OMЕMAKS ULTRAretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: omeprazolning 7,5% ichakda eruvchan granulalari – 20mg; yordamchi moddalar: sukroza, mannitol, natriy lauril sulfat, suvsiz natriy gidrogen fosfat, gidroksipropilmetil tsellyuloza Ye-5, metakril kislota ko-polimer, natriy gidroksidi, PЕG-6000, titan dioksidi, tozalangan talk, tvin-80, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

omeprazol

Preparatning savdo nomi:

OMЕMAKS-ULTRA

Farmakalogik guruhi:

me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vositalar (N+K+ATF-AZ ingibitori).

Dori shakli:

kapsulalar

ichida oq granulalarni saqlovchi qattiq jelatinli kapsulalar.

me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vositalar (N+K+ATF-AZ ingibitori).

A02VS01.

Me’da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi, plazmada kontsentratsiyasining cho‘qqisiga 0,5-1 soat davomida erishiladi. Sog‘lom shahslarda plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) 0,5-1 soatni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 30-40% ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90% ni tashkil qiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va qabul qilingan dozaning katta qismi (70-80%) siydik bilan, qolgan qismi ahlat bilan chiqariladi.

Kattalarda: me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi (davolash va xurujlarni oldini olish);me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi bilan kasallangan bemorlarda Helicobacter pylori ni eradikatsion davolash (boshqa dori vositalar bilan birga davolashda);nosteroid yallig‘lanishga qarishi vositalarni qabul qilish tufayli kelib chiqqan me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi, stress tufayli kelib chiqqan yaralar (davolash va oldini olish);reflyuks-ezofagit;gastroezofageal reflyuks (shu jumladan simptomatik);Zollinger-Ellison sindromi. 1 yoshdan katta va tana og‘irligi 10 kg dan kam bo‘lmagan bolalar: reflyuks-ezofagitni davolash; jig‘ildon qaynashini cimptomatik davolash va gastroezofageal reflyuks kasalligida kislotani regurgitatsiya qilish. 4 yoshdan katta bolalar: Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi (kompleks davolash tarkibida) qo‘llaniladi.

Ichga, oz miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi (kapsulani butunligicha, ochmasdan va chaynamasdan yutish lozim). O‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligining zo‘rayishi vaqtida — sutkada 1 kapsuladan (20 mg) 2–4 hafta (rezistent holatlarda – sutkada 2 kapsuladan). Me’da yarasi kasalligining zo‘rayishi vaqtida va eroziv-yarali ezofagitda — sutkada 1-2 kapsuladan 4–8 hafta davomida. Nosteroid yallig‘lanishga qarishi preparatlarni qabul qilish oqibatida kelib chiqqan MIY dagi yaralar — sutkada 1 kapsuladan 4–8 hafta. Helicobacter pylori ning eradikatsiyasi — antibakterial vositalar bilan sutkada 2 marta 1 kapsuladan 7 kun davomida. Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligining qaytalashini oldini olishda — sutkada 1 kapsuladan. Reflyuks-ezofagitni qaytalashini oldini olishda — sutkada 1 kapsuladan uzoq vaqt davomida (6 oygacha). Zollinger-Ellison sindromida doza me’da suyuqligining ajralishiga qarab individual ravishda tanlanadi, sutkada 60 mg dozadan boshlanadi. Kerak bo‘lgan taqdirda dozani doza sutkada 80–120 mg gacha oshiriladi, bunda dori 2 marta qabul qilinadi.

Kam hollarda quyidagi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin: Ovqat hazm qilish tizimi va tomonidan: diareya yoki qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qorin og‘rig‘i, og‘iz qurishi, ta’m sezishni o‘zgarishi, stomatit, plazmada jigar fermentlarining darajasini tranzitor oshishi, og‘ir jigar hastaliklari bor bemorlarda – gepatit (shu jumladan sariq kasal bilan), jigar funktsiyasining buzilishi. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, uyqusizlik, paresteziyalar, depressiya, gallyutsinatsiyalar, og‘ir somatik hastaliklari, og‘ir jigar hastaliklari bo‘lgan bemorlarda – entsefalopatiya. Tayanch–harakat apparati tomonidan: mushaklarning kuchsizligi, mialgiya, artralgiya. Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya, alohida holatlarda – agranulotsitoz, pantsitopeniya. Teri reaktsiyalari: qichishish, kam hollarda – fotosensibilizatsiya, ko‘p shaklli eritema, alopetsiya. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm, interstitsial nefrit va anafilaktik shok. Boshqa reaktsiyalar: ko‘rishni buzilishi, periferik shishlar, kuchli terlash, isitma, ginekomastiya; kam hollarda – uzoq vaqt davolashda me’da grandulyar kistasi hosil bo‘ladi (me’da shirasini ajralishini ingibitsiya qilinishi natijasida, qaytuvchan xavfsiz xarakterga ega).

preparatga yuqori sezuvchanlik;bolalarda;homiladorlik;laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Omeprazolni sutkada 1 marta 20 mg dozada uzoq muddat davomida kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propranolol, etanol, tsiklosporin, lidokain, xinidin va estradiol bilan birga qo‘llash ularning plazmadagi kontsentratsiyasini o‘zgarishiga olib kelmadi. Antatsidlar bilan birga qo‘llanilishi qo‘rsatilmagan. So‘rilishi rN ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘lgan istalgan dori vositasining biokiraolishligini o‘zgartiradi (masalan temir tuzlarini).

Davolashni boshlashdan oldin me’dada kechishi havfli bo‘lgan hastaliklar (ayniqsa me’da yarasi) borligini istisno qilish lozim, chunki preparat kasallik simptomlarini niqoblashi mumkin, bu esa to‘g‘ri tashhis qoyishni kechiktiradi. Ovqat bilan birga qabul qilish dori samaradorligiga ta’sir qilmaydi. Butun kapsulani yutish qiyinchilik tug‘dirgan vaziyatda kapsulani ochib, ichidagi granulalarni ozini yoki kapsulani shimib yutish mumukin, yana kapsula ichidagi granulalarni sharbat yoki yogurt bilan aralashtirib, hosil bo‘lgan aralashmani 30 minut ichida qabul qilish mumkin. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bilan hastalangan bemorlarda sutkalik doza miqdori 20mg dan oshmasligi lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari – ko‘rishni buzilishi, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi, bosh og‘rig‘i, kuchli terlash, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, aritmiya. Davolash simptomatik. Masus antidot yo‘q. Gemodializ yetarli samara bermaydi.

Retsept bo‘yicha

10 kapsula ilyumin folgali stripda, 10 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.