Juda tez-tez – 1/10 buyurishlar (≥10%); tez-tez – 1/100 buyurishlar (≥1%, <10%); tez-tez emas – 1/1000 buyurishlar (≥0,1%, <1%); kam hollarda – 1/10000 buyurishlar (≥0,01%, <0,1%); juda kam hollarda (shu jumladan alohida holatlar) – 1/10000 dan kam (<0,01%).
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qorinda og‘riq, diareya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm (ko‘pgina hollarda sanab o‘tilgan ko‘rinishlarning yaqqolligi davolash davom ettirilganda oshib boradi); tez-tez emas – “jigar” fermentlarining faolligini oshishi (qaytuvchan xarakterda); kam hollarda – mikroskopik kolit, til rangini jigarrang-qora ranggacha o‘zgarishi va klaritromitsin bilan bir vaqtda qo‘llaganda so‘lak bezlarining xavfsiz kistalarini paydo bo‘lishi (ko‘rinishlar qaytuvchan xarakterga ega va davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘q bo‘ladi); juda kam hollarda – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, stomatit, kandidoz, pankreatit, jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda – gepatit (shu jumladan sariqlik bilan kechuvchi), jigar funktsiyasini buzilishi.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, xolsizlik (uzoq vaqt davolaganda og‘irlashadi); tez-tez emas – bosh aylanishi, uyqusizlik, vertigo; kam hollarda – paresteziya, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, ayniqsa keksa patsiyentlarda yoki kasallik og‘ir kechganda; juda kam hollarda – bezovtalik, qo‘zg‘alish, depressiya, ayniqsa keksa patsiyentlarda yoki kasallik og‘ir kechganda, jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda – entsefalopatiya.
Sezgi a’zolari tomonidan: tez-tez emas – ko‘rishni buzilishlari, shu jumladan ko‘rish maydonini qisqarishi, ko‘rish o‘tkirligi va ko‘rish aniqligini pasayishi, eshitishni buzilishi, shu jumladan “quloqlarda shang‘illash” (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi); kam hollarda – ta’m bilishni buzilishi (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi).
Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – umurtqa pog‘onasi, bilak suyaklari, son suyagi boshchasini sinishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang); kam hollarda – mialgiya, artralgiya; juda kam hollarda – mushak kuchsizligi.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: bolalarda gixrom mikrotsitar anemiya; juda kam hollarda – qaytuvchan trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya.
Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – eshakemi, teri toshmasi va/yoki qichishishi, fotosensibilizatsiya, ko‘p shaklli eritema, alopetsiya, ko‘p terlash; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Allergik reaktsiyalar: juda kam hollarda – toshma, angionevrotik shish, tana haroratini oshishi, isitma, bronxospazm, allergik vaskulit, anafilaktik reaktsiyalar/shok.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – interstitsial nefrit.
Boshqalar: tez-tez emas – periferik shish (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi), kam hollarda – lohaslik, giponatriyemiya; juda kam hollarda – ginekomastiya; tez-tezligi noma’lum – gipomagniyemiya (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).