Omaks 20retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: omeprazol – 20 mg. yordamchi moddalar: saxaroza, metil gidroksibenzoat, propil gidroksibenzoat, kraxmal, etiltsellyuloza, shellak, izopropil spirti, temir III oksidi bo‘yovchisi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

omeprazol

Preparatning savdo nomi:

Omaks-20

Farmakalogik guruhi:

Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vositalar (N, K-ATF-aza ingibitorlari).

Dori shakli:

kapsulalar

Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vositalar (N, K-ATF-aza ingibitorlari).

A02BC01

So‘rilishi – yuqori. Biokiraolishligi – 30-40% (jigar yetishmovchiligida deyarli 100% gacha yetadi), keksa yoshli odamlarda va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ortadi, buyrak faoliyatining yetishmovchiligi ta’sir ko‘rsatmaydi. Maksimal kontsentratsiyasiga erishish uchun zarur vaqt (TSmax) – 0,5-3,5 soatni tashkil qiladi. Yuqori lipofillikka ega bo‘lib, me’daning pariyetal xujayralariga oson kiradi. Plazma oqsillari (albumin va kislotali alfa1-glikoprotein) bilan bog‘lanishi – 90-95% ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 0,5-1 soat (jigar yetishmovchiligida – 3 soat), klirensi – minutiga 500-600 ml ni tashkil etadi. CYP2C19 ferment tizimi ishtirokida jigarda deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi va 6 farmakologik nofaol metabolitlarini (gidroksiomeprazol, sulfid va sulfon hosilalari va boshqalarni) hosil qiladi. CYP2C19 izofermentining ingibitori hisoblanadi. Metabolitlari shaklida buyrak (70-80%) va safro (20-30%) bilan chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida chiqarilishi kreatinin klirensini pasayishiga proportsional ravishda pasayadi. Keksa yoshli patsiyentlarda chiqarilish kamayadi.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida va qaytalanishga qarshi davolashda), shu jumladan Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan yara kasalliigi (majmuaviy davolash tarkibida);Reflyuks-ezofagit (shu jumladan, eroziv);Gipersekretor holatlar (Zollinger-Ellison sindromi, me’da-ichak yo‘llarining stress yaralari, poliendokrin adenomatoz, tizimli mastotsitoz);Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi gastropatiya.

