Nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lish tez-tezligini baxolash uchun quyidagi mezonlar ishlatiladi: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100 <1/10); ba’zida (>1/1000 >1/100); kam (>1/10000 <1/1000); juda kam (<1/10000 alohida xabarlarni xam qo‘shib) Moddalar almashinuvini buzilishlari: ba’zida – giperurikemiya, gipertriglitseridemiya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – bosh aylanishi, ba’zida – sinkope.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: ba’zida – taxikardiya, arterial gipotenziya, ortostatik gipotenziya.
Teri qoplamalari tomonidan buzilishlar: ba’zida – teri toshmasi, ekzema.
Umumiy xarakterga ega buzilishlar