D3 vitamini gipervitaminozini simptomlari: ilk simptomlar (giperkaltsiyemiya bilan bog‘liq) – qabziyat yoki diareya, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini qurishi, bosh og‘rig‘i, chanqoqlik, pollakiuriya, nikturiya, poliuriya, anoreksiya, og‘izda metall ta’mi, ko‘ngil aynishi, qusish, g‘ayrioddiy toliqish, umumiy holsizlik, adinamiya, degidratatsiya, giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya, qon plazmasida 25-digidrokaltsiferolning kontsentratsiyasini oshishi; kechki simptomlar suyaklarda og‘riq, siydikni xiralashishi (siydikda gialin tsilindrlarini paydo bo‘lishi, proteinuriya, leykotsituriya), arterial bosimni oshishi, terini qichishishi, ko‘zlarning fotosezuvchanligi, kon’yunktivani giperemiyasi, aritmiya, uyquchanlik, mialgiya, ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit, gastralgiya, ozish; kam hollarda – ruhiyatni o‘zgarishi (psixozga qadar) va kayfiyatni o‘zgarishi.
D3 vitamini bilan surunkali zaharlanish simptomlari (kattalar uchun sutkada 20000-60000 XB, bolalar uchun – 2000-4000 XB dozalarda bir necha hafta yoki oy davomida qabul qilganda): yumshoq to‘qimalarning, buyrak, o‘pka, qon tomirlarining kaltsinozi, arterial bosimni oshishi, o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan buyrak va yurak-qon tomir yetishmovchiligi (bu samaralar ko‘proq giperkaltsiyemiyaga giperfosfatemiyani qo‘shilishida paydo bo‘ladi), bolalarda o‘sishni buzilishi (sutkada 1800 XB dozada uzoq vaqt qabul qilinganda) kuzatiladi.
Dozani o‘tkir yoki surunkali oshirib yuborilganda rivojlanib borayotgan giperkaltsiyemiyani davolash bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘tkazish kerak.
Giperkaltsiyemiyaning og‘irlik darajasiga qarab, quyidagi choralar qo‘llanadi: preparatni bekor qilish, kaltsiyni kam saqlovchi parhez, katta miqdorda suyuqlik iste’mol qilish, glyukokortikosteroidlar, Ye vitamini, askorbin kislotasi, retinol, tiamin, pantoten kislotasini, riboflavinni buyurish, og‘ir hollarda – vena ichiga natriy xloridining 0,9% li eritmasini, furosemidni, elektrolitlarni yuborish, gemodializ o‘tkazish, kaltsitoninni yuborish kerak.
Spetsifik antidoti yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishini istisno qilish uchun qator hollarda qonda kaltsiyning kontsentratsiyasini aniqlash tavsiya etiladi.