Oradroretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 250 mg yoki 500 mg klaritromitsin; yordamchi moddalar: povidon K30, polisorbat 80, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, talk, stearin kislotasi, o‘ta jelatinlangan kraxmal, magniy stearati, kroskarmelloza natriy, mikrokristall tsellyuloza; qobig‘ining tarkibi: sariq Opadri® II 85F32085 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, makrogol, titan dioksidi, talk, xinolin sarig‘i alyumin laki, temir (II)-oksidi, sariq shafaq FCF alyumin laki).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

klaritromitsin

Preparatning savdo nomi:

Oradro

Farmakalogik guruhi:

antibiotik (makrolidlar guruhi).

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

oval, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

antibiotik (makrolidlar guruhi).

J01FA09

Klaritromitsin me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Biokiraolishligi – ichga qabul qilinganida – 55% ni tashkil etadi. Ovqat uning so‘rilishini sekinlashtiradi, ammo klaritromitsinning biokiraolishligiga ahamiyatli ta’sir qilmaydi. Oqsillari bilan bog‘lanishi – 90% dan ortiq. Klaritromitsinning taxminan 20% jigarda tsitoxrom CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 fermentlari tomonidan Haemophilus influenzae ga nisbatan yaqqol faollikka ega bo‘lgan asosiy metabolit – 14-gidroksiklaritromitsingacha metabolizmga uchraydi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 3 soatdan kamroq vaqt davomida erishiladi. Sutkada 250 mg dozadan muntazam ravishda qabul qilinganida o‘zgarmagan preparatning muvozanat kontsentratsiyasi (Css) – 0,62-0,84 mkg/ml va asosiy metabolitniki muvofiq ravishda 0,4-0,7 mkg/ml ni tashkil etadi; dozasi sutkada 500 mg gacha oshirilganida o‘zgarmagan preparatning Css 1,77-1,89 mkg/ml va uning plazmadagi metabolitiniki 0,67-0,8 mkg/ml ni tashkil etadi. Klaritromitsin organizmning to‘qimalari (o‘pka, tanglay murtaklari, so‘lak, balg‘am va o‘rta quloq, teri va organizmning yumshoq to‘qimalari) va suyuqliklariga oson o‘tadi, u yerda zardobdagi kontsentratsiyasidan deyarli 10 marta ortiq kontsentratsiyaga erishadi. Yarim chiqarilish davri 250 mg dozasi qabul qilinganidan so‘ng 3 soatdan 4 soatgacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi; 500 mg dozasi qabul qilinganidan so‘ng 5 soatdan 7 soatgacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi. Klaitromitsinning 20% dan 30% gacha qismi buyraklar orqali o‘zgarmagan holda, qolgan qismi metabolitlar holida chiqariladi.

Yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari: faringit, laringit, tonzillit, sinusit;Quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari: bronxit, pnevmoniya;Teri va teri osti yog‘ to‘qimasining asoratlanmagan infektsiyalari: follikulit, furunkulez, saramas, impetigo, jarohat infektsiyasi;Me’da va/yoki o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (majmuaviy davolashda) – o‘n ikki barmoq ichakni o‘tkir yarasini davolash, Helicobacter pylori eradikatsiyasi uchun va yara kasalligini qaytalanishlari tezligini kamaytirish uchun;Mycobacterium avium, Mycobacterium inlracellulare chaqirgan, tarqalgan yoki lokalizatsiyalangan mikobakterial infektsiyalarni davolash hamda oldini olish; Mycobacterium fortuitum, Mycobacterium kansasii va Mycobacterium chelonae chaqirgan lokalizatsiyalangan infektsiyalarni davolash hamda oldini olish uchun qo‘llanadi. 12 yoshdan boshlab bolalarga: Yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari: faringit, laringit, tonzillit, sinusit, o‘tkir gaymorit;Quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari: bronxit, pnevmoniya;O‘tkir o‘rta quloq otiti;Teri va teri osti yog‘ qavatining asoratlanmagan infektsiyalari: follikulit, furunkulez, saramas, impetigo, jarohat infektsiyasi;Mycobacterium avium, Mycobacterium intracellulare chaqirgan tarqalgan mikobakterial infektsiyalarni davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

