Paraprofen rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: ibuprofen – 400 mg, paratsetamol – 500 mg; yordamchi moddalar: mikrokristalik tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, metilparaben, propilparaben, talk, kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ibuprofen, paratsetamol.

Preparatning savdo nomi:

Paraprofen

oval shaklli, riskali tabletkalar.

N02BE51

turli intensivlikdagi yengil va o‘rtacha jadallikdagi genezlar: bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘i, algodismenoreyada;postravmatik va operatsiyadan keyingi og‘riq sindromlarida;bo‘g‘imlar og‘rishi, yallig‘lanishdagi og‘riqli sindromlar va tayanch-xarkat apparatining degenerativ kasalliklari: osteoartroz, umurtqa osteoxondrozi, ankilozli spondilit, paylarni cho‘zilishi, suyaklarni chiqishi, sinishlarda, umurtiqa orasidagi disklarni shikastlanishi, padagra, psoriatik artropatiyalar, revmatoid artrit, sinovit, nevrolgiyalar, mialgiyalar, lyumbago, fibrozitlar, tendovaginitlardagi og‘riqlarda);infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolashda (shamollash, gripp), haroratni oshishi bilan kechuvchi, et uvishishi, bosh og‘rig‘i, mushaklarda va suyaklarda og‘riq, tomoq og‘rishida qo‘llaniladi. Preparatni siptomatik davolashda, kasallikni jadallashishiga ta’sir etmaydi, yallig‘lanish o‘chog‘ida og‘riqni kamaytirish uchun qo‘llaniladi.

Ichga, ovqatdan keyin, oz miqdoridagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Bir marta qabul qilinadigan eng yuqori dozasi – 2 tabletka. Bir kunlik eng yuqori doza – 6 ta tabletka. 12 yoshdan oshgan bolalarga tana og‘irligi 30 kg ortiq bo‘lganda ½ tabletkadan sutkasiga 3 marta. Qabul qilish oralig‘i 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Kattalarni davolash eng uzoq muddati 5-7 kun, bolalar uchun 3 kun. Preparat bilan davolash davomiyligini faqat shifokor bilan maslaxatlashgandan keyin davom ettirish mumkin.

Me’da-ichak yo‘llari tomnidan: NYAQP – gastropatiyada – ko‘ngil aynishi, anoreksiya, qusish, jig‘ildon qaynashi, epigastral soxasida noxushlik yoki og‘riq, diareya, meteorizm, kam xollarda – me’da-ichak yo‘llarini eroziv – yarali shikastlanishi, ayrim xollarda qon ketishi asoratlari, jigar faoliyatini buzilishi, gepatit, pankreatit; ta’sirchanlik yoki og‘iz bo‘shlig‘ini qurishi, og‘izda bo‘shlig‘ida og‘riq, milklarni shilliq qavatida yara toshishi, aftoz stomatit; ich qotishi. Markaziy nerv tizimi va sezish a’zolari tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi, paresteziya, kaltrash, kanvulsiya, tutqanoq va parkinsonizmni kuchayishi, holsizlik, emotsional lobillik, kam xollarda – aseptik meningit (ko‘pincha autoiimun kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda); eshitishni pasayishi, quloqlarda shovqin, ko‘zning xiralishishi, ko‘rish nervni toksik shikastlanishi, ko‘rishni noaniqligi yoki ikkta ko‘rish, skotoma, ambliopiya. Yurak–qon tomiri tizimi tomonidan: yurak dimlanishining yetishmovchiligi, arterial qon bosimining pasayishi yoki ko‘tarilishi, aritmiya, taxikardiya, vena tomirlarini kengayishi. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, buyrak yetishmovchiligi, allergik nefrit, shish, poliuriya, tsistit. Boshqalar: gematuriya, tsistit, siydik yo‘li infektsiyalari, azotemiya, nikturiya, proteinuriya, poliuriya, dizuriya, tez-tez siyish, oliguriya, anuriya, buyrak yetishmovchiligi. Nafas tizimi tomonidan: xansirash, bronxospazm. Qon yaratilish tizimi tomonidan: ayrim xollarda leykopiya, anemiya (shu jumladan gemolitik va aplastik), trobotsitopeniya, trombotsitopenik purpura, agranulotsitoz, metgemoglobinemiya, anemiya. Teri tomonidan: toshma, qichishish, eritema, eshakemi, terini po‘st tashlashi, pufakchali toshmalar, po‘st tashlovchi dermatit, turli ko‘rinishlardagi eritema. O‘ta ta’sirchanlik: astma, anafilaksiya, nafas olishning keskin buzilishi, qon bosimining tez pasayishi, natijasida karaxtlikka o‘xshash holat yuzaga kelishi, angionevrotik shish, nafas olishni qiyinlashishi, angiit, allergik rinit, ko‘zni ta’sirlanishi va qurishi, qovoqlarni va kon’yunktivani shishi, eozinofiliya, isitma, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sinodromi). Laborator ko‘rsatkichlar: zardobdaiglyukoza kontsentratsiyasining pasayishi, gematokrit va gemoglobinni pasayishi, qon ketish vaqtini oshishi, zardobda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi, jigar transaminazalar faolligini oshishi. Boshqalar: ko‘p terlash. Katta dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilishi: MIY ning shilliq qavatining yara bo‘lishi, qon ketishi (me’da-ichak, milk, bachadon, gemorroidal), ko‘rishni buzilishi (rang ajratish qobiliyatini buzilishi, skotoma, ambliopiya).

