Paklitaksel Kelun Kazfarmretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml quyidagilarni saqlaydi faol modda: 6,0 mg paklitaksel yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, suvsiz etil spirti, polioksietilizatsiya qilingan kanakunjut moyi EL 35.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

) pakletaksel

Preparatning savdo nomi:

Paklitaksel-Kelun-Kazfarm

Farmakalogik guruhi:

o‘smalarga qarshi vosita

Dori shakli:

infuziya tayyorlash uchun kontsentrat 30 mg/5 ml, 60 mg/10 ml, 100 mg/16,7 ml

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

o‘smalarga qarshi vosita

L01CD01

Vena ichiga yuborilgandan keyin qon plamzasida pakletakselning kontsentratsiyasini ikki fazali pasayishi kuzatiladi. Paklitakselning farmakokinetikasi preparatni 135 mg/m2 va 175 mg/m2 dozada 3 soat va 24 soat davomida infuziyasidan keyin o‘rganilgan. Terminal fazada yarim chiqarilish davrining o‘rtacha davomiyligi 3,0-52,7 soatni, organizmdan umumiy klirensi esa – 11,6-24,0 l/soat/m2 ni tashkil qiladi. Qon plazmasida paklitakselning kontsentratsiyasi oshganida uning umumiy klirensini pasayishiga moyillik kuzatilgan. Paklitakselning o‘rtacha muvozanatli taqsimlanish xajmi 198-688 l/m2 ni tashkil qilgan, bu qon tomir ichida keng taqsimlanishi va/yoki to‘qimalar bilan bog‘lanishidan dalolat beradi. 3 soatlik infuziyada paklitakselning farmakokinetikasi noproportsional xarakterga ega. Dozani 30% ga, 135 mg/m2 dan 175 mg/m2 ga oshirganda, qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) 75%, shuningdek “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC0-∞) 81% ga oshgan. Turli davolash kurslari vaqtida paklitakselning tizimli ekspozitsiyasi darajasini o‘zgarishi minimal darajada bo‘lgan. Ko‘p martalik davolash kurslarida paklitakselning to‘planishi qayd etilmagan. Paklitakselning taxminan 89-98% qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanadi. Tsimetidin, ranitidin, deksametazon yoki difengidraminni mavjudligi paklitakselni oqsillar bilan bog‘lanishiga ta’sir qilmaydi. Paklitakselning yuborilgan dozasining 1,3 dan 12,6% gachasi o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi, bu ekstensiv jigardan tashqari klirensdan dalolat beradi. Paklitaksel asosan jigarda metabolizmga uchraydi va asosan safro bilan chiqariladi. Ehtimol paklitakselning metabolizmi tsitoxrom R450 izofermentlari ishtirokida amalga oshadi. Radiofaol izotop bilan nishonlangan paklitaksel yuborilgandan keyin 26; 2; 6% radiofaollik 6α-gidroksipaklitaksel, 3’-r-digidroksipaklitaksel va 6α-3’-r-gidroksipaklitaksel ko‘rinishida axlat bilan chiqarilgan. Bu gidroksi metabolitlarini hosil bo‘lishi muvofiq ravishda CYP2C8, CYP3A4 va CYP2C8 va CYP3A4 izofermentlari tomonidan katalizatsiya qilinadi. Paklitakselni tsisplatin, doksorubitsin yoki trastuzumab bilan majmuada qo‘llanilganida qo‘llash bo‘yicha ma’lumot olish uchun ularni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqish kerak.

