Otrivin rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ksilometazolin gidroxlorid – 1 mg; yordamchi moddalar: bir asosli natriy fosfatdigidrat, bir asosli natriy fosfati 12N2O, natriy xlorid, natriy edetat, benzalkoniya xlorid, metilgidroksipropiltsellyuloza 400 mPa S, 70% sorbitol, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ksilometazolin 2-[4-(1,1-Dimetiletil)-2,6-dimetilbenzil]-4,5-digidro-1N-imidazola gidroxlorid

Preparatning savdo nomi:

Otrivin

Farmakalogik guruhi:

Dekongestantlar va boshqa mahalliy qo‘llash uchun vosita. Simpatomitetiklar.

Dori shakli:

0,1% dozalangan nazal sprey.

rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan deyarli hidsiz tiniq eritma.

Dekongestantlar va boshqa mahalliy qo‘llash uchun vosita. Simpatomitetiklar.

R01AA07

Rinit ko‘rinishlari (tumov) bilan bo‘lgan o‘tkir respirator kasalliklar, allergik rinit, pollinoz, sinusit, o‘rta otit (burun xalqumi shilliq qavati shishini kamaytirish uchun). Bemorni burun yo‘llarini diagnostik manipulyatsiyalarga tayyorlashda qo‘llaniladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga. Xar bir burun katagiga kuniga 3 marta purkaladi. Qo‘llanilish dozasining oralig‘i 8-10 soatni tashkil etishi mumkin. 3 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Preparatni qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash zarur. To‘g‘ri purkash uchun flakonni vertikal xolatda ushlab turiladi, shuningdek purkagich uchligi tepaga to‘g‘rilangan bo‘lishi zarur. Uchlikni burun katagiga joylab, purkagichni 1 marta tez va darxol bosiladi va bir vaqtda chuqur bo‘lmagan xolda nafas oling. Purkagichni bosgan xolda qo‘yib yubormasdan uchlikni chiqarib oling. Purkagichni qo‘llanilgandan keyin tozalang va quriting.

Tez-tez qo‘llanilganda qo‘llanilgan soxada kam muddatli yengil ta’sir etuvchi, achishish yoki burun shilliq qavatini quruqligi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin. Juda kam xollarda Otrivin® allergik reaktsiya (toshma, qichishish, angionevrotik shish) ko‘rishni vaqtincha yomonlashishi, yurak aritmiyasi, pulsni tezlashishini chaqirishi mumkin. Ilova-varaqada ko‘rsatib o‘tilmagan quyidagi nojo‘ya ta’sirlari va reaktsiyalari paydo bo‘lganida shifokorga murojaat etilsin.

Ksilometazolinni monoaminooksidaza va tri- yoki tetratsiklin antidepresantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, ayniqsa ksilometazolinni dozasini oshirib yuborilganda tizimli ta’sirini oshirib yuborishi mumkin. Otrivin®ni monoaminooksidaza yoki uni 2 haftadan ortiq qo‘llagan patsiyentlarga, Otrivin®ni oldindan qo‘llashni boshlamoqchi bo‘lganlarga uni ishlatish mumkin emas.

7 kundan ortiq uzluksiz qo‘llanilishi mumkin emas: davomiy yoki xaddan tashqari ko‘p qo‘llanilishi shilliq sekretsiyasini va shilliq qavatini shishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Tavsiya etilgan dozadan oshirib yuborilmasin. Simpatomimetiklarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shunday simptomli patsiyentlarga, uyqusizlik, bosh aylanishi, tremor, yurak aritmiyasi va qon bosimi yuqori bo‘lganlarga extiyotkorlik bilan qo‘llanilsin. Gipertoniya, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertireoz, qandli diabeti, feoxromotsitoma, giperplaziya, prostata bezi bo‘lgan patsiyentlarga extiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

Homiladorlik va emiziklik davrida dori vositasini qo‘llanilishi mumkin emas.

300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ksilometazolinni keragidan ortiq qo‘llanilganda yoki bilmasdan yutib yuborilganda quyidagi simptomlar: kuchli bosh aylanishi, terlash, tana haroratini xaddan tashqari pasayib ketishi, bosh og‘rig‘i, bradikardiya, gipertenziya, nafas olishni qiyinlashishi, koma va tirishish bo‘lishi mumkin. Gipotenziyadan keyin gipertenziya bo‘lishi mumkin. Yosh bolalar kattalarga nisbatan toksik ta’sirlariga sezuvchandir. Tibbiyot kuzatuvi ostida simptomatik davolash buyuriladi.

Retseptsiz

Preparat 10 ml dan uchligi va polietilen himoya qalpoqchasi bo‘lgan pompali dozalash moslamasi bilan jixozlangan PVP flakonlarda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

3 yil.