P sorbilakretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: sorbitol 6,0 g, natriy laktati 1,9 g, natriy xloridi  0,6 g, kaltsiy xloridi 0,01 g, magniy xloridi 0,02 g, kaliy xloridi  0,03 g. yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv 100 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sorbitol, natriy laktati, natriy xloridi, kaltsiy xloridi, kaliy xloridi, magniy xloridi.

Preparatning savdo nomi:

P-sorbilak

Farmakalogik guruhi:

Tuzli eritmalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

tinik, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.

Tuzli eritmalar.

V05XA31

P- sorbilak kapilyar qon aylanishini yaxshilash uchun travmatik, operatsiyadan va kuyishdan keyinga, gemolitik va toksik shokni oldini olish va davolash maqsadida, o‘tkir qon yuqotishda, kuyish kasalliklarida: intoksikatsiya bilan kechadigan infektsion kasalliklar, surunkali gepatitni zo‘rayishida: sepsisda, jarrohlikdan oldingi tayyorgarlik va jarrohlikdan keyingi davrda; endotermit, tromboflebit, trombozlar va Reyno kasalligini oldini olish va davolash maqsadida, arterial va vena qon aylanishini yaxshilash maqsadida qo‘llaniladi.

P-sorbilak kattlarda vena ichiga tomchilatib daqiqasiga40-60 tomchi tezlik bilan yuboriladi. Zarar sharoitda preparatni daqiqasiga 30 tomchi tezlik bilan yuborib tekshirib kurilgandan so‘ng, oqimli yuborish mumkin.15 tomchi yuborilgandan so‘ng preparat to‘htatiladi, 3 daqiqa davomida o‘zgarish sezilmasa, oqimli yuboriladi. Kattalarda travmada, kuyish, jarrohlikdan so‘ng va gemolitik shokda 600-1000 ml (10-15 kg/ml kasalning tana vazniga) bir marta va qaytadan 600-1000 ml (10-15 kg/ml tana vazniga) avval oqimli so‘ngra tomchilatib yuboriladi. Surunkali gepatitda 400 ml (6-7 kg/ml tana vazniga) tomchilab kiritiladi. O‘tkir qon yuqotishda 1500-1800 ml (25 kg/ml tana vazniga) kiritiladi. Jarrohlikdan oldingi davrda har xil turdagi jarrohlik aralashuvlarida 400 ml (6-7 kg/ml tana vazniga) tomchilatib, 3-5 kun davomida. Tromboobliteriya kasalliklarida tomirga 8-10 kg/ml tana og‘irligiga, tomchilatib, qaytadan, kun ora, kurs davomiyligi 10 ta infuziyagacha buyuriladi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktoid reaktsiya, angionevrotik shish, gipertermiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: arterial qon bosimining kutarilishi yoki tushishi, taxikrdiya, nafas siqishi, akrotsianoz. Nevrologik buzilishlar: tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik. Teri va teri osti klechatkasi tomonidan buzilishlar: teri toshmasi, qizarish, qichishish.

P- sorbilak tarkibidagi moddalarni individual o‘zlashtira olmaslik.P-sorbilak ni alkalozda, katta hajmda suyuqlik quyish mumkin bo‘lmagan holatlarda (miyaga qon quyilganda, tromboemboliya, yurak qon tomir dekompensatsiyasida, arterial gepertenziya III bosqichida, terminal buyrak yetishmovchiligida), suvsizlanishda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalari uchun tashuvchi-eritma sifatida ishlatish mumkin emas. P-sorbilak ni fosfat va karbonat saqlaydigan eritmalar bilan qo‘shish mumkin emas.

Preparatni qondagi elktrolitlar va kislota – asosli ko‘rsatkichlarni, arterial qon bosimi va jigar faoliyatini hisobga olgan holda qo‘llash kerak. Kulkulez xolitsistit bilan og‘rigan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Homiladorlik davri va laktatsiyada qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar to‘g‘risida ma’lumotlar yuq. Bolalar: Bolalarda qo‘llash tajribasi bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ishlatilmasin.

Quruq yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan oshmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Alkaloz namoyon bo‘ladi, preparatni kiritish to‘xtatilishi bilan  o‘tib ketadi, ayrim holatlarda kollaps, suvsizlanish (kuchli diurez hisobiga). Qushishda oqimni tezligi hisobiga taxikardiya, arterial bosimning oshishi, nafas siqishi, bosh og‘rig‘i, ko‘krak sog‘asida og‘riq, qorinda og‘riq kuzatilishi mumkin. Preparatni qo‘llash to‘xtatilganda yoki quyish tezligi kamaytirilganda kasallik belgilari tezda yo‘qoladi.

Retsept buyicha

2 yil.