Pantoprazol DMretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: 40 mg pantoprazol va 30 mg domeridonga ekvivalent bo‘lgan 280 mg pantoprazol va domperidon pelletlarini aralashmasi;

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

pantoprazol, domperidon.

Preparatning savdo nomi:

Pantoprazol-DM

Farmakalogik guruhi:

Me’da-ichak yarasiga qarshi vosita (N+K+ATFaza ingibitori).

Dori shakli:

ajralib chiqishi uzaytirilgan kapsulalar.

korpusi rangsiz va qopqoqchasi pushti rangli №2 o‘lchamli bo‘sh kapsulalar.

Me’da-ichak yarasiga qarshi vosita (N+K+ATFaza ingibitori).

A02VS02

Pantoprazol Ichga qabul qilingandan so‘ng tez va to‘liq so‘riladi. Mutloq biokiraolishligi 70-80% (o‘rtacha 77%) ni tashkil etadi. Smax 2-4 soatdan (o‘rtacha 2,7 soatdan) keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 98% ni tashkil etadi. T1/2 0,9-1,9 soat, taqsimlanish hajmi – 0,15 l/kg, S1 – 0,1 l/soat/kg. Gematoentsefalik to‘siq (GET) orqali juda sust o‘tadi, ko‘krak suti bilan sekretsiya bo‘ladi. Antatsidlar yoki ovqat qabul qilish preparatning AUC, Cmax va biokiraolishligiga ta’sir qilmaydi. Farmakokinetikasi 10-80 mg dozalar diapazonida to‘g‘ri proportsionaldir (AUC va Cmax preparatning dozasi oshishiga proportsional ravishda oshadi. T1/2 va S1 qiymatlari dozaga bog‘liq emas. Jigarda metabolizmga (oksidlanish, alkil guruhini birikishi, kon’yugatsiya) uchraydi. Tsitoxrom R450 tizimiga affinligi past, uning metabolizmida asosan CYP3A4 va CYP2C19 izofermentlari qatnashadi. Asosiy metabolitlari – demetilpantoprazol (T1/2 – 1,5 soat) va sulfat guruhi bog‘langan 2 kon’yugatidir. Asosan siydik bilan metabolitlar holida chiqariladi, katta bo‘lmagan miqdori axlatda aniqlanadi. Organizmda to‘planmaydi. Jigar tsirrozi bo‘lgan bemorlarda T1/2 7-9 soatgacha uzayadi, buyrak yetishmovchiligida – biroz oshadi, ammo asosiy metabolitining T1/2 2-3 soatga yetadi. Katta yoshdagi guruhlarda AUC va Cmax biroz yuqori bo‘ladi. Domperidon Ichga qabul qilinganidan so‘ng me’da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez so‘riladi (ovqatlanish yoki me’da shirasining kislotali muhitini past bo‘lishi uning so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi). Qonda Cmax 0,5-1 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi – 15% (jigar orqali “birinchi marta o‘tish” samarasi mavjud). Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 91-93% ni tashkil etadi. GET orqali yomon o‘tadi. Katta bo‘lmagan miqdori ko‘krak sutida aniqlanadi. Ichak devori va jigarda jadal metabolizmga (gidroksillanish va N-dezalkillanish) uchrab, muvofiq ravishda gidroksidomperidon va 2,3-digidro-2-okso-1-N-benzimidazol-1-propion kislotasini hosil qiladi. Ichga bir martalik dozasi qabul qilingandan so‘ng T1/2 soatni tashkil etadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida T1/2 uzayadi. Buyraklar (31%) va ichak (66%) orqali, shu jumladan o‘zgarmagan holda muvofiq ravishda 1% va 10% chiqariladi. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparat organizmda to‘planishi mumkin.

Preparat reflyuks-ezofagit, dispepsiya, gastrit va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, meteorizm, me’dani to‘lish hissi, kekirish, gastroezofageal reflyuks kasalligini davolash uchun buyuriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 1-2 kapsuladan kuniga bir marta yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi.

