Omnikretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 0,4 mg tamsulozin gidroxloridi. yordamchi moddalar: 281,2 mg mikrokristall tsellyuloza, 42,5 mg metilakril kislotasining sopolimeri (S tipi), 1,0 mg polisorbat 80, 0,3 mg natriy lauril sulfati, 1,1 mg triatsetin, 0,8 mg talk, 0,4 mg kaltsiy stearati; kapsula qobig‘ining tarkibi*: 65,6 mg jelatin, 0,9 mg titan dioksidi, 0,004 mg indigotin, 0,5 mg temir (II) oksidi, 0,04 mg temir (III) oksidi; * – tarkibida temir (II, III) oksidi Ye-172, shellak va spirt bo‘lgan kapsulaga qora siyoh bilan identifikatsiya kodi yoziladi.

Preparatning savdo nomi:

Omnik

Farmakalogik guruhi:

α-adrenoblokator.

Dori shakli:

ajralib chiqishi modifikatsiyalangan kapsulalar

701 markirovkasi va savdo belgisining grafik ta’siri bo‘lgan to‘q-sariq rangli korpusli va 0,4 markirovkali bo‘lgan zaytun-yashil rangli qopqoqli №2 o‘lchamdagi qattiq jelatin kapsulalar. Kapsulalar oqdan och-sariq tusli oq rangligacha bo‘lgan granulalar saqlaydi.

α-adrenoblokator.

G04CA02

So‘rilishi Tamsulozin ichakda yaxshi so‘riladi va deyarli to‘liq biokiraolishlikga ega. Tamsulozinni so‘rilishi ovqat qabul qilingandan keyin bir oz sekinlashadi. Preparatni bir xil so‘rilish darajasiga, agar patsiyent preparatni har safar odatiy nonushtadan keyin qabul qilgan hollardagina erishish mumkin. Tamsulozin bir tekis kinetikasi bilan xarakterlanadi. 0,4 mg preparatni ichga bir marta qabul qilgandan keyin uning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 6 soatdan keyin erishiladi. Preparatni ichga kuniga 0,4 mg dan ko‘p marta qabul qilingandan keyin muvozanatli kontsentratsiyaga 5-chi kuni erishiladi, bunda uning Cmax  qiymati bir martalik dozani qabul qilgandan keyin bu ko‘rsatkichning qiymatidan taxminan 2/3 yuqori. Bunday holat keksa yoshdagi patsiyentlarda aniqlangan bo‘lsada, o‘xshash o‘zgarishlar yosh patsiyentlarda ham kuzatilishi mumkin. Patsiyentlar orasida bir martalik va ko‘p martalik qabuldan keyin preparatning plazmadagi kontsentratsiyasiga nisbatan  ahamiyatli individual farqlar mavjud. Taqsimlanishi: Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 99%, taqsimlanish hajmi unchalik katta emas (taxminan 0,2 l/kg). Metabolizmi Tamsulozin jigarda sekin metabolizmga uchraydi va kam faollikka ega bo‘lgan metabolitlarni hosil qiladi. Tamsulozinning katta qismi qon plazmasida o‘zgarmagan shaklda bo‘ladi. Kalamushlarda o‘tkazilgan eksperimentda tamsulozinning jigar mikrosomal fermentlari faolligini biroz induktsiya qilish xususiyati aniqlangan. In vitro sharoitidagi tadqiqotlar ma’lumotlari CYP3A4 va shuningdek CYP2D6 fermentlarini tamsulozinning metabolizmida qatnashishi ko‘rsatilgan. Boshqa CYP fermentlar tamsulozinning metabolizmida biroz qatnashadi. Preparatning metabolizmida qatnashadigan CYP3A4 va CYP2D6 fermentlarini susayishi tamsulozinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Metabolitlarning birontasi ta’sir etuvchi moddaga nisbatan faol hisoblanadi. Chiqarilishi Tamsulozin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi, bunda preparatning taxminan 9% o‘zgarmagan holda chiqariladi. 0,4 mg ni bir marta ovqatdan keyin qabul qilingandan so‘ng, preparatning yarim chiqarilish davri 10 soatni, ko‘p marta qabul qilganda – 13 soatni tashkil qiladi.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida dizuretik buzilishlarini davolash uchun qo‘llanadi.

18 yoshdan oshgan kattalar, shuningdek keksa patsiyentlar Ichga, nonushtadan keyin, sutkada 1 marta 1 kapsuladan (0,4 mg), suv bilan qabul qilinadi. Kapsulani chaynash tavsiya qilinmaydi, chunki bu preparatni ajralib chiqish tezligiga ta’sir qilishi mumkin. Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar

Tez-tez(>1%,<10%)Tez-tez emas(>0,1%,< 1%)Kam hollarda(>0,01%, <0,1%)Juda kam hollarda (<0,01%)Tez-tezligi  noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar Yurak urib ketishini his qilish, postural gipotenziya   Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilishlar    ko‘rishni buzilishi٭,noaniq ko‘rish٭Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar qabziyat, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish  og‘izni qurishi*Umumiy holatni buzilishlari asteniya   Nerv tizimi tomonidan buzilishlarbosh aylanishi (1,3%)bosh og‘rig‘ihushdan ketish  Reproduktiv tizimi tomonidan buzilishlareyakulyatsiyani buzilishi, shu jumladan retrograd eyakulyatsiya va eyakulyatsiyani yo‘qolishi  priapizm Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar rinit  burundan qon ketishiTeri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar toshma, qichishish, eshakemiangionevrotik shishStivens-Djonson sindromiko‘p shaklli eritema٭, eksfoliativ dermatit٭ ٭ postmarketing tadqiqotlarida qo‘llanganda kuzatilgan. Tamsulozinni qabul qilgan patsiyentlarda katarakta va glaukoma yuzasidan operatsiyada ko‘zning rangdor pardani intraoperatsion noturg‘unlik holatlari (toraygan qorachiq sindromi) ta’riflangan. Preparatni postmarketing qo‘llanilishi: tamsulozin qo‘llanilganda yuqorida ta’riflangan nojo‘ya samaralarga qo‘shimcha yurak bo‘lmachalarining fibrillyatsiyasi, aritmiya, taxikardiya va hansirash kuzatilgan. Ma’lumotlar preparat ro‘yxatdan o‘tqazilgandan keyingi davrda spontan xabarlar usuli bo‘yicha olinganligi sababli, bu holatlarni tamsulozinni qabul qilinishi bilan sabab-oqibat bog‘liqligi tez-tezligini aniqlash qiyinchilik tug‘diradi.

Tamsulozinga yoki preparatning har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Ortostatik gipotenziya ( shu jumladan anamnezida). Yaqqol jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam).

Tamsulozinni qabul qilgan fonida patsiyentlarda katarakta va glaukoma yuzasidan operatsiyada ko‘zning rangdor pardani intraoperatsion noturg‘unlik holatlari (toraygan qorachiq sindromi) ta’riflangan, buni operatsiyadan oldingi tekshiruvlarda va operatsiya vaqtida jarrox hisobga olish kerak. Omnik® preparati bilan davolashni boshlashdan avval patsiyent prostata bezini giperplaziyasining simptomlari kabi simptomlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklarni istisno qilish uchun tekshirilishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida muntazam barmoq yordamida rektal tekshirishlar bajarilishi va agar talab qilinsa prostatik spetsifik antigenni (PSA) aniqlash kerak. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <10 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda Omnik® preparati bilan davolash ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki bu toifa bemorlarda bunday tekshirishlar o‘tkazilmagan. Tamsulozin gidroxloridini qabul qilayotgan yoki ilgari qabul qilgan ayrim patsiyentlarda katarakta yoki glaukoma bo‘yicha operativ aralashuvlarda ko‘zning rangdor pardasini intraoperatsion noturg‘unlik sindromi (toraygan qorachig‘ sindromi) rivojlanishi aniqlangan bo‘lib, u operatsiya vaqtida yoki operatsiyadan keyingi davrda asoratlarga olib kelishi mumkin. Tamsulozin gidroxloridi bilan davolanishni katarakta yoki glaukoma yuzasidan bo‘ladigan operatsiyadan 1-2 hafta oldin bekor qilishni maqsadga muvofiqligi hanuzgacha isbotlanmagan. Ko‘zning rangdor pardasini intraoperatsion noturg‘unlik hollari preparat bekor qilingan va operatsiyadan oldingi erta muddatlarda to‘xtatilgan patsiyentlarda uchragan. Katarakta yoki glaukoma yuzasidan operatsiya rejalashtirilgan patsiyentlarda tamsulozin gidroxloridi bilan davolashni boshlash tavsiya qilinmaydi. Patsiyentlarni operatsiyadan oldingi tekshirish vaqtida jarroh va shifokor-oftalmolog ushbu patsiyent tamsulozinni qabul qilayotganligini yoki qabul qilganligini hisobga olishi kerak. Bu operatsiya vaqtida ko‘zning rangdor pardasini intraoperatsion noturg‘unlik sindromini rivojlanish ehtimoliga tayyorgarlik uchun zarur. Homiladorlik va laktatsiya davri. Omnik® preparati faqat erkaklarga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Transport  vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Preparatni avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Patsiyentlar preparatni qabul qilinganda bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkinligini bilishlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Tamsulozinni dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabarlar yo‘q. Ammo nazariy jihatdan, doza oshirib yuborilganida AB ni o‘tkir pasayishi va kompensator taxikardiya rivojlanishi mumkin bo‘lib, bunday holatlarda simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Arterial bosimi va yurak qisqarishlari soni odam gorizontal holatni qabul qilgandan keyin tiklanishi mumkin. Samara bo‘lmaganida aylanib yuruvchi qon hajmini oshiruvchi vositalarni va agar zarurat bo‘lsa, qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarni qo‘llash mumkin. Buyrak funktsiyasini nazorat qilish zarur. Dializni samaradorlik ehtimoli kam, chunki tamsulozin plazma oqsillari bilan kuchli bog‘langan. Preparatni keyingi so‘rilishini bartaraf qilish uchun me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yoki osmotik surgi vositasini, masalan natriy sulfatini qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Shifokor retsepti bo‘yicha

Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan kapsulalar 0,4 mg. 10 kapsuladan polipropilen plyonka va alyumin folgali blisterlarda, 1 yoki 3 blisterlar karton qutida.

4 yil.