Pantokaltsinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi: faol modda: kaltsiy gopantenati (gopanten kislotasi yoki gopanten kislotasining kaltsiyli tuzi) – 0,25 g (250 mg) yoki 0,5 g (500 mg); yordamchi moddalar: 250 mg doza uchun: magniy gidroksikarbonati – 46,77 mg, kaltsiy stearati – 3,1 mg, talk – 6,2 mg, kartoshka kraxmali – 3,93 mg. 500 mg doza uchun: magniy gidroksikarbonati – 93,54 mg, kaltsiy stearati – 6,2 mg, talk – 12,4 mg, kartoshka kraxmali – 7,86 mg.

Preparatning savdo nomi:

Pantokaltsin

Farmakalogik guruhi:

nootrop vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

oq rangli, yassitsilindrik shaklli, 500 mg li doza uchun faska va riskali, 250 mg li doza uchun faska va xochsimon riskali tabletkalar.

nootrop vosita.

Me’da–ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga yetish vaqti 1 soatni tashkil qiladi. Eng yuqori kontsentratsiyalari jigar, buyraklar, me’da devori, terida yaratiladi. Gematoentsefalitik to‘sig‘i orqali o‘tadi. Metabolizmga uchramaydi. O‘zgarmagan holda 48 soat davomida (qabul qilingan dozaning 67,5% siydik bilan, 28,5% – ahlat bilan) chiqariladi.

bosh miyaning organik shikastlanishlaridagi va nevrotik buzilishlardagi kognitiv buzilishlar;bosh miya qon tomirlarining aterosklerotik o‘zgarishlari chaqirgan tserebrovaskulyar yetishmovchilikni majmuaviy davolash tarkibida; senil dementsiyada (boshlang‘ich shaklida), yetuk yoshli va keksa shaxslardagi miyani rezidual organik shikastlanishlarida;shizofreniya bo‘lgan bemorlardagi tserebral organik yetishmovchilik (neyroleptiklar, antidepressantlar bilan majmuada);nerv tizimining nasliy kasalliklari bo‘lgan bemorlardagi ekstrapiramid giperkinezlarda (Gentington xoreyasi, gepatotserebral distrofiya, Parkinson kasalligi va boshqalar);o‘tkazilgan neyroinfektsiyalar va bosh miya jarohatlarining oqibatlari (majmuaviy davolash tarkibida);neyroleptiklarning nojo‘ya ta’sirini to‘g‘rilash uchun va oldini olish maqsadida bir vaqtda “to‘sish terapiyasi” sifatida; ekstrapiramid neyroleptik sindromi (giperkinetik va akinetik);ruxiy jarayonlarni sekinlashishi bilan kechuvchi tutqanoq (tirishishga qarshi preparatlar bilan majmuada);psixoemotsional zo‘riqishlar, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi; diqqatni jamlashni va eslab qolishni yaxshilash uchun;siyishni buzilishlari: enurez, siydikni kunduzgi tutib turaolmaslik, pollakiuriya, imperativ qistashlar;bolalarga aqliy qoloqlikda (ruxiy, nutq, motor rivojlanishni yoki ularning yig‘indisini kechikishi); bolalar tserebral falajida; duduqlanishda (asosan klonik shaklida); tutqanoqda (tirishishga qarshi preparatlar bilan majmuaviy davolash tarkibida, ayniqsa ko‘p shaklli xurujlarda va kichik tutqanoq xurujlarida).

Ichga, ovqatlangandan keyin  15-30 minut o‘tgach buyuriladi. Kattalar uchun bir martalik doza 0,5-1 g, bolalar uchun – 0,25-0,5 g; kattalar uchun sutkalik doza – 1,5-3 g, bolalar uchun – 0,75-3 g. Davolash kursining davomiyligi 1 oydan 4 oygacha, ba’zi hollarda – 6 oygacha. 3-6 oydan so‘ng takroriy davolash kursi o‘tkazilishi mumkin. Bolalarga aqliy qoloqlikda: 0,5 g dan kuniga 4-6 marta, har kuni 3 oy davomida; nutqning rivojlanishini kechikishida – 0,5 g dan kuniga 3-4 marta, 2-3 oy davomida. Neyroleptik sindromida (neyroleptik vositalarning nojo‘ya ta’sirlarini korrektori sifatida): kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 3 marta, bolalarga – 0,25-0,5 g kuniga 3-4 marta. Davolash kursining davomiyligi – 1-3 oy. Tutqanoqda: bolalarga 0,25-0,5 g dan kuniga 3-4 marta har kuni, kattalarga 0,5 -1 g dan kuniga 3-4 marta har kuni, uzoq vaqt davomida (6 oygacha). Giperkinezlarda (pir-pir uchishlarda): bolalarga 0,25-0,5 g dan kuniga 3-6 marta har kuni 1-4 oy davomida, kattalarga – 1,5-3 g dan har kuni 1-5 oy davomida. Siyishni buzilishlarida: kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 2-3 marta (sutkalik doza 2-3 g), bolalarga – 0,25-0,5 g dan (sutkalik doza 25-50 mg/kg). Davolash kursining davomiyligi – 2 haftadan to 3 oygacha (buzilishlarning yaqqolligi va terapevtik samaraga bog‘liq). Neyroinfektsiyalar va bosh suyagi – miya jarohatlarining asoratlarida: 0,25 g dan kuniga 3-4 marta. Kuchli zo‘riqishlar va astenik holatlarda ish qobiliyatini tiklash uchun: 0,25 g dan kuniga 3 marta. Ushbu dori shakli 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etilmagan.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin: rinit, kon’yunktivit, teri toshmalari.

O‘ta yuqori sezuvchanlik; o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; homiladorlik (1 uch oyligi).

Barbituratlarning ta’sirini uzaytiradi; markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi, tirishishga qarshi dori vositalarining samarasini, mahalliy anestetiklarning (prokainning) ta’sirini kuchaytiradi. Fenobarbital, karbamazepin, antipsixotik vositalarning (neyroleptiklar) nojo‘ya ta’sirlarini oldini oladi. Glitsin, ksidifon bilan birga qo‘llanganda gopanten kislotasining ta’siri kuchayadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 250 mg yoki 500 mg dan. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folga kontur uyali o‘ramda. 5 kontur o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

4 yil.