Nojo‘ya samaralarining uchrash tezligining quyidagi mezonlari ishlatilgan: juda tez-tez (10 dan ≥ 1 ); tez-tez (100 dan ≥ 1, lekin 10 dan ≤ 1); tez-tez emas (1000 dan ≥ 1, lekin 100 dan ≤ 1); kam xollarda (10000 dan ≥ 1, lekin 1000 dan ≤ 1); juda kam xollarda (10000 dan ≤ 1); noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida baxolash mumkin emas).
Infektsiyalar va invaziyalar Juda tez-tez: infektsiyalar (asosan siydik chiqarish tizimining va yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari), shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi infektsiyalar.
Tez-tez emas: septik shok.
Juda kam xollarda: peritonit, pnevmoniya.
Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: suyak ko‘migi faoliyatini yetishmovchiligi, neytropeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, qon ketishi.
Kam xollarda: febril neytropeniya.
Juda kam xollarda: o‘tkir miyeloleykoz, miyelodisplastik sindrom.
Noma’lum: disseminatsiyalangan tomir ichki ivish sindromi (DVS).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir bo‘lmagan reaktsiyalari (asosan giperemiya va teri toshmalari).
Tez-tez emas: davolash o‘tkazishni talab etuvchi og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, arterial gipotenziya, angionevrotik shishi, respirator distress sindrom, yoyilgan eshakemi, et uvishishi, belda og‘riq, ko‘krak qafasida og‘riqlar, taxikardiya, qorinda og‘riqlar, oyoq-qo‘llarda og‘riqlar, terchanlik va arterial gipertenziya).
Kam xollarda: anafilaktik reaktsiyalar.
Juda kam xollarda: anafilaktik shok.
Ovqatlanish va moddalar almashinuvini buzilishlari Juda kam xollarda: anoreksiya.
Noma’lum: o‘sma lizisi sindromi.
Ruxiy buzilishlar Juda kam xollarda: ongni chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Juda kam xollarda: neyrotoksiklik (asosan periferik neyropatiya).
Kam xollarda: motor neyropatiya (oyoq-qo‘llarning distal bo‘limlarida mushaklarni yaqqol bo‘lmagan kuchsizligiga olib keluvchi).
Juda kam xollarda: avtonom neyropatiya ( ichak tutilishiga va ortostatik gipotenziyaga olib keluvchi), katta tirishish xurujlari, tirishishlar, entsefalopatiya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ataksiya.
Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar Juda kam xollarda: ko‘ruv nervi va/yoki ko‘rish tomonidan buzilishlar (jimillovchi skotoma), ayniqsa preparatni taviya etilgandan yuqori dozalarda olayotgan patsiyentlarda.
Noma’lum: sariq dog‘ning shishi, fotopsiya, shishasimon tananing suzuvchi xiralashishi.
Yurak tomonidan buzilishlar Tez-tez: bradikardiya.
Tez-tez emas: kardiomiopatiya, simptomsiz qorincha taxikardiyasi, bigeminiyali taxikardiya, atrioventrikulyar blokada va xushdan ketish, miokard infarkti.