Oradro preparati ichga, chaynamasdan va maydalamasdan, butun holda, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan, ovqatlanishdan qat’iy nazar sutkaning istalgan vaqtida (aynan bir vaqtda bo‘lsa afzal) qabul qilinadi. Preparatni qabul qilish vaqti o‘tkazib yuborilganida o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha ertaroq qabul qilish kerak. Biroq, agar navbatdagi qabulni vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, u holda o‘tkazib yuborilgan dozani kompensatsiya qilish maqsadida preparatning dozasini ikki marta oshirish mumkin emas. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga odatda 250 mg dan har 12 soatda buyuriladi. Og‘ir infektsiyalarda dozasi har 12 soatda 500 mg gacha oshirilishi mumkin. Odatdagi davolash davomiyligi 6-14 kunni tashkil etadi. Helicobacter pylori eradikatsiyasi uchun 250-500 mg dan sutkada 2 marta, odatda 7-14 kun davomida, boshqa dori vositalari bilan majmuada buyuriladi. Mycobacterium avium infektsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda boshlang‘ich doza 500 mg ni tashkil etadi, har 12 soatda buyuriladi. Agar 3-4 hafta davomida klinik yoki bakteriologik ma’lumotlar asosida yaxshilanish kuzatilmasa, u holda doza sutkada ikki marta 1000 mg gacha oshirilishi mumkin. OITS bilan xastalangan bemorlarda MAC chaqirgan disseminatsiyalangan infektsiyani davolash preparatning klinik yoki mikrobiologik samaradorligi qancha davom etsa, shuncha davom ettirish tavsiya etiladi. Klaritromitsinni boshqa antibakterial dori vositalari bilan birga qo‘llash kerak. Odontogen infektsiyalarni davolashda tavsiya etilgan doza 250 mg ni tashkil etadi, har 12 soatda 5 kun davomida qabul qilinadi. Keksa yoshdagi patsiyentlar Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun kattalar uchun mo‘ljallangan dozalarda qo‘llanadi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi Buyraklar faoliyati normal bo‘lganida kuchsiz ifodalangan va o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam, buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda klaritromitsinning dozasi 2 martaga kamaytirilishi kerak, ya’ni sutkada bir marta 250 mg gacha yoki og‘irroq infektsiyalarda 250 mg sutkada ikki marta bo‘lishi kerak. Bunday patsiyentlarda davolash 14 kundan ortiq davom etmasligi kerak.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – diareya, qusish, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi; kam hollarda – glossit, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini kandidozi, til va tishlar rangini o‘zgarishi (qaytuvchan), jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan transaminazalarning faolligini o‘tkinchi oshishi va sariqlik bilan yoki sariqliksiz kechuvchi gepatotsellyulyar va/yoki xolestatik gepatit (jigar faoliyatini buzilishi og‘ir darajada bo‘lishi mumkin va odatda qaytuvchan bo‘ladi), o‘tkir pankreatit, soxta membranoz kolit (o‘rtacha darajadan hayot uchun havf tug‘diruvchi darajagacha bo‘lishi mumkin). Jigar yetishmovchiligidan yagona o‘lim holati qayd etilgan, bu odatda jiddiy yondosh kasalliklari mavjud bo‘lganida va/yoki boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida kuzatilgan Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – o‘tkinchi bosh og‘riqlari, bosh aylanishi, bezovtalik, uyqusizlik, qo‘rqinchli tushlar ko‘rish, quloqlarni shang‘illashi; kam hollarda – tirishishlar; juda kam hollarda – mialgiya, paresteziyalar, ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya, gallyutsinatsiyalar, psixoz va depersonalizatsiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – qorinchalar taxikardiyasi, “piruet” tipidagi qorinchalar aritmiyasi, qorinchalarni lipillashi va xilpillashi, elektrokardiogrammada QT oralig‘ini uzayishi (boshqa makrolidlarda bo‘lgani kabi). Sezgi a’zolari tomonidan: juda kam hollarda – quloqlarda shovqin, quloqlarni shang‘illashi, hid bilishni buzilishi, ta’m bilishni buzilishi (disgevziya); yakka hollarda – preparat bekor qilinganidan so‘ng o‘tib ketuvchi eshitishni yo‘qolishi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – interstitsial nefrit va buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi. Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – teri toshmasi, qichishish, eshakemi, terini qizarishi; kam hollarda – anafilaktik reaktsiyalar, havfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz. Laborator ko‘rsatkichlar: tez-tez emas – “jigar” transaminazalari, bilirubinning darajasini oshishi; juda kam hollarda – leykopeniya, trombotsitopeniya, protrombin vaqtini uzayishi, giperkreatininemiya, gipoglikemiya (gipoglikemik dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida). Boshqalar: odatda kuzatilmaydigan qon ketishlar, qon quyilishi, mialgiya, preparat uzoq muddat yoki takroran qo‘llanganida superinfektsiya (mikroorganizmlarda chidamlilikni rivojlanishi) rivojlanishi mumkin.

