Kam holatlarda quyidagi, odatda orqaga qaytuvchan nojo‘ya reaktsiyalar kelib chiqishi mumkin: Ovqat hazm qilish a’zolari tomonidan: diareya yoki qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qorinda og‘riq, jig‘ildon qaynashi, og‘izni qurishi, ta’m buzilishlari, stomatit, paknreatit (shu jumladan fulminant bo‘lishi mumkin), ishtaxani yo‘qolishi, axlat massalari rangini o‘zgarishi, qizilo‘ngach kandidozi, til shilliq qavati atrofiyasi, plazmada “jigar” fermentlarining faolligini va plazmada bilirubinning tranzitor oshishi; ilgari og‘ir kasalligi bo‘lgan bemorlarda – gepatit (shu jumladan sariqlik bilan), jigar faoliyatining buzilishi yoki jigar entsefalopatiyasi.
Markaziy yoki periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tajavuzkorlik, apatiya, asabiylik, qo‘zg‘alish, uyquchanlik, uyqusizlik, tremor, parasteziyalar, depressiya, gallyutsinatsiyalar, yondosh og‘ir somatik kasalliklari, ilgari jigar kasalligi borlarda-entselopatiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: stenokardiya, taxikardiya, brodikardiya, yurak urib ketishi, arterial gipertenziya, vaskulitlar, periferik shishlar.
Siydik jinsiy tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, siydik chiqarish yo‘llari infektsiyasi, leykotsituriya, proteinuriya, gematuriya, glyukozuriya, zardobda kreatinin kontsentratsiyasi oishi, ginekomastiya, moyakda og‘riq.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: mushak kuchsizligi, mialgiya, artralgiya, ossalgiya (suyaklarda og‘riq), mushak tirishishlar.
Qon yaratish tizimi tomonidan: pantsitopeniya, agranulotsitoz, anemiya (shu jumladan gemolitik anemiya), neytropeniya, trombotsitopeniya, leykotsitoz, leykopeniya.
Teri qoplamalari tomonidan: teri qichishishi, teri toshmalari, alohida holatdarda-fotosensibilizatsiya, ko‘ptishaklli ekssudativ eritema, sochning to‘kilishi, alopetsiya, petexiyalar, teri quruqligi, epidermal nekroz, Stivens-Djonson sindromi.
Nafas olish a’zolari tomonidan: yo‘tal, burundan qon ketishi.
Sezish a’zolari tomonidan: quloq shang‘illashi, ta’mning buzilishi, ko‘rish va eshitishning yaqqol bo‘lmagan buzilishlari.
Allergik reaktsiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm, interstitsial nefrit, anafilaktik shok, isitma.
Laborator ko‘rsatkichlar: gipoglikemiya, giponatriyemiya.
Boshqalar: belda og‘riq, ko‘rishning buzilishlari, periferik shishlar, ko‘p terlash, ginekomatiya; kam-hollarda uzoq vaqt davolanganda me’da glandulyar kistalari paydo bo‘lishi (xlorid kislotasi sekretsiyasi ingibitsiyasi natijasida paydo bo‘lib, xavfsiz va qaytuvchan xususiyatga ega), umumiy toliqish, umumiy xolsizlik, tana vaznining oshishi.