tuxumdon raki (kasallikning tarqalgan shakli yoki tsisplatin bilan majmuada laparotomiyadan keyin 1 sm dan katta qoldiq o‘smasi bo‘lgan patsiyentlarda birinchi qator davolash va ijobiy natija bermagan standart davolashdan keyin metastazlarda ikkinchi qator davolash)sut bezi raki (antratsiklin va tsiklofosfamid (ATs) bilan standart majmuaviy davolashdan keyin shikastlangan limfa tugunlarini davolash uchun yordamchi modda sifatida. Paklitaksel qo‘llash bilan yordamchi davolash muqobil kengaytirilgan ATs-davolash hisoblanadi. Paklitaksel birlamchi davolash sifatida buyuriladi yoki 3+ darajada (immunogistokimyo yordamida aniqlangan) haddan tashqari ekspressiyaga uchragan patsiyentlarda, shuningdek antratsiklinlar bilan davolash to‘g‘ri kelmaydigan patsiyentlarda trastuzumab bilan majmuada kechki davrdagi sut bezining metastatik rakida birlamchi davolash sifatida buyuriladi. Paklitaksel monoterapiya sifatida antratsiklinlarni qo‘llash bilan samarasiz standart davolashdan keyingi patsiyentlarda, yoki antratsiklinlar bilan davolash to‘g‘ri kelmaydigan patsiyentlarda sut bezining metastatik rakini davolash uchun buyuriladi. kechki davrdagi o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki (jarroxlik usulida davolash va/yoki nur bilan davolashni o‘tkazish rejalashtirilmagan patsiyentlarda o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan rakini tsisplatin bilan majmuada).OITS bo‘lgan patsiyentlarda Kaposhi sarkomasini (KS) davolash uchun (OITS bo‘lgan patsiyentlarda liposomal antratsiklinlar bilan samarasiz davolashdan keyin Kaposhi sarkomasini davolash uchun) qo‘llanadi.

Paklitaksel bilan davolash o‘smalarga qarshi ximiopreparatlar bilan ishlash tajribasiga ega shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi rivojlangan hollarda shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun tegishli uskunalar mavjud bo‘lishi kerak. Paklitakselni yuborishdan oldin barcha patsiyentlarda kortikosteroid, antigistamin preparatlar va N2 retseptorlari antagonistlari bilan premedikatsiya o‘tkazilishi kerak, masalan:

Tuxumdon raki, sut bezi raki va o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki bo‘lgan patsiyentlarda nojo‘ya ta’sirlarning tez-tezligi va jadalligi ahamiyatli darajada farq qilmaydi. Toksiklikni paydo bo‘lishi holatlari va patsiyentlarning yoshi o‘rtasida aniq bog‘liq mavjud emas. Yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari: gipotenziya (terapevtik aralashuvni talab etuvchi), angionevrotik shish va nafas foliyatini buzilishi (bronxodilatatorlarni qo‘llashni talab etuvchi), tarqalgan eshakemi. Qonni quyilishlari va teri toshmasi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlikning yengil reaktsiyasi terapevtik aralashuvni va paklitakselni bekor qilishni talab etmaydi. Eng keng tarqalgan nojo‘ya ta’sirlar: suyak ko‘migi faoliyatini susayishi, og‘ir (lekin febril emas) neytropeniya (500/mm3 dan kam), trombotsitopeniya, anemiya, artralgiya yoki mialgiya. Og‘ir neytropeniyaning davomiyligi 7 kundan oshgan. Anemiya holatlarining tez-tezligi va og‘irligi gemoglobinning dastlabki darajalariga bog‘liq. Yuborish joyidagi reaktsiyalar: mahalliy shish, og‘riq, eritema, induratsiya, to‘satdan ekstravazatsiya flegmona rivojlanishi, teri pigmentatsiyasini o‘zgarishi, paklitakselni takroran yuborganda avvalgi ekstravazatsiyasi joylarida teri reaktsiyalarini qaytalanishini chaqirishi mumkin. Hozirgi vaqtda ekstravazatsiya bilan bog‘liq nojo‘ya ta’sirlarni davolashning spetsifik usullari noma’lum. Ayrim hollarda inyektsiya joyida reaktsiya uzoq vaqt davomida yuborish vaqtida yoki infuziyadan 7-10 kundan keyin paydo bo‘ladi. Nojo‘ya ta’sirlarni paydo bo‘lish tez-tezligini tasnifi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, ˂1/10); tez-tez emas (≥1/1000, ˂1/100); kam hollarda (≥1/10000, ˂1/1000); juda kam hollarda (˂1/10000). Juda tez-tez (˃1/10) infektsiyalar (asosan siydik chiqarish va yuqori nafas yo‘llari infektsiyalari) hatto o‘limga olib keluvchimiyelosupressiya, neytropeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, qon ketishio‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi (asosan quyilishlar va toshma)qo‘l va oyoqlarda sanchish va uvishishperiferik neyropatiyagipotenziyako‘ngil aynishi, qusish, diareya, mukozitlaralopetsiyaartralgiya, mialgiya Tez-tez (≥1/100, ˂1/10) bradikardiyatirnoq va terini o‘tuvchan o‘rtacha yaqqollikdagi o‘zgarishlariyuborish joyidagi reaktsiyalar (shish, og‘riq, eritema, zichlashish, ekstravazatsiya teri osti kletchatkasini yallig‘lanishi, fibroz va teri nekrozi rivojlanishiga olib kelishi mumkin)AST, ishqoriy fosfotazani yaqqol oshishi Tez-tez emas (≥1/1000, ˂1/100) septik shokdavolashni talab etuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlikning yaqqol reaktsiyalari (gipotenziya, angionevrotik shish, respirator distress, tarqalgan eshakemi, qaltirash, belda, ko‘krakda og‘riq, taxikardiya, abdominal og‘riqlar, qo‘l-oyoqda og‘riqlar, terlash va gipertenziya)kardiomiopatiya, simptomsiz qorinchalar taxikardiyasi, ekstrasistoliya bilan kechuvchi taxikardiya, atrioventrikulyar blokada, sinkopal holat, miokard infarktigipertenziya, tromboz, tromboflebitichak tutilishi, ichak perforatsiyasi, ishemik kolit, pankreatitqonda bilirubin darajasini yaqqol oshishi Kam hollarda (≥1/10000, ˂1/1000) pnevmoniya, peritonit, sepsisfebril neytropeniyaanafilaktik reaktsiyalarmotor neyropatiya (ahamiyatsiz distal xolsizlikka o‘tuvchi)yurak yetishmovchiligidisponoe, plevralga suyuqlik to‘planishi, interstitsial pnevmoniya, o‘pka fibrozi, o‘pka emboliyasi, nafas yetishmovchiligiqichishish, toshma, eritemaasteniya, isitma, degidratatsiya, shish, lohaslikqonda kreatinin darajasini oshishi