Klaritromitsinga, preparatning boshqa komponentlariga yoki makrolidlar guruhiga mansub antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik;Porfiriya;Quyidagi preparatlar: astemizol, tsizaprid, pimozid, terfenadinni bir vaqtda qabul qilish (chunki QT oraliqni uzayishiga va yurak aritmiyalari, jumladan qorinchalar taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyatsiyasi hamda “piruet” turidagi qorinchalar taxikardiyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin);Klaritromitsin va ergotamin yoki digidroergotaminni bir vaqtda qo‘llash (chunki ergotoksiklikka olib kelishi mumkin);Homiladorlikni I uch oyligi;Laktatsiya davri;12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Klaritromitsin verapamil (kaltsiy kanallarini bloklaydigan preparat) bilan birga qabul qilinganida arterial bosim pasayishi, bradiaritmiya va sut kislotali atsidoz rivojlanishi mumkin. Teofillinning yuqori dozalari bilan davolanayotgan patsiyentlarda qon zardobida teofillinning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak, u klaritromitsin bilan birga qabul qilish sababli oshishi mumkin. Sog‘lom katta yoshdagi patsiyentlarda kuniga 40 mg omeprazolni qabul qilish fonida klaritromitsinni 500 mg dan har 8 soatda qabul qilish omeprazolning Css oshishiga olib kelgan (Cmax, AUC, T1/2 muvofiq ravishda 30%, 89% va 34% ga oshgan). Me’da shirasining rN qiymati omeprazol bilan monoterapiyada 5,2 va klaritromitsin bilan birga qabul qilinganida 5,7 bo‘lgan. Klaritromitsinni ranitidin vismut tsitrati bilan majmuada qo‘llash plazmada ranitidinning kontsentratsiyasini (57%), vismutnikini (48%) va 14-gidroksi-klaritromitsinnikini (31%) ga oshishiga olib kelgan. Ushbu samarasi klinik ahamiyatga ega emas. OITV bilan infektsiyalangan katta yoshdagi patsiyentlarga klaritromitsin (250 mg tabletka) va zidovudinni bir vaqtda qo‘llash zidovudinning muvozanatli kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Klaritromitsin va zidovudinning dozalarini tanlash kerak. Antibiotikni qabul qilish OITV bilan infektsiyalangan katta yoshdagi patsiyentlarda didanozinning farmakokinetikasiga statistik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Flukonazol 200 mg dozada har kuni va klaritromitsin sutkada 1 g dozada birga qabul qilinganida klaritromitsinning muvozanatli kontsentratsiyasi va AUC muvofiq ravishda 33% va 18% ga oshishi mumkin. Klaritromitsinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Klaritromitsin va ritonavir, atazanavir yoki boshqa proteaza ingibitorlari bir vaqtda buyurilganida klaritromitsinning AUC qiymati 77% ga oshadi, 14-gidroksi-klaritromitsinning AUC qiymati esa 100% ga pasayadi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, kreatinin klirensi minutiga 30-60 ml bo‘lgan patsiyentlarda klaritromitsinning dozasini 50% ga kamaytirish kerak, kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan patsiyentlarda klaritromitsinning dozasini 75% ga kamaytirish kerak. Digoksin va klaritromitsinni bir vaqtda olgan bemorlarning plazmasida digoksinning kontsentratsiyasini oshishi yuzasidan xabarlar mavjud. Digitalis intoksikatsiyasi va potentsial letal aritmiyalarni rivojlanishidan saqlanish uchun zardobdagi digoksinning miqdorini doimo nazorat qilish kerak. CYP3A va R-glikoprotein uchun substrat hisoblangan kolxitsin va klaritromitsin birga buyurilganida, boshqa makrolidlar – CYP3A va R-glikoprotein ingibitorlari kabi, ingibitsiya bo‘lishi kolxitsinning ta’sirini kuchayishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, kolxitsinni toksik ta’sir qilish simptomlarini aniqlash maqsadida patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak. CYP2D6 izofermentining faolligi past bo‘lgan patsiyentlarda klaritromitsin tolterodin bilan birga qo‘llanganida klaritromitsin bo‘lganida (CYP3A izofermentlarining ingibitori) tolterodinning dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin. Klaritromitsin va CYP3A izofermentlari tomonidan birlamchi metabolizmga uchraydigan