Kapsulalarni odatda ertalab, chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan (ovqatdan bevosita oldin) ichga qabul qilinadi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, reflyuks-ezofagit va nosteroid yallig‘lanishga qarshi qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi gastropatiyalarda – 20 mg sutkada 1 marta buyuriladi. Reflyuks-ezofagitni og‘ir darajali kechishi bo‘lgan patsiyentlarda dozani sutkada 1 marta 40 mg gacha oshiriladi. O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolash kursi – 2-4 hafta, zarurati bo‘lganida – 4-5 hafta; me’da yara kasalligi, reflyuks-ezofagit, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlarida – 4-8 hafta davomida davom ettiriladi. Kasallik simptomlarini kamayishi va yarani chandiqlanishi ko‘pgina hollarda 2 hafta davomida yuz beradi. Ikki xaftalik davolash kursidan keyin yarani to‘liq chandiqlanishi amalga oshmagan patsiyentlarga, davolashni yana 2 hafta davom ettirish kerak. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi boshqa dori vositalari bilan davolashga rezistent bemorlarga, sutkada 40 mg buyuriladi. O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida davolash kursi – 4 hafta, me’da yara kasalligi va reflyuks-ezofagitda – 8 hafta. Zollinger-Ellison sindromida – odatda 60 mg dan sutkada 1 marta; zarurati bo‘lganida dozani sutkada 80-120 mg gacha oshiriladi (dozani 2 qabulga bo‘linadi). Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini qaytalanishini oldini olish uchun – 10 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Helicobacter pylori ni eradikatsiyasi uchun “uchtalik” davolash (1 hafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksitsillin 1 g, klaritromitsin 500 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 20 mg, klaritromitsin 250 mg, metronidazol 400 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 40 mg sutkada 1 marta, amoksitsillin 500 mg va metronidazol 400 mg – sutkada 3 marta) yoki “ikkitalik” davolash (2 xafta davomida: omeprazol 20-40 mg va amoksitsillin 750 mg – sutkada 2 marta yoki omeprazol 40 mg- sutkada 1marta va klaritromitsin 500 mg – sutkada 3 marta yoki amoksitsillin 0,75-1,5 g – sutkada 2 marta) o‘tkaziladi. Alohida holatlarda. jigar yetishmovchiligida 10-20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi (og‘ir darajali jigar yetishmovchiligida sutkalik doza 20 mg dan oshmasligi kerak); buyrak faoliyatini buzilishida va keksa yoshli patsiyentlarda dozalash tartibini to‘g‘rilash talab etilmaydi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya yoki qabziyat, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm; kam hollarda – “jigar” fermentlari faolligini oshishi, ta’m bilishni buzilishi; ayrim hollarda – og‘izni qurishi, stomatit, jigarni mavjud kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – gepatit (shu jumladan, sariqlik bilan), jigar faoliyatini buzilishi. Nerv tizimi tomonidan: og‘ir darajali somatik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘alish, depressiya, jigarni mavjud kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – entsefalopatiya. Tayanch-harakat apparati tomonidan: ayrim hollarda – artralgiya, miasteniya, mialgiya. Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – leykopeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya. Teri qoplamalari tomonidan: kam – teri toshmasi va/yoki qichishish, ayrim hollarda fotosensibilizatsiya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, alopetsiya. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, isitma, bronxospazm, interstitsial nefrit va anafilaktik shok. Boshqalar: kam – ko‘rishni buzilishi, lohaslik, periferik shish, ko‘p terlash, ginekomastiya, uzoq muddat davolash vaqtida me’da glandulyar kistalarni hosil bo‘lishi (xlorid kislotasini sekretsiyasini ingibirlanishi natijasida, xavfsiz, qaytuvchan xarakterga ega).

O‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalar, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ampitsillin efirlari, temir tuzlari, itrakonazol va ketokonazolning so‘rilishini kamaytirishi mumkin (omeprazol me’daning rN ko‘rsatkichini oshiradi). Tsitoxrom R450 ingibitori bo‘lib, diazepam, bilvosita antikoagulyantlar, fenitoin (tsitoxrom CYP2C19 ishtirokida jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalari) ning kontsentratsiyasini oshirishi va chiqarilishini kamaytirishi mumkin, bu ayrim hollarda ushbu dori vositalarining dozasini kamaytirishni talab etishi mumkin. Klaritromitsinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Ayni vaqtda omeprazolni sutkada 1 marta 20 mg dozada uzoq muddat kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propranolol, etanol, tsiklosporin, lidokain, xinidin va estradiol bilan majmuada qo‘llash, ularning plazmadagi kontsentratsiyasini o‘zgartirishiga olib kelmagan. Qon yaratish tizimiga va boshqa dori vositalariga ingibitsiya qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Birga qabul qilinadigan boshqa antatsidlar bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma jarayoni (ayniqsa me’da yarasida) mavjudligini inkor qilish kerak, chunki davolash simptomatikani niqoblaydi, to‘g‘ri tashhis qo‘yishni kechiktirishi mumkin. Ovqat bilan qabul qilish uning samaradorligiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Simptomlari: ongni chalkashishi, ko‘rishni noaniqliligi, uyquchanlik, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, aritmiya, bosh og‘rig‘i. Davolash: simptomatik. Gemodializ yetarli darajada samarali emas. Spetsifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik. Chiqarilish shakli 20 mg li kapsulalar. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil

Retsept bilan. Ulashish: 2 256 Views