Pangelmretsept bilan

Tarkibi:

5 ml quyidagilarni saqlaydi: faol modda: albendazol – 200 mg; yordamchi moddalar: natriy benzoati, ksantan kamedi, saxaroza, natriy metilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, glitserin, polisorbat-80, dinatriy edetati, eritrozin supra bo‘yovchisi, malina aromatizatori № 1, mevalar aralashmasi aromatizatori, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

albendazol

Preparatning savdo nomi:

Pangelm

Farmakalogik guruhi:

Nematodozni davolash uchun preparatlar. Benzimidazol hosilalari. Albendazol.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya

pushti rangli suspenziya.

Nematodozni davolash uchun preparatlar. Benzimidazol hosilalari. Albendazol.

R02SA03

Albendazol peroral qabul qilinganidan keyin me’da-ichak yo‘llarida yomon so‘riladi (5% dan kam), qon plazmasida o‘zgarmagan ko‘rinishda aniqlanmaydi, biokirishaolishligi past. Agar doza yog‘li ovqat bilan qabul qilinsa, preparatning tizimli farmakologik ta’siri oshadi, chunki yog‘li ovqat so‘rilishni va plazmada maksimal kontsentratsiyani (Smax) 5 marta oshiradi. Albendazol sulfoksidining Smax ga erishishi vaqti 2-5 soatni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 70%, sezilarli miqdorda safro, jigar, orqa miya suyuqligi, siydikka, gelmintlar tsistalari devori va suyuqligiga o‘tadi. Antigelmint faolligiga ega bo‘lgan dastlabki albendazol sulfoksidi metabolitini hosil qilgan holda jigarda metabolizmga uchraydi. Albendazol sulfoksidi albendazol sulfon (ikkilamchi metabolit) va boshqa oksidlangan mahsulotlar hosil bo‘lgan holda metabolizmga uchraydi. 400 mg li bir martalik doza qabul qilinganidan keyin farmakologik faol metabolit albendazol sulfoksidi plazmada 1,6 dan 6,0 mikromol/l gacha bo‘lgan kontsentratsiyalarga preparatni ovqat bilan birga qabul qilganda erishadi. Albendazol sulfoksidini yarim chiqarilishi davri 8,5 soatni tashkil etadi. Ichak orqali safro bilan albendazol sulfoksidi ko‘rinishida chiqariladi, va faqat uning sezilarli bo‘lmagan qismi siydik bilan chiqariladi. Jigar shikastlanganida biokirishaolishligi oshadi, bunda albendazol sulfoksidining Smax 2 marta oshadi, yarim chiqarilishi davri esa uzayadi. Odamning jigar hujayralarida R450 IA tsitoxromini induktsiya qiladi.

enterobiozankilostomidoz va nekatorozgimenolepidozteniozstrongiloidozaskaridoztrixotsefalyozOpisthorchic viverrini va/yoki Clonorchis sinensis keltirib chiqaradigan klonorxoz va opistarxozLarva Migrans teri sindromibolalarda lyamblioz.

Preparat ovqatlanish birga ichga qabul qilinadi. Sutkaning ayni bir vaqtida qabul qilish afzalroq. Qabul qilishdan oldin suspenziyali flakonni yaxshilab silkitish zarur. Agar uch hafta o‘tgach sog‘ayish yuz bermasa, ikkinchi davolash kursi buyuriladi.

albendazolga va dori vositasining boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;mavjud bo‘lgan, gumon qilanayotgan yoki rejalashtirilayotgan homiladorlikda, laktatsiya davrida;ko‘z to‘r pardasining patologiyasida;1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Tsimetedin, prazikvantel va deksametazon mahsulotning tizimli samaradorligiga mas’ul bo‘lgan albendazol metabolitining plazmadagi darajasini oshiradi. Ritonavir, fenitoin, karbamazepin va fenobarbital albendazolning faol metaboliti – albendazol sulfoksidining plazmadagi kontsentratsiyasini potentsial pasaytirishi mumkin. Mazkur faktning klinik ahamiyati noma’lum, biroq Pangelm samaradorligiga, ayniqsa tizimli gelmintozlarni davolashda, ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Patsiyentlar davolash samaradorligi yuzasidan shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak, bu dozalashning muqobil tartibini buyurilishini yoki o‘tkazilayotgan davolashni qayta ko‘rib chiqishni talab etishi mumkin.

Neyrotsistitsirkozdan davolanayotgan patsiyentlarda Pangelm preparatini qabul qilish fonida parazitlarning halok bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan nevrologik simptomlar namoyon bo‘lishi mumkin. Mazkur simptomlarga tutqanoqlar, bosh miya ichki bosimini oshishi va o‘choqli simptomlar taalluqlidir. Simptomlar davolash boshlanishidan keyin darhol namoyon bo‘lishi mumkin va steroidlar va antikolvulsantlar bilan kechiktirmasdan davolashni talab qiladi. Peroral qabul qilinadigan yoki vena ichiga yuboriladigan kortikosteroidlarni bosh miya ichki gipertenziyasi epizodlarini oldini olish uchun davolashning birinchi haftasi boshlanishida qo‘llash tavsiya etiladi. Suspenziya teri, ko‘zlar va shilliq pardalar uchun kuchsiz qo‘zg‘atuvchi bo‘lgan benzoy kislotasini saqlaydi. Bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sariqlik rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. Jigar enzimlarining darajasi kuchsiz yoki o‘rtacha oshishi mumkin bo‘lib, ular Pangelmni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin normal holga keladi. Davolash jarayonida Pangelmni qabul qilish fonida gepatit rivojlanishi hollari aniqlangan. Jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini aniqlash har bir davolash tsikli boshlanishidan oldin va davolash davomida har ikki haftada o‘tkazilishi kerak. Agar transaminazalar ko‘rsatkichlari ikki marta va undan ortiq oshsa, Pangelmni qo‘llash bekor qilinishi kerak. Davolashni jigar faoliyati ko‘rsatkichlari normaga qaytganida qayta boshlanadi, ammo patsiyentlar davolovchi shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Albendazol suyak ko‘migi faoliyati susayishini keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun har bir 28 kunlik tsikl davomida uning boshlanishida va har ikki haftada qon tahlillari o‘tkazilishi kerak. Jigar kasalliklari, shu jumladan jigar exinokokkozi bo‘lgan patsiyentlar pantsitopeniya, aplastik anemiya, agranulotsitoz va leykopeniyaga olib keluvchi suyak ko‘migini susaytirilishining yaqqol ifodalangan tamoyiliga ega. Qonning shakli elementlari darajasi klinik jihatdan sezilarli pasayganida, Pangelmni qo‘llashni bekor qilish lozim. Pediatriya amaliyotida qo‘llanilishi Preparat 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davri Pangelm preparati mavjud bo‘lgan, gumon qilinayotgan yoki rejalashtirilayotgan homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Erta homiladorlikda Pangelmni buyurishdan saqlanish maqsadida tug‘ruq yoshida bo‘lgan ayollar faqat homiladorlikka testning manfiy natijasi olinganidan so‘ng davolashni boshlashi kerak, bunda mazkur test keyingi tsikl boshlanishiga qadar kamida bir marta takrorlanishi kerak. Davolashning butun tsikli davomida va qo‘shimcha ravishda davolash yakunlanganidan keyingi bir oy davomida ishonchli kontratseptsiya choralariga rioya qilinishi zarur. Transport vositasini boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga dori vositasini ta’sirining o‘ziga xos xususiyatlari Transport vositasini boshqarish va mexanik uskunalar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

ta’riflanmagan.

10 ml dan shisha flakonda. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.