Juda kam hollarda (˂1/10000) o‘tkir miyeloid leykoz, miyelodisplastik sindromanafilaktik shokanoreksiyaongni chalkashishiavtonom neyropatiya (paralitik ichak tutilishi va ortostatik gipotenziyaga o‘tuvchi), katta tirishish xurujlari, konvulsiyalar, entsefalopatiya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ataksiyako‘ruv nervini shikastlanishi va/yoki ko‘rishni buzilishi (xilpillovchi skotoma), ayniqsa tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarni qabul qilgan patsiyentlardaototoksiklik, eshitishni yo‘qolishi, quloqlarda shovqin, bosh aylanishibo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar taxikardiyashokyo‘talmezenteral tromboz, soxtamembranoz kolit, ezofagit, qabziyat, astsit, neytropenik kolitjigar nekroz, o‘limga olib keluvchi jigar entsefalopatiyasiStivens-Djonson sindromi, epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, vezikulyar toshma, onixolizis (davolash vaqtida patsiyentlarga qo‘l va panjalarga quyoshdan himoya qiluvchi vositalarni taqish tavsiya etiladi) Noma’lum (tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi) o‘smani parchalanishi sindromimakulyar shish, fotopsiya, shishasimon tananing suzuvchi kiritmasiflebitsklerodermiyatizimli qizil yugurik Qon va limfatik tizim uchun toksiklik: suyak ko‘migi faoliyatini susayishi dozani cheklovchi asosiy nojo‘ya ta’sir hisoblanadi. Neytropeniya gematologik toksiklik sohasidagi eng jiddiy nojo‘ya ta’sir hisoblanadi. Neytropenik isitma, o‘limga olib keluvchi sepsis, trombotsitopeniya, qon ketishi, anemiya (gemoglobin ˂11 g/dl). Majmuaviy davolash Paklitaksel va tsisplatin Neyrotoksiklik, asosan periferik neyropatiya holatlari qayd etilgan. Periferik neyropatiya birinchi davolash kursidan keyin namoyon bo‘lishi mumkin va paklitakselni keyingi yuborganda yomonlashishi mumkin. Ayrim hollarda periferik neyropatiya paklitakselni qo‘llashni to‘xtatish sababi bo‘lgan. Odatda paklitakselni qo‘llash to‘xtatilgandan keyin holat yaxshilangan yoki simptomlar yo‘q bo‘lgan. Neyropatiya davolash kursining erta bosqichlarida paklitakselni qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi. Paklitakselni tsisplatin bilan majmuada qabul qilgan patsiyentlarda ginekologik o‘smalarni davolash vaqtida tsisplatin bilan monoterapiyaga nisbatan buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi xavfi oshadi. Tez-tez uchraydigan va og‘ir nojo‘ya ta’sirlari: tsiklofosfamidni keyinchalik tsisplatin bilan yuborilgan patsiyentlarga nisbatan paklitakselni keyinchalik tsisplatin bilan yuborilgan patsiyentlarda neyrotoksiklik, artralgiya/mialgiya, yuqori sezuvchanlik. Miyelosupressiya holatlari kam hollarda uchragan va tsiklofosfamidni keyinchalik tsisplatin bilan yuborilgan patsiyentlarga nisbatan paklitakselni 3-soatlik infuziya ko‘rinishida yuborilgan keyinchalik tsisplatin yuborilgan patsiyentlarda yaqqol bo‘lmagan. Neyropeniya, anemiya, periferik neyropatiya, artralgiya/mialgiya, asteniya, isitma, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish kabi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan. Paklitaksel va trastuzumab Ko‘pincha quyidagi nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘ladi: yurak yetishmovchiligi, infektsiyalar, qaltirash, isitma, yo‘tal, toshma, bo‘g‘imlarda og‘riq, taxikardiya, diareya, gipertoniya, burundan qon ketishi, akne, oddiy gerpes virusi, to‘satdan jarohatlar, uyqusizlik, rinit, sinusit, inyektsiya yuborish joyida reaktsiya. Paklitaksel va doksorubitsin Yurak qisqarishlari tomonidan buzilishlar kuzatilgan (chap qorinchadan otilib chiqayotgan qon xajmini 20% va undan ko‘proqqa kamayishi), yurak yetishmovchiligi.