dori vositalari birga qabul qilinganida ularning kontsentratsiyalari o‘zaro oshishi mumkin, bu holat ham terapevtik, ham nojo‘ya samaralarini kuchaytirishi yoki uzaytirishi mumkin. Astemizol, tsizaprid, pimozid, terfenadin, ergotamin va boshqa shoxkuya alkaloidlari, alprazolam, midazolam, triazolam bilan birga qo‘llash mumkin emas. Karbamazepin, tsilostazol, tsiklosporin, dizopiramid, lovastatin, metilprednizolon, bilvosita antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), xinidin, rifabutin, sildenafil, simvastatin, takrolimus, vinblastin, fenitoin, teofillin va valproat kislotasi bilan ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (tsitoxrom R450 ning boshqa izofermentlari orqali metabolizmga uchraydilar). Dori vositalarining dozalariga tuzatish kiritish va qon zardobidagi kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Tsizaprid, pimozid, terfenadin va astemizol bilan birga qo‘llanganida qonda ularning kontsentratsiyalari oshishi, QT oralig‘i uzayishi va yurak aritmiyalari, shu jumladan qorinchalar paroksizmal taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyatsiyasi, qorinchalar lipillashi yoki xilpillashi, “piruet” turidagi polimorf qorinchalar taxikardiyasi rivojlanishi mumkin. Bunday o‘zaro ta’sir mexanizmi tsitoxrom R450 tizimining boshqa izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan dori vositalari – fenitoin, teofillin va valproat kislotasi qo‘llanganida kuzatiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar bir vaqtda buyurilganida ularning qon zardobidagi kontsentratsiyasi va EKG ni monitoringi talab etiladi. Klaritromitsin triazolamning klirensini kamaytirishi mumkin, va shu orqali uyquchanlikni rivojlanishi va ongni chalkashishi bilan kechuvchi farmakologik samaralarini oshirishi mumkin. Organizmdan chiqarilishi CYP3A izofermentlariga bog‘liq bo‘lmagan benzodiazepinlar (temazepam, nitrazepam, lorazepam) uchun klaritromitsin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sir qilish ehtimoli kam. Efavirenz, nevirapin, rifampitsin, rifabutin va rifapentin (tsitoxrom R450 induktorlari) klaritromitsinning plazmadagi kontsentratsiyasini pasaytiradilar va uning terapevtik samarasini susaytiradilar va shu bilan birga 14-gidroksi-klaritromitsinning kontsentratsiyasini oshiradilar. Ergotamin va digidroergotamin (shoxkuya derivatlari) bilan birga qo‘llash og‘ir darajadagi periferik vazospazm, qo‘l-oyoqlar va boshqa to‘qimalar ishemiyasi, shu jumladan markaziy nerv tizimi ishemiyasi va sezuvchanlikni o‘zgarishlari bilan namoyon bo‘luvchi o‘tkir ergotamin intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin. Klaritromitsin gidroksimetilglutaril-KoA-reduktaza ingibitorlari – lovastatin va simvastatin bilan bir vaqtda qabul qilinganida rabdomioliz rivojlanganligini juda kam hollari ta’riflangan. Klaritromitsin va makrolidlar guruhiga mansub boshqa antibiotiklar, shuningdek linkomitsin va klindamitsin o‘rtasida kesishgan chidamlilik rivojlanishi mumkinligiga e’tibor berish kerak. Klaritromitsin va itrakonazol birga qabul qilinganida plazmada preparatlarning kontsentratsiyasi ikki tomonlama oshishi mumkin. Ushbu dori vositalarning farmakologik samaralari kuchayishi yoki uzayishi mumkinligi tufayli itrakonazol va klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak. Klaritromitsin (sutkada 1 g) va sakvinavir (yumshoq jelatin kapsulalarda, 1200 mg kuniga 3 marta) bir vaqtda qabul qilinganida sakvinavirning AUC va muvozanatli kontsentratsiyasi muvofiq ravishda 177% va 187% ga, klaritromitsinniki esa 40% ga oshishi mumkin. Ushbu ikkita dori vositasini cheklangan muddat davomida, yuqorida ko‘rsatilgan dozalar / dori shakllarida birga buyurilganida dozalariga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Oradro preparatini homiladorlikda, muqobil davolash bo‘lmagan hollardan tashqari hollarda qo‘llash mumkin emas. Bunday hollarda, shuningdek preparatni qabul qilish vaqtida homiladorlik kuzatilganida homila uchun