Pankreatin rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 0,1 g pankreatin (proteolitik faolligi kamida – 25 XB, lipolitik faolligi kamida – 140 XB, amilolitik faolligi kamida – 1500 XB); yordamchi moddalar: laktoza (sut qandi) – 0,2120 g, metiltsellyuloza MTs-16 – 0,0048 g, kaltsiy stearati – 0,0032 g; qobig‘ining tarkibi: tselatsefat – 0,01386 g, qizil 2S kislotali bo‘yovchisi – 0,00010 g, A-1 markali titan dioksidi – 0,00100 g, polisorbat 80 – 0,00006 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

pankreatin

Preparatning savdo nomi:

Pankreatin

Farmakalogik guruhi:

ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.

Dori shakli:

ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, pushti yoki to‘q pushti rangli qobiq bilan qoplangan, o‘ziga xos hidli tabletkalar. Tabletka yadrosining ko‘ndalang kesimida dog‘larning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.

A09AA02

Axiliyada, me’da osti bezi faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan surunkali pakreatitda, jigar va me’da osti bezi kasalliklari bilan bog‘liq ovqat hazm qilishining buzilishlarida, anatsid va gipatsid gastritda, surunkali enterokolitlarda qo‘llanadi.

Tabletkalar ovqat vaqtida yoki undan keyin darhol, chaynamasdan qabul qilinadi. Kattalar uchun pankreatitning bir martalik dozasi 0,5-1,0 g ni, sutkalik – 4 g ni tashkil qiladi. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga pankreatin kukun ko‘rinishida bir marta qabul qilganda 0,1-0,15 g dan, 2 yosh – 0,2 g, 3-4 yosh – 0,25 g, 5-6 yosh – 0,3 g, 7-9 yosh – 0,4 g, 10-14 yosh – 0,5 g dan buyuriladi. Preparat tabletkalarda bolalarga quyidagi dozalarda buyuriladi: 6-7 yosh – 1 tabletka (0,25 g), 8-9 yosh – 1-2 tabletka (0,25-0,5 g), 10-14 yosh – 2 tabletka (0,5 g). Davolash kursi 4-6 haftadan 2-3 oygacha va undan ko‘proqni tashkil qiladi.

Ichak tutilishi simptomlari (ileotsekal bo‘limda va ko‘tariluvchi chambar ichakda stikturalar hosil bo‘lishi) va darhol avj oluvchi turdagi allergik reaktsiyalar (mukovistsedozda, ayniqsa bolalarda).

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan cho‘chqa go‘shtini o‘zlashtiraolmaslik), o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitni zo‘rayishida qo‘llash mumkin emas.

Temirni so‘rilishini susaytiradi (ayniqsa uzoq vaqt qo‘llanganida).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq joyda, 12 dan 20oS gacha haroratda.

Retseptsiz

Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 TB. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda. 60 tabletkadan tortiladigan plastmassa qopqoqchalar bilan berkitilgan zarg‘aldoq shisha bankalarda yoki buraladigan qopqoqchali polimer bankalarda. Bankadagi erkin bo‘shliq tibbiy paxta yoki polietilen zichlatgich bilan to‘ldirilgan. Bankaga etiketka yoki yozuv yoki o‘zi yelimlanadigan qog‘oz yorliq yopishtiriladi. 6 kontur uyali o‘ram yoki banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.