Orzol Inretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 vaginal tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddlar: ornidazol                             500,0 mg, neomitsin sulfati                         100,0 mg, nistatin                               100,000 XB (22,70 mg to‘g‘ri keladi); prednizolon                         3,0 mg; yordamchi moddalar: 336,5 mg makkajo‘xori kraxmali, 170,0 mg mikrokristall tsellyuloza, 52,0 mg natriy karboksimetilkraxmal, 39,0 mg povidon K-30, 39,0 mg kroskarmelloza natriy, 6,5 mg magniy stearati, 1,3 mg kolloid kremniy dioksidi.

Preparatning savdo nomi:

Orzol In

Farmakalogik guruhi:

mikroblarga qarshi/antiseptik preparatlar kortikosteroidlar bilan majmuada.

Dori shakli:

vaginal tabletkalar

bir tomoni qavariq, boshqa tomoni – yassi, och sariq rangdan sariq ranggacha bo‘lgan kapsulasimon tabletkalar.

mikroblarga qarshi/antiseptik preparatlar kortikosteroidlar bilan majmuada.

G01BF.

Ornidazol: mahalliy qo‘llanganida qin to‘qimalarida preparatning kontsentratsiyasi preparat peroral va vena ichiga qo‘llanganida kuzatiladigan kontsentratsiyasidan ahamiyatli darajada oshadi, shuning uchun tizimli ta’siri kuzatilmaydi; Neomitsin ham mahalliy qo‘llanganida yuqori faol preparat hisoblanadi; Nistatin mahalliy qo‘llanganida Candida qatori achitqisimon zamburug‘lariga nisbatan tanlangan toksiklikka ega; Mahalliy qo‘llash uchun prednizolon yallig‘lanish simptomlari, shu jumladan giperemiyani namoyon bo‘lishini kamaytiradi.

Odatda piogen flora tomonidan chaqirilgan bakterial vaginoz va bakterial vaginit, trixomonadali vaginit, Candida albicans tomonidan chaqirilgan zamburug‘li vaginit; aralash infektsiyalar (trixomonadalar, anaerob infektsiya, shu jumladan gardnerellalar va achitqisimon zamburug‘lar) tomonidan chaqirilgan vaginit; ginekologik kasalliklarni jarrohlik yo‘li bilan davolashdan oldin profilaktika maqsadida, tug‘ruq yoki abortdan oldin qinni sanatsiya qilish maqsadida, bachadon ichi kontratseptivlarini yuborishdan oldin va keyin, bachadon bo‘yni eroziyasini diatermokoagulyatsiyadan oldin va keyin, bachadon ichi tekshiruvlari (gisterografiya) ni o‘tkazishdan oldin qo‘llanadi.

1 tabletkadan tungga qin ichiga chuqur kiritiladi. O‘rtacha davolash davomiyligi – 10 kunni tashkil etadi. Davolash hayz ko‘rish vaqtida to‘xtatilmaydi. Tabletkalarni kiritish tartibi: vaginal tabletka applikatorga joylanadi, qaynatib 30-40oS gacha ilitilgan suvga yoki natriy xloridining izotonik eritmasiga (allergik reaktsiyalarga moyilligi bo‘lgan shaxslar uchun) 15-30 sekundga tushiriladi, shundan keyin applikator qin ichiga imkon boricha chuqurroq (chalqancha yotgan holatda afzal) kiritiladi, tabletka applikatordan chiqarilib, qin ichida qoldiriladi, applikator chiqarib olinadi. Kiritilgandan so‘ng chalqancha kamida 15 minut yotish kerak.

Preparatga yuqori sezuvchanlik yoki ta’sirlanish kam kuzatiladi. Preparatga yuqori sezuvchanlik yoki ta’sirlanish kuzatilganida davolashni to‘xtatish kerak.

Preparatning komponenlariga yuqori sezuvchanlikda uni qo‘llash mumkin emas.

Hozirgi vaqtgacha dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Orzol In kabi qin ichiga kiritiladigan preparatlar lateksli kontratseptivlarga ziyon yetkazishi mumkin va kontratseptiv vositalarning samaradorligini pasaytiradi, shuning uchun preparat qo‘llanganida jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Qayta zararlanish havfini oldini olish maqsadida bir vaqtda jinsiy sherikni muvofiq ravishda davolash maqsadga muvofiqdir. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlikning I uch oyiligida preparatni qo‘llash mumkin emas. Tizimli so‘rilishi past bo‘lganligi sababli, preparatning komponentlarini tizimli qon oqimidagi kontsentratsiyasi minimaldir, bu agar ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lsa, preparatni homiladorlikning II va III uch oyliklarida qo‘llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash mumkin. Patsiyent individual maslahat olganidan keyin shifokorning nazorati ostida preparatni qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. Preparat ornidazolning peroral shakli bilan birga kompleks davolash tarkibida qo‘llanganida emizishni to‘xtatish kerak. Bolalarda qo‘llanilishi Orzol In bolalarga buyurilmaydi. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish hususiyati Preparatning tizimli so‘rilishi past bo‘lganligi va dori vositasini reaktsiya tezligiga ta’sir qilishi yuzisidan ma’lumotlar yo‘qligi sababli, transportni boshqarishda va diqqatni jamlash hamda reaktsiya tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishda qo‘shimcha havfsizlik choralarini o‘tkazish zarurati yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparat mahalliy ta’sir qilganligi sababli, dozani oshirib yuborilish simptomlarini namoyon bo‘lishi kuzatilmagan.

Retsept bo‘yicha

Vaginal tabletkalar. 10 tabletkadan Al/Al stripda. 1 strip 10 applikator, separator va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil. Ulashish: 1 96 Views