatatorlar ilgariga qaraganda tez-tez qo‘llanayotgani kasallik nazorati salbiy tomonga o‘zgarganligidan dalolat beradi va bunday vaziyatda bemor shifokorga murojaat qilishi zarur. Bronxial astma kasalligi ustidan nazorat birdan va tobora yomonlashib borishi hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin va bunday vaziyatda bemor shifokorga murojaat qilishi kerak. Kortikosteroid dozasini oshirish zarurati yuzaga kelishi mumkin. Agar preparatning qo‘llanayotgan dozasi kasallikni tegishlicha nazorat qilish imkoniyatini ta’minlamayotgan hollarda ham bemor shifokorga murojaat qilishi zarur. Astma bilan kasallangan bemorlarda kasallik zo‘rayishi xavfi mavjudligi sababli preparat bilan olib borilayotgan davolashni keskin to‘xtatish mumkin emas, dozani shifokor nazoratida asta-sekin to‘xtatish zarur. O‘SOK bilan kasallangan bemorlarda preparatni bekor qilish dekompensatsiya simptomlarini yuzaga keltirishi mumkin va shifokor kuzatuvini talab qiladi. Tarkibida kortikosteroidlar bo‘lgan barcha ingalyatsion preparatlar singari, faol va nofaol shakldagi o‘pka tuberkulyozi kasalligi bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurilishi zarur. Tireotoksikozda preparat ehtiyotkorlik bilan buyurilishi zarur. Simpatomimetiklar guruhiga mansub barcha preparatlarni qabul qilishda, ayniqsa terapevtik dozalar oshirilganda, sistolik arterial bosim ko‘tarilishi va yurakning qisqarish tezligi oshishi kabi yurak-tomir tizimi bilan bog‘liq holatlar rivojlanishi mumkin. Shu sababli anamnezida yurak-tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Ingalyatsion kortikosteroid bilan uzoq vaqt davolanayotgan bolalar bo‘yini muntazam o‘lchab turish tavsiya qilinadi. Buyrak usti bezlarining faoliyati sustlashishi mumkinligi sababli peroral kortikosteroidlardan ingalyatsion flutikazon propionati bilan davolash tartibiga o‘tkazilgan bemorlarni alohida ehtiyotkorlik bilan davolash va ularning buyrak usti qobig‘ining faoliyatini muntazam nazorat qilish zarur. Dori-darmonlarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatishini tekshirishda tizimli ketokonazolni qo‘llash qon plazmasida salmeterol ekspozitsiyasini oshirishi qayd etilgan. Bu QT intervali uzayishiga olib kelishi mumkin. Salmeterol bilan bir vaqtda kuchli CYP3A4 ingibitorlarini (masalan, ketokonazolni) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur. Boshqa ingalyatsion preparatlarni qo‘llanganda bevosita qo‘llashdan so‘ng oshib boradigan nafas qisishi kuchayishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan paradoksal bronxospazm kuzatilishi mumkin. Bu holatda zudlik bilan tez va qisqa vaqt ta’sir etuvchi ingalyatsion bronxodilatatorni qo‘llash zarur. Preparatni darhol bekor qilish, bemorning ahvolini baholab, zaruratga qarab, alternativ (boshqa tartibdagi) davolashni boshlash zarur.

Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni ona uchun qo‘zlanayotgan foyda homila yoki bola uchun yuzaga keltiriladigan har qanday xavf darajasidan yuqori bo‘lgan holatlardagina qo‘llash mumkin. Salmeterol ksinafoati va flutikazon propionatini homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llash bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar mavjud emas. Laktatsiya Preparat terapevtik dozada nafas yo‘liga yutilgandan so‘ng salmeterol va flutikazon propionatining qon plazmasidagi kontsentratsiyasi juda kam bo‘ladi, shuning uchun ko‘krak sutida ham ularning kontsentratsiyasi xuddi shu darajada past bo‘lishi kerak. Ayollarning ko‘krak sutida salmeterol va flutikazon propionatining kontsentratsiyasi haqida ma’lumotlar mavjud emas. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Retsept bo‘yicha

Ingalyatsiya uchun dozalangan aerozol 120 dozadan dozalovchi moslama dozalar miqdorini indikatori bo‘lgan yoki bo‘lmagan metall ingalyatorda. Ingalyator purkagich, himoya qalpoqchasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.