Orniloksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: ofloksatsin 200 mg va ornidazol 500 mg Yordamchi moddalar: mikrokristallik tsellyuloza, primojel, kroskarmelloza natriy, kolloid kremniy dioksidi, talk, magniy stearati.

Preparatning savdo nomi:

Orniloks

Farmakalogik guruhi:

antibakterial vositalar.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

cho‘zinchoq shaklli, zarg‘aldoq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomoni riskali tabletkalar.

antibakterial vositalar.

Ofloksatsin me’da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘lik so‘riladi. Biokiraolishligi 96% dan 100% gachani tashkil qiladi. Maksimal kontsentratsiyaga (Smax) 30-60 minut davomida erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 25% ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 6-7 soatni tashqil qiladi. 90% gachasi o‘zgarmagan holda asosan siydik bilan chiqariladi. Gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi. Ornidazol ichga qabul qilinganda oson va tez so‘riladi. Biokiraolishligi 90% ni tashkil qiladi. Plazmada Smax ga 3 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan taxminan 13% bog‘lanadi. Orqa miya suyuqligiga, organizmning boshqa suyuqliklari va to‘qimalariga kiradi. Jigarda metabolizmga uchraydi. T1/2 13 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan preparatning 63% gachasi, axlat bilan 22% gachasi chiqariladi.

Preparatning komponentlariga sezgir qo‘zg‘atuvchilar (mikroorganizmlar va sodda hayvonlar) chaqirgan aralash infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi: siydik jinsiy a’zolari tizimining kasalliklari: o‘tkir va surunkali piyelonefrit, prostatit, tsistit, epididimit, siydik-jinsiy yo‘llarining asoratlangan va qaytalanuvchi infektsiyalarida;ginekologik kasalliklarda;penitsillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan, jinsiy yo‘li orqali yuqadigan kasalliklarda;qorin bo‘shlig‘i a’zolari va o‘t yo‘llarining infektsiyalari, shuningdek amyobiaz – amyoba dizenteriyasi, ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa jigarning amyobali abstsessi, lyamblioz va qorin tifi, salmonellyoz, shigellyoz kabi boshqa infektsion kasalliklarda;og‘iz bo‘shlig‘ining infektsiyalari, o‘tkir nekrotik yarali gingivitda;immun tanqisligi bo‘lgan bemorlar yoki neytropeniyali bemorlarda infektsion asoratlarni oldini olishda;operatsiyadan oldingi tayyorlash yoki jarrohlik infektsiyalarni operatsiyadan keyingi davolash, ayniqsa gastroenterologiyada.

Preparatni ichga, chaynamasdan suv bilan birga ovqatdan oldin ham, keyin ham qabul qilish mumkin. 2 oydan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparatning dozasini va davolashning davomiyligini shifokor belgilaydi. Kattalar uchun o‘rtacha doza 1 tabletkadan sutkada 2 marta, davolashning davomiyligi 7-10 kun; davolashni kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan keyin kamida 3 kun davom ettirish lozim.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, me’dada diskomfort hissi, anoreksiya, jigar fermentlarining darajasini va/yoki bilirubinning oshishi; kam – xolestatik sariqlik, jigarni og‘ir shikastlanishi, soxtamembranoz kolit. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, disforiya, ongni chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiya, uyquchanlik, tremor, nevropatiya, paresteziya yoki giperparesteziyalar, ko‘rishni buzilishi, ta’mning buzilishi, kam – tirishishlar, eshitishni, hid bilishni buzilishlari, hushdan ketish, bosh miya ichki bosimini oshishi. Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni tranzitor pasayishi. Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, leykopeniya, agronulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya; kam – gemolitik anemiya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatini tranzitor buzilishi; kam – o‘tkir interstitsial nefrit yoki qon zardobida kreatinin darajasini oshishi, u o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha rivojlanishi mumkin. Suyak-mushak tizimi tomonidan: holsizlik, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq, paylarda og‘riq, paylarni yallig‘lanishi va uzilishi. Dermatologik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizatsiya. Allergik reaktsiyalar: juda kam – ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, vaskulit, anafilaksiya, isitma, dispnoe, angionevrotik shish, pnevmonit. Boshqalar: qonda glyukoza darajasini oshishi.

Agar Siz antatsid preparatlarni yoki temir saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, preparatning samaradorligi susayadi, shuning uchun preparatni ko‘rsatilgan preparatlardan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish lozim. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida markaziy nerv tizimiga va tutqanoq xurujlarining rivojlanishiga rag‘batlantiruvchi ta’sirining xavfi oshadi. Probenetsid, tsimetidin, furosemid va metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganida, preparatning siydik bilan chiqarilishi kamayadi, T1/2 davri uzayadi va uning toksik ta’sirini havfi oshadi. Preparat kumarin qatori antikoagulyantlarning samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidining miorelaksatsiyalovchi ta’sirini oshiradi.

Agar Siz preparat bilan davolanayotgan bo‘lsangiz, zaruratsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ta’siri ostida bo‘lmasligingiz kerak, ultrabinafsha nurlari (simob-kvarts lampalari, solyariy) bilan nurlanishdan saqlanish kerak. Qandni kamaytiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabetli bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Buyraklar faoliyatining buzilishi yoki jigarning og‘ir shikastlanishi (tsirroz) bo‘lgan bemorlarda o‘rtacha sutkalik dozani (2 tabletka) oshirmaslik lozim. Transport vositalarini boshqarayotgan, mashina va mexanizmlarda ishlayotgan patsiyentlar nerv tizimi tomonidan yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush samaralarni yodda tutishlari lozim. Preparatni uzoq muddat qo‘llash preparatga chidamli mikroorganizmlarning o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi infektsiyani chaqirishi mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarini iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25o S dan yuqori bo‘lgan haroratda.

Simptomlari: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tutqanoqsimon xurujlar, ko‘ngil aynishi va qusish, qorinda og‘riq, shilliq qavatlarning eroziv shikastlanishlari. Davolash: Simptomatik davolash. Antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha

3 yil.