potentsial havfni inobatga olish kerak. O‘rtacha va yaqqol ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga klaritromitsin buyurilganida jigarning funktsional holatidan qat’iy nazar yoki bir martalik dozani kamaytirish, yoki antibiotikni qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliqni uzaytirish kerak. Klinika amaliyotida, ayniqsa keksa yoshdagi odamlarga kolxitsin klaritromitsin bilan majmuada qo‘llanganida kolxitsinning toksikligi ta’riflangan. Ularning ba’zilari buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kuzatilgan; bunday patsiyentlarda bir necha o‘lim hollari kuzatilganligi yuzasidan xabarlar berilgan. Kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan kam bo‘lgan patsiyentlarga va anamnezida o‘tkir porfiriya hollari bo‘lgan patsiyentlarga klaritromitsinni ranitidin vismut tsitrati bilan majmuada buyurish tavsiya etilmaydi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydigan preparatlarni qabul qilish fonida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (qon zardobida ularning kontsentratsiyasini o‘lchash tavsiya etiladi). Oradro preparati varfarin yoki boshqa bilvosita antikoagulyantlar bilan birga buyurilganida protrombin vaqtini nazorat qilish kerak. Davolanish vaqtida yoki davolangandan so‘ng og‘ir va davomli diareya rivojlanganida, preparatni zudlik bilan bekor qilish va muvofiq davolashni buyurish talab etiladigan soxta membranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak. Klaritromitsin bilan davolash o‘tkazilganida gravis miasteniyasining simptomlarini zo‘rayishi va miastenik sindromning simptomlarini paydo bo‘lishi kuzatilgan. Antibiotik asossiz davomli yoki takroriy qo‘llanganida superinfektsiya (sezgir bo‘lmagan bakteriyalar va zamburug‘larni o‘sishi) rivojlanishi mumkin. Ikkilamchi infektsiya rivojlanganida adekvat davolash buyurilishi kerak. Oradro preparati va makrolidlar guruhiga mansub boshqa antibiotiklar, shuningdek linkomitsin va klindamitsinni o‘rtasida kesishgan rezistentlik rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak. Klaritromitsin Helicobacter pylori ni eradikatsiyasi uchun qo‘llanganida antibiotikni qabul qilish tugaganidan so‘ng kamida 4 haftadan keyin qo‘zg‘atuvchini borligiga nazorat tekshiruvini o‘tkazish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homilador va emizikli ayollarda klaritromitsinni qo‘llash havfsizligi o‘rganilmagan. Homiladorlikning I uch oyligida klaritromitsinni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida klaritromitsinni faqat muqobil davolash bo‘lmaganida va ona uchun preparatni qabul qilishdan kutilgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan holdagina buyurish mumkin. Klaritromitsin ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Pediatriyada qo‘llanishi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash mumkin emas. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Klaritromitsinni avtotransportni haydash va mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq, transport va mexanik vositalarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (klaritromitsin bilan davolanish vaqtida bosh aylanishi va/yoki dezoriyentatsiya rivojlanishi mumkin). Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: abdominal og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bosh aylanishi, ongni chalkashishi rivojlanishi mumkin. Davolash: dozasi oshirib yuborilganida zudlik bilan me’dani yuvish va simptomatik davolash o‘tkazish ko‘rsatilgan. Gemodializ va peritoneal dializ qon zardobida klaritromitsinning kontsentratsiyasini ahamiyatli darajada pasayishiga olib kelmaydi.

Retsept bo‘yicha beriladi

Oradro 250 mg: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 7 yoki 14 tabletka blisterda. 7 tabletkadan 2 blister yoki 14 tabletkadan 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Oradro 500 mg: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 7 tabletka blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.