Paskonatretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma saqlaydi: Faol modda: 30 mg natriy aminosalitsilati; Yordamchi moddalar: dinatriy edetati; natriy sulfiti, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Paskonat

Farmakalogik guruhi:

tuberkulyozga qarshi vosita.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik, rN 7,80-9,20;

tuberkulyozga qarshi vosita.

J04A A02. Yordamchi moddalar:

Vena ichiga yuborilganida a’zolar va to‘qimalarga deyarli juda tez o‘tadi, u yerda yuqori kontsentratsiyalarda aniqlanadi. Preparat asosan jigarda 30-60 minutdan keyin metabolizmga uchraydi, u yerda uni atsetillanishi va glitsin bilan birikishi ro‘y beradi. Sutka davomida siydik bilan yuborilgan dozaning 90-100% chiqariladi.

Tuberkulyozni faol rivojlanuvchi shakllari, asosan o‘pkaning surunkali fibroz-kavernozli tuberkulyozini majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

Natriy aminosalitsilatining eritmasi vena ichiga tomchilab, minutiga 15 tomchidan  yuboriladi. 3 minut davomida mahalliy va umumiy reaktsiyalar bo‘lmasa, yuborish tezligi minutiga 40-60 tomchigacha oshiriladi. Birinchi quyishda 3% li eritmaning 200 ml yuboriladi. Nojo‘ya reaktsiyalari bo‘lmasa, kattalarga doza sutkada 400 ml gacha oshiriladi va uni haftada 5-6 marta yuboriladi yoki kunora PASK ni peroral qabul qilish bilan birga navbatma-navbat qabul qilinadi. Davolash kursi 1-2 oyni, ayrim hollarda ko‘proqni tashkil qiladi. Bolalarga, yoshidan qat’iy nazar, preparat tana vazniga 0,2 g hisobidan (bolani 1 kg tana vazniga 6,5 ml 3% li eritma) buyuriladi. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat faqat tuberkulezga qarshi preparatlarga mikobakteriyalarni rezistentligi bo‘lganida buyuriladi. Bolalar uchun sutkalik dozasi – 200-300 mlni tashkil qiladi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: me’da-ichak buzilishlari, ishtahani yomonlashishi yoki yo‘qolishi, ko‘ngil aynashi, qusish, qorinda og‘riq, ich ketishi yoki qabziyat. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari faoliyatini buzilishi: protrombin vaqtini va jigar transaminazalari faolligini oshishi, jigar o‘lchamlarini kattalashishi va og‘riq paydo bo‘lishi, jigar entsefalopatiyasi (ongni chalkashishi, uyquchanlik), sariqlik, gepatit. Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: vaskulitlar, arterial bosimni o‘zgarishi. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi. Qon yaratish a’zolari va limfa tizimi tomonidan: leykopeniya, protrombin sintezini buzilishi, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, eozonofiliya, D vitamini almashinuvini buzilishi hisobiga kaltsiy va fosfor muvozanatini buzilishi, gemolitik anemiyani rivojlanishi. Buyrak faoliyati va siydik chiqarishi yo‘llari faoliyatini buzilishi: kristaluriya. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: eshakemi, purpura, eksfoliativ dermatit, enantemalar, ekzantemalar, isitma, yuborilgan joyda o‘zgarishlar, shu jumladan, qizarish, og‘riq, flebit. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan: bo‘g‘imlarda og‘riq. Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm, o‘pkada eozonofil infiltrat. Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan astma ko‘rinishlari, gipertermiya; Leffler sindromi. Endokrin tizimi tomonidan: gipotireoz. Moddalar almashinuvi tomonidan: plazma gipokaliyemiyasi va rN darajasini kamayishi (yurak qon-tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga uzoq muddat qo‘llanganida). Boshqalar: kollaps holat. Ko‘rsatilgan holatlar, odatda dozasi kamaytirilganida yoki preparatni yuborish qisqa vaqtga bekor qilinganida yo‘qoladi, uch martalik to‘g‘ri ovqatlanish tartibida ular kamroq namoyon bo‘ladi. Allergik holatlarda antigistamin vositalar, kaltsiy xloridi, askorbin kislotasi, uzoq muddat davom etgan allergik reaktsiyalarda esa – kortikosteroidlar buyuriladi.

Preparatga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi, gepatit, jigar tsirrozi, og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi, yurakning chap qorinchasi miokardining yaqqol gipertrofiyasi, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, miksedema, amiloidoz, og‘ir ateroskleroz, tromboflebitlar, qon ivishini buzilishlari, homiladorlik va laktatsiya davrida vena ichiga yuborish mumkin emas.

Metabolizmning umumiy yo‘llari uchun raqobati tufayli, qonda izoniazidning kontsentratsiyasini oshiradi, rifampitsin, eritromitsin, linkomitsinni so‘rilishini buzadi. V12 vitaminining o‘zlashtirilishini buzadi, buning oqibatida anemiya rivojlanishi mumkin.

Me’da-ichak yo‘llari kasalliklari, jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (og‘ir darajadagi buzilishlar bo‘lganida qo‘llash mumkin emas). Preparatning katta dozalarini, shuningdek etionamid bilan majmuada uzoq muddat qo‘llanishi qalqonsimon bez faoliyatini pasayishiga olib kelishi mumkin. Natriy aminosalitsilat qo‘llanganida kristaluriya rivojlanishi mumkin. Siydikning rN reaktsiyasi ishqoriy yoki neytral bo‘lganida uni hosil bo‘lishi sekinlashadi. Natriy aminosalitsilat qo‘llanganida qon ivishi buzilishi mumkin. Kelib chiqishi turlicha qon ketishi xavfi bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Gemolitik anemiyani rivojlanish xavfi borligi sababli, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Natriy ionlarining miqdori pasaytirilgan ovqatlanish tavsiya etilgan patsiyentlarga natriy aminosalitsilatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolanish vaqtida chekish va alkogol iste’mol qilish mumkin emas. Gematoma va flebitlar paydo bo‘lishini oldini olish uchun ingichka ignalar qo‘llanadi va har xil venalarga navbat bilan yuboriladi. Shok holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida eritmani sekin yuborish kerak. Davolash vaqtida siydikning laborator va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Bolalar. Preparatni bolalarga qo‘llashni cheklashga nisbatan ma’lumotlar yo‘q. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish xususiyati. Preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilmaydi, biroq davolanish davomida bosh aylanishi, jigar entsefalopatiyasi simptomlari rivojlanishi mumkin bo‘lgan shaxslar psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyatlarni bajarishdan saqlanishlari kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +8oS dan +18oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Dispepsik holatlar, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, isitma bo‘lishi mumkin, psixoz, shok holatlari rivojlanishi mumkin. Ko‘rsatilgan holatlarda preparat yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha

100 ml yoki 200 ml yoki 400 ml dan shisha butilkalarda; 1 butilka karton qutida. 400 ml dan polimer konteynerlarda.

1,5 yil.