Preparatning dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilishda dorilarning o‘zaro ta’siri orqali samaralarini turlari rivojlanishi mumkin. Jigar mikrosomal fermentlar faolligini oshiruvchi vositalar (barbituratlar va bir qator tutqanoqqa qarshi vositalar – fenobarbital, fenitoin, karbamezepin, benzonal), alkogol saqlovchi, rifampitsinlar bilan birgalikda qabul qilinganida dorining gepatotoksik ta’siri kuchayadi. Fenotiazinlar bilan birga qo‘llanganda o‘ta gipotermiya, azidotimidin bilan netropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning zararligini oshiradi, bilvosita antikoagulyatlar, difenin, peroral gipoglikemik dorilar ta’sirini kuchaytirishi mumkin, “xalqali” va tiazelidli diuretiklarning diuretik va natriyuretik ta’sirini susaytiradi. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar bilan birgalikda qo‘llanganda dorining nojo‘ya ta’sirlari tezlashadi va kuchayadi. Atsetilsalitsil kislotasini ibuprofen bilan bir vaqtda qabul qilinsa uning yallig‘lanishga qarshi va antiagregant (qabul qilishni boshlashdan keyin bemorlarda o‘tkir koronar tez-tezligini rivojlanishini oshirishi mumkin, atsetilsalitsil kislotasining kam dozalarda antiagregant vositasi sifatida qabul qilinsa) ta’sirini pasaytirishi mumkin. GKS kortikotropinni etanol bilan bir vaqtda qo‘llanilsa me’da-ichak yo‘llarida eroziv-yaralar shikastlanish xavfini oshirishi mumkin. Ipurofen to‘g‘ri (geparin) va to‘g‘ri bo‘lmagan (kumarin va indandion ishlab chiqaruvchi) antikoagulyantlar, trombolitik agentlar (alteplaza, anistreplaza, streptokinaza, urokinaza), antiagregantlar, kolxitsin – gemorragik asoratlar xavfini rivojlanish ta’sirini oshirishi mumkin. Insulin gipoglikemik va dori vositasining peroral gipoglikemik ta’sirini oshiradi. Qonda digoksin litiy va metotreksat preparatlari kontsentratsiyasini oshiradi. Kofein ibuprofenni analgezirlovchi ta’sirini oshiradi. Tsefandol, tsefaperazon, tsefotetan, valproat kislotasi, plikamitsin gipoprotrombin tez-tezligini oshirishi mumkin. Antatsidlar va kolestiraminlar preparatni so‘rilishini pasaytiradi. Miyelotoksik dori vositalari preparatni gematotoksiklik namoyon bo‘lishiga yordam beradi.

Qon ivishi tizimi tug‘ma buzilgan, buyrak va jigar kasalliklari; qandli diabetda, tserebrovaskulyar kasalliklarida, YUIK, surunkali yurak yetishmovchiligi; arterial gipertinziya, periferik arteriya kasalliklarida, bronxial astmasi bo‘lgan; dori buyurilayotganda dispepsiya alomatlari, anamnezida me’da-ichak yo‘lining eroziyali yarali kasalliklari va qon ketishlar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan shaxslarga (shu jumladan nospetsifik yarali kolitda); Helicobacter pylori infektsiyalari mavjud bo‘lgan, NYAQV uzoq vaqt qo‘llanilganda, alkogolizmda, og‘ir somatik kasalliklarida, keksa yoshli patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Preparat bilan davolash jarayonida jigar va buyrak faoliyatini, periferik qon manzarasini tizimli nazorat olib borilishi kerak. Preparat qon zardobida siydik kislotasida glyukozani, 17-ketosteroidlarni miqdoriy aniqlashda laborator tekshirishlarni natijalarini o‘zgartirish mumkin (tadqiqotdan 48 soat oldin preparatni bekor qilish kerak).

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Dori tarkibida paratsetamol borligini e’tiborga olish kerak.  Paratsetamol 6 g dan ortiqroq ichga qabul qilish jigarni og‘ir shikastlanishiga, jigar komasigacha olib kelishi mumkin.

Retseptsiz

tabletkalar

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin. Ulashish: 2 224 Views