paklitaksel yoki preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlar, ayniqsa polioksietilizatsiya qilingan kanakunjut moyiga (makroglitserol ritsinoleati) o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasineytropeniya (neytrofillarning darajasi 1,5x109/l dan kam va Kaposhi sarkomasida 1x109/l dan kam); trombotsitlar ˂100x109/l va Kaposhi sarkomasida ˂75x109/lo‘tkir infektsion kasalliklar (shu jumladan o‘rab oluvchi temiratki, suvchechak, gerpes)yurak ishemik kasalligini og‘ir kechishi, miokard infarkti (anamnezida), aritmiyalarhomiladorlik va laktatsiya davriyondosh og‘ir nazorat qilib bo‘lmaydigan infektsiyalar bilan kechuvchi Kaposhi sarkomasijigar faoliyatini og‘ir buzilishlaribolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Paklitaksel va tsisplatin bilan bir vaqtda davolaganda paklitakselni tsisplatindan oldin qo‘llash tavsiya etiladi. Aks holda nojo‘ya ta’sirlar ko‘rinishlari kuchayadi. Agar paklitakselni tsisplatindan keyin yuborilsa, bu miyelosupressiyani oshishi va paklitakselning klirensini taxminan 20% ga pasayishiga olib keladi. Paklitaksel va tsisplatin qabul qilayotgan patsiyentlarda ginekologik o‘smalarni davolash uchun tsisplatinni alohida qo‘llaganga nisbatan buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi xavfi oshishi mumkin. Paklitaksel va doksorubitsin bilan bir vaqtda davolaganda, doksorubitsin va uning faol metabolitlarini chiqarilishini kamaytirish uchun paklitakselni doksorubitsindan 24 soatdan keyin qo‘llash tavsiya etiladi. Paklitakselning metabolizmi tsitoxrom R450 (CYP450) CYP2C8 va 3A4 izofermentlari tomonidan qisman katalizatsiya qilinadi. Klinik tadqiqotlar odamda preparatning metabolik transformatsiyasining asosiy yo‘li bo‘lib paklitakselni 6-α-gidroksipaklitakselga CYP2C8-bog‘liq o‘zgarishi ekanligini ko‘rsatadi. CYP2C8 dan tashqari boshqa fermentlar bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta’siri kutilmaydi. CYP3A4 ning kuchli ingibitori ketokonazolni bir vaqtda qabul qilish organizmdan paklitakselni chiqarilishini sekinlashtirmaydi, shuning uchun ikkala preparatlarni dozaga tuzatish kiritishsiz bir vaqtda qo‘llash mumkin. Shunga qaramasdan, paklitakselni CYP3A4 ning boshqa substratlari, induktorlari va ingibitorlari bilan o‘zaro ta’siri yuzasidan ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli, bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyotkorlikk rioya qilish kerak. Paklitaksel va o‘zining CYP2C8 va CYP3A4 fermentlarini ingibitsiya qilish (masalan, eritromitsin, fluoksetin, gemfibrozil) yoki rag‘batlantiruvchi (masalan, rifampitsin, karbamazepin, fenitoin, efavirents, nevirapin) xususiyatlari ma’lum dori preparatlarini bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bu paklitakselning metabolizmini o‘zgartirishi mumkin. Nelfinavir va ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llash paklitakselning tizimli klirensini pasaytiradi. Boshqa proteaza ingibitorlari bilan o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlar mavjud, shuning uchun Paklitakselni yondosh davolash sifatida proteaza ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Paklitaksel tsisplatin bilan majmuada buyurilgan hollarda tsisplatindan oldin yuborilishi kerak. Ekstravazatsiya ehtimoli tufayli, preparatni yuborish vaqtida infiltratlarni paydo bo‘lishi yuzasidan yuborish joyini diqqat bilan ko‘zdan kechirish tavsiya etiladi. Yuborish joyidagi reaktsiyalar: vena ichiga buyurilganda mahalliy shish, og‘riq, eritema va zichlashish rivojlanishi mumkin. Ba’zida ekstravazatsiya teri osti kletchatkasini yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Ayrim hollarda ekstravazatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan terini kepaklanishi holatlari ta’riflangan. Teri qoplamalarini depigmentatsiyasi kuzatilishi mumkin. Boshqa joylarda paklitakselni yuborgandan keyin avvalgi ekstravazatsiya joylarida rivojlanadigan teri reaktsiyalari kam hollarda