Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya yoki qabziyat, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, meteroizm; kam hollarda – “jigar” fermentlarining faolligini oshishi, ta’mni buzilishi; alohida hollarda – og‘izni qurishi, stomatit, ilgari og‘ir jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – gepatit (shu jumladan sariqlik), jigar faoliyatini buzilishi.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: alohida hollarda – leykopeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya.
Nerv tizimi tomonidan: og‘ir darajali yondosh somatik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘alish, depressiya, ilgari jigarning og‘ir darajali kasalligi bo‘lgan bemorlarda – entsefalopatiya.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: alohida hollarda – artralgiya, miasteniya, mialgiya.
Teri qoplamalari tomonidan: kam hollarda – teri toshmasi va/yoki qichishish, alohida hollarda – fotosensibilizatsiya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, alopetsiya.
Allergik reaktsiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, isitma, bronxospazm, interstitsial nefrit va anafilaktik shok.
Boshqalar: kam hollarda – ginekomastiya, loxaslik, ko‘rishni buzilishi, periferik shishlar, ko‘p terlash, uzoq muddat davolash vaqtida me’da glandulyar kistalarning xosil bo‘lishi (HCL sekretsiyasini ingibitsiya qilinishi oqibatida, havfsiz, qaytuvchi harakterga ega).