Domperidon Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ichakni o‘tib ketuvchi spazmlari. Nerv tizimi tomonidan: ekstrapiramid buzilishlar (GET ning o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan shaxslar va bolalarda). Allergik reaktsiyalar: teri toshmalari, eshakemi. Boshqalar: giperprolaktinemiya (galaktoreya, ginekomastiya). Pantoprazol Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya; kam hollarda – og‘izni qurishi, ishtahani oshishi, ko‘ngil aynishi, kekirish, qusish, meteorizm, qorinda og‘riq, qabziyat, transaminazalarning faolligini oshishi, gastrointestinal kartsinoma (yakka holatda). Nerv tizimi va sezgi a’zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i; kam hollarda – asteniya, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik; ayrim hollarda – asabiylik, depressiya, tremor, paresteziyalar, fotofobiya, ko‘rishni buzilishi, quloqlarni shang‘illashi. Siydik-tanosil tizimi tomonidan: yakka hollarda – gematuriya, shishlar, impotentsiya. Teri qoplamlari tomonidan: yakka hollarda – alopetsiya, akne, eksfoliativ dermatit. Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – toshma, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish. Boshqalar: kam hollarda – giperglikemiya, mialgiya; yakka hollarda – isitma, eozonofiliya, giperlipoproteinemiya, giperxolesterinemiya.

Pantoprazolga yoki preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Jigar yetishmovchiligida preparatni qo‘llash mumkin emas. homiladorlikda va emizish davrida bemorlar uchun havfsizligi aniqlanmagan. Bolalar uchun havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Me’da shirasini sekretsiyasi chuqur va uzoq muddat tormozlanishi tufayli, ushbu dori vositasi, so‘rilishi rN ga bog‘liq bo‘lgan preparatlar, masalan, ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol va boshqa dori vositalarning so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Atazanavir va rN ga bog‘liq bo‘lgan OITV qarshi boshqa preparatlarni proton pompa ingibitorlari bilan birga qabul qilish ushbu OITV qarshi preparatlarning biokiraolishligini ahamiyatli darajada pasayishiga olib kelishi mumkin, ushbu preparatlarni samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Davolashni boshlashdan oldin qizilo‘ngach va me’daning havfli kasalliklari istisno qilinishi kerak (ushbu kasalliklarning simptomatikasini yaxshilanishi to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolashni kechiktirishi mumkin). Reflyuks kasalligini tashxisi endoskopiya yordamida tasdiqlanishi kerak. Yarasiz dispepsiyasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni buyurish tavsiya etilmaydi. Keksa yoshdagi bemorlarda va buyrak faoliyati buzilganida dozani sutkada 40 mg dan oshirish tavsiya etilmaydi. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligida dozalash tartibiga tuzatish kiritilishi kerak: har ikki kunda 1 kapsuladan, jigar fermentlarining darajasini nazorati ostida qabul qilinadi (ular oshganida preparatni bekor qilish ko‘rsatilgan). Pantoprazol-DM kapsulalar qabul qilinganida anafilaktik shok rivojlanganligi yuzasidan xabarlar berilgan. Bu shoshilinch tibbiy yordamni talab etishi mumkin. Tromboflebit pantoprazolni yuborish bilan bog‘liq. Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homilador va emizikli ayollar, ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin, shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Pantoprazol Simptomlari: ta’riflanmagan. Davolash: dozani oshirib yuborilishiga gumon qilinganida tutib turuvchi va simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi. Dializ samarasiz. Domperidon Simptomlari: uyquchanlik, aritmiya, dezoriyentatsiya, ekstrapiramid buzilishlar (ayniqsa, bolalarda), arterial bosimni pasayishi. Davolash: faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, ekstrapiramid reaktsiyalar rivojlanganida – antixolinergik vositalar yoki antixolinergik faollikka ega bo‘lgan antigistamin preparatlar, parkinsonizmni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Spetsifik antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha

10 kapsuladan blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.