ta’riflangan. Ekstravazatsiyani spetsifik davosi mavjud emas. Ba’zi hollarda yuborish joyidagi reaktsiyalar davomli yuborish vaqtidayoq, shuningdek 7-10 kun o‘tgandan keyin boshlangan. Dispnoe, gipotenziya, angionevrotik shish va tarqalgan eshakemi shaklidagi o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari kam hollarda kuzatilgan. O‘ta yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilarida Paklitaksel infuziyasi darhol to‘xtatilishi kerak. Simptomatik davolash boshlanishi kerak, bunda Paklitaselni patsiyentga boshqa buyurish mumkin emas. Miyelosupressiya (birinchi navbatda neytropeniya) dozani cheklovchi toksiklik hisoblanadi. Paklitaksel bilan davolash vaqtida qon tahlilini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Patsiyentlar neytrofillarning darajasi ≥1,5x109/l (KS bo‘lgan patsiyentlar uchun ≥1x109/l) va trombotsitlar darajasi ≥100x109/l (KS bo‘lgan patsiyentlar uchun ≥75x109/l) tiklanmaguncha Paklitakselni qabul qilmasliklari kerak. Anemiyaning yaqqolligi va rivojlanish tez-tezligi gemoglobinning dastlabki ko‘rsatkichlari bilan bog‘lig‘likka ega. Monoterapiya ko‘rinishida Paklitasel bilan davolagandan keyin yurak o‘tkazuvchanligining yaqqol buzilishlari kam hollarda kuzatiladi. Agar davolash vaqtida patsiyentlarda yurak o‘tkazuvchanligining yaqqol buzilishlari rivojlansa, tegishli davolashni boshlash va Paklitakselnit keyingi yuborganda yurak faoliyatini doimiy nazoratini amalga oshirish kerak. Paklitakselni yuborish vaqtida arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, bradikardiya kuzatilishi mumkin; odatda ular simptomsiz kechadi va biron-bir davolashni talab etmaydi. Hayot uchun muhim faoliyat ko‘rsatkichlarini, ayniqsa Paklitaksel infuziyasining birinchi soati davomida tez-tez nazorat qilish tavsiya etiladi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan yaqqol asoratlar sut bezi yoki tuxumdonlar raki bo‘lgan patsiyentlarga nisbatan o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki bo‘lgan patsiyentlarda ko‘proq kuzatiladi. Sut bezining metastatik rakini birinchi qator ximioterapiyasida Paklitaksel doksorubitsin bilan majmuada qo‘llanilganida yurak faoliyatini alohida nazorat qilish kerak. Ushbu majmuada Paklitaksel bilan davolash rejalashtirilgan patsiyentlar yurak faoliyatini dastlabki tekshiruvi, shu jumladan anamnez, klinik ko‘rik, EKG, exokardiografiya va/yoki miokardni skanerlashdan o‘tishlari kerak. Yurak faoliyati davolashning barcha davri davomida (masalan har 3 oyda) nazorat qilinishi kerak. Monitoring yurak disfunktsiyasi rivojlanadigan patsiyentlarni aniqlashga yordam beradi va davolovchi shifokor yurakning ventrikulyar faoliyatini tekshiruvining tez-tezligi yuzasidan qaror qabul qilishda antartsiklinlarning kumulyativ dozasini (mg/m2) sinchkovlik bilan baholashi kerak. Agar tekshiruv yurak faoliyatini yomonlashishini aniqlasa, hatto agar u klinik ahamiyatli bo‘lmasa ham, davolovchi shifokor yurak yetishmovchiligi, shu jumladan qaytmas turini rivojlanishi xavfi tufayli davolashni davom ettirishning foyda va xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholashi kerak. Agar davolash davom ettirilsa, yurak faoliyatini nazorati tez-tez, masalan davolashning har 1-2 tsiklida amalga oshirilishi kerak. Garchi, periferik neyropatiya tez-tez kuzatilsada, yaqqol simptomlar kam hollarda rivojlanadi. Og‘ir holatlarda keyingi barcha tsikllar davomida Paklitakselning dozasini 20% ga kamaytirish tavsiya etiladi. Yaqqol neyrotoksiklik faqat Paklitaksel yoki keyinchalik tsisplatinni yuborish bilan tsiklofosfamidni qabul qilgan patsiyentlarga nisbatan birinchi qator ximioterapiya sifatida Paklitakselni tsisplatin bilan majmuada 3-soatlik infuziya ko‘rinishida qabul qilgan o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki va tuxumdonlar raki bo‘lgan patsiyentlarda ko‘proq rivojlanadi. Umuman olganda, neyrotoksiklik simptomlari, asosan periferik neyropatiya simptomlari paklitaksel