100 mg/ml sirop ichga, ovqatdan 15-30 minut keyin qabul qilinadi.
Kattalar uchun bir martalik doza sutkada 2,5-10 ml (0,25-1 g), bolalar uchun – 2,5-5 ml (0,25-0,5 g), kattalar uchun sutkalik doza – 15-30 ml (1,5-3 g), bolalar uchun – 7,5-30 ml (0,75-3 g).
Davolash kursi – 1-4 oy, ba’zida 6 oygacha.
3-6 oydan keyin takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin.
Bolalarga, yoshi va nerv tizimining patologiyasiga qarab, quyidagi dozalar diapazoni tavsiya qilinadi: bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada – 5-10 ml (0,5-1 g), 3 yoshgacha – sutkada 5-12,5 ml (0,5-1,25 g), 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 7,5-15 ml (0,75-1,5 g), 7 yoshdan kattalarga – 10-20 ml (1-2 g) buyuriladi.
Davolash taktikasi dozani 7-12 kun davomida oshirishni, maksimal dozada 15-40 va undan ko‘proq kun davomida qabul qilishni va asta-sekin 7-8 kun davomida kamaytirib bekor qilishni nazarda tutadi.
Davolash kursi 30-90 kun (ayrim kasalliklarda 6 oy va undan ko‘proq) ni tashkil qiladi.
Shizofreniyada psixotrop preparatlar bilan majmuada sutkada 5 dan 30 ml gacha (0,5-3 g) buyuriladi.
Davolash kursi – 1 dan 3 oygacha.
Tutqanoqda antikonvulsantlar bilan majmuada – sutkada 7,5 dan 10 ml gacha (0,75-1 g) dozada buyuriladi.
Davolash kursi – 1 yil va undan ko‘proq davom etadi.
Ekstrapiramid buzilishlar bilan birga kechuvchi neyroleptik sindromida sutkalik doza – 30 ml gacha (3 g gacha) buyuriladi, davolash bir necha oy davom etadi.
Nerv tizimining organik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ekstrapiramid giperkinezlarda sutkada 5 dan 30 ml gacha (0,5-3 g) buyuriladi.
Davolash kursi – 4 oy va undan ko‘proq davom etadi.
Neyroinfektsiyalar va bosh-miya jarohatlari oqibatlarida – sutkada 3 dan 30 ml gacha (0,5-3 g) buyuriladi.
Kuchli zo‘riqishlarda va astenik holatlarda ish qobiliyatini tiklash uchun preparat 2,5-5 ml dan (0,25-0,5 g) sutkada 3 marta buyuriladi.
Siyishni buzilishlarida bolalarga – 2,5-5,0 ml dan (0,25-0,5 g), sutkalik doza 2,5-50 mg/kg ni tashkil qiladi, davolash kursi 1-3 oy, kattalarga – 5-10 ml dan (0,5-1 g) sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Uzoq muddatli davolash sharoitida preparatni boshqa nootrop va rag‘batlantiruvchi vositalar bilan bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Preparatning nootrop ta’sirini hisobga olib, uni tonggi va kunduzgi soatlarda qabul qilgan ma’qul.