Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qolishi, enterokolit, gipoglikemik preparatlar qabul qilayotgan, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemiya, diareya, qorin og‘rig‘i, me’dada diskomfort hissi, anoreksiya, jigar fermentlarining darajasini va/yoki bilirubinni oshishi; kam – xolestatik sariqlik, jigarni og‘ir shikastlanishi, soxtamembranoz kolit.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, disforiya, ongni chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiya, uyquchanlik, tremor, nevropatiya, paresteziya yoki giperparesteziyalar, ko‘rishni buzilishi, ta’mni buzilishi; kam- tirishishlar, eshitishni, hid bilishni buzilishlari, ongni yo‘qolishi, bosh miya ichki bosimini oshishi.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni tranzitor pasayishi, tendenitlar, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda.
Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, leykopeniya, eozinofiliya, agronulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya; kam- gemolitik anemiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatini tranzitor buzilishi; kam- o‘tkir interstitsial nefrit yoki qon zardobida kreatinin darajasini oshishi, u o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha rivojlanishi mumkin.
Suyak mushak tizimi tomonidan: holsizlik, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq, paylarda og‘riq, paylarni yallig‘lanishi va uzilishi.
Dermatologik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizatsiya.
Allergik reaktsiyalar: juda kam- ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, vaskulit, anafilaksiya, isitma, dispnoe, angionevrotik shish, pnevmonit.
Boshqalar: qonda glyukoza darajasini oshishi.