tsisplatin bilan majmuada 24 soat davomida 135 mg/m2 yuborilgandagiga nisbatan 175 mg/m2 paklitaksel 3-soatlik infuziyasidan keyin tez-tez kuzatiladi va yaqqolroq bo‘ladi. Periferik neyropatiya birinchi kurs davomida paydo bo‘lishi va keyingi yuborishlarda avj olishi mumkin. Periferik neyropatiya kam hollarda paklitaksel bilan davolashni to‘xtatishni talab etadi. Odatda bekor qilingandan keyin bir necha oy davomida holat yaxshilanadi va simptomlar yo‘q bo‘ladi. Paklataksel bilan davolash oqibatida avval kuzatilgan neyropatiya preparatni buyurishga qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanmaydi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar toksiklik, shu jumladan III-IV darajadagi miyelotoksik rivojlanishining yuqori xavfiga ega. Jigarning yengil buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga paklitakselni 3-soatlik infuziya ko‘rinishida buyurilganda uning toksikligini oshishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Paklitakselni uzoqroq infuziyalar ko‘rinishida buyurilganda miyelosupressiya o‘rtacha-yaqqollikdagi va yaqqol jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Patsiyentlar chuqur miyelosupressiya rivojlanishi yuzasidan sinchkovlik bilan nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Yaqqol jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Paklitaksel bilan davolanishlari mumkin emas. Og‘ir to‘qima reaktsiyalari tufayli Paklitakselni arteriya ichiga tushishini oldini olish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Soxtamembranoz kolit kam hollarda kuzatiladi. Hatto bir vaqtda antibiotikoterapiya o‘takzilmagan patsiyentlarda ham soxtamembranoz kolit kuzatilgan. Paklitaksel bilan davolash vaqtida yoki davolagandan keyin paydo bo‘luvchi yaqqol yoki doimiy davom etuvchi diareya holatlarida differentsial diagnostika o‘tkazganda bu reaktsiyani hisobga olish kerak. Paklitaksel o‘pkani nurlantirish bilan majmuada ta’sirning ketma-ketligidan qat’iy nazra interstitsial pnevmonitni rivojlanishiga olib keladi. Kaposhi sarkomasi bo‘lgan patsiyentlarda yaqqol mukozitlar kam hollarda kuzatiladi. Agar mukozit rivojlansa, Paklitakselning dozasini 25% ga kamaytirish kerak. Ushbu dori vositasi yaqqol allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin bo‘lgan polioksietilizatsiya qilingan kanakunjut moyi saqlaydi. Patsiyentlar Paklitaksel bilan davolash vaqtida qo‘l va oyoqqa quyoshdan himoya qiluvchi vositalarni taqishlari kerak. Preparatning tarkibidagi makroglitserol ritsinoleatini Paklitakselni tayyorlash, saqlash va yuborish uchun polivinilxlorid bilan o‘zaro ta’siri bo‘lishi mumkinligi tufayli, PVX saqlamaydigan uskunadan foydalanish kerak. Preparatning tarkibida etanol mavjudligi tufayli, MNT ga ta’siri va boshqa ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin. Dori vositasini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Paklitaksel etil spirti saqlaydi. Preparatning tarkibida etil spirti mavjudligi tufayli transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: dozani oshirib yuborilishining birlamchi kutiladigan simptomlair: suyak ko‘migi faoliyatini susayishi, periferik neyrotoksiklik va mukozit. Daolash: spetsifik antidoti yo‘q. Davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha

5 ml dan kontsentrat (30 mg/5 ml) ko‘k rangli yechiladigan plastmassa qopqoqli alyumin qalpoqcha yordamida mahkamlangan rezina tiqinli I tip rangsiz shisha flakonda. 10 ml dan kontsentrat (60 mg/10 ml) ko‘k rangli yechiladigan plastmassa qopqoqli alyumin qalpoqcha yordamida mahkamlangan rezina tiqinli I tip rangsiz shisha flakonda. 16,7 ml dan kontsentrat (100 mg/16,7 ml) ko‘k rangli yechiladigan plastmassa qopqoqli alyumin qalpoqcha yordamida mahkamlangan rezina tiqinli I tip rangsiz shisha flakonda. 1 flakondan (5 ml kontsentrat yoki 10 ml kontsentrat yoki 16,7 ml kontsentrat) kontur uyali o‘ramga joylanadi. 1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil