Opastretsept bilan

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: limaprost alfadeks 5 mkg limaprostga ekvivalent yordamchi moddalar: mikrotselak 100, laktoza gidrati, maltodekstrin, mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, kolloid kremniy dioksidi, stearin kislotasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

limaprostr alfadeks

Preparatning savdo nomi:

Opast

Farmakalogik guruhi:

qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita, PGЕ1 preparati.

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq, oq tabletkalar.

qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita, PGЕ1 preparati.

S01ЕA01

Tinch holatda og‘riqlar yoki trofik o‘zgarishlar bilan kechuvchi III-IV darajadagi (Fonteyn tasnifi bo‘yicha) obliteratsiyalovchi kasalliklar. Og‘ir darajadagi “o‘zgaruvchan” oqsoqlik bilan kechuvchi obliteratsiyalovchi endarteriit (oyoqni jarrohlik yo‘li bilan revaskulyarizatsiya qilish imkoni bo‘lmaganda), obliteratsiyalovchi ateroskleroz, diabetik angiopatiya, obliteratsiyalovchi trombangiit (Byurger kasalligi), trofik buzilishlar bilan kechuvchi Reyno sindromi, vaskulit, sklerodermiya, ikrasimon mushaklar tirishishi, fizik omillar, ayniqsa haddan tashqari vibratsiyaning shikastlovchi ta’sirida qo‘llanadi.

Kattalarga obliteratsiyalovchi trombangiit (Byurger kasalligi) bilan bog‘iq yara, og‘riq va sovuq qotish hissi kabi turli ishemik simptomlarni davolash uchun Opast 2 tabletkadan (10 mkg limaprost) kuniga 3 marta buyuriladi. Kattalarga umurtqa pog‘onasining bel qismini orttirilgan stenozida va qon tomir kasalliklari tufayli ko‘chib yuruvchi oqsoqlikdagi subyektiv simptomlarni (holsizlik, uvishish, oyoqlarda og‘riq va sezuvchanlikni yo‘qolishi) davolash uchun Opast 1 tabletkadan (10 mkg limaprost) kuniga 3 marta buyuriladi. Davolash kursi davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi. O‘rtacha davolash kursi 4 haftani tashkil qiladi.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Limaprost alfadeks yoki preparatning boshqa yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik. Surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ritmini yaqqol buzilishlari, yurak ishemik kasalligini zo‘rayishi, oxirgi 6 oy davomida o‘tkazilgan miokard infarkti yoki insult. O‘pka shishi, o‘pkaning infiltrativ kasalliklari, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari. Jigar disfunktsiyasi (aspartataminotransferaz, alaninaminotransferaz yoki gamma-glutamiltransferaza faolligini oshishi) va anamnezida og‘ir jigar kasalliklari, shuningdek qon ketishini paydo bo‘lishining yuqori ehtimoli bilan kechuvchi kasalliklar (me’da, 12 barmoq ichak yara kasalligi, katta jarohat). Qon tomirlarni kengaytiruvchi va antikoagulyantlar bilan yondosh davolash. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Opastni antikoagulyantlar va antiagregantlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda qon ketishi xavfi bo‘lishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Opastni qo‘llash gipotenziv preparatlar va vazodilatatorlarning ta’sirini kuchaytiradi.

Opast bilan davolash o‘tkazilganida arterial bosim, YUQS, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari, qon ivishining ko‘rsatkichlarini (qon ivishi tizimning buzilishlari yoki qon ivishi tizimiga ta’sir etuvchi preparatlar bilan bir vaqtda davolaganda) nazorat qilish kerak. YUIK, buyrak yetishmovchiligi (zardobdagi kreatinin 1,5 mg/dl dan yuqori) bo‘lgan patsiyentlar shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Homiladorlik va laktatsiya davri Homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramida, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari. Preparat dozasini oshirib yuborilganda bemorlarda quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Davolash. Preparat dozasini oshirib yuborilishining klinik manzarasi rivojlanganda simptomatik davolash ko‘rsatilgan.

Retsept bo‘yicha

21 tabletka alyuminiy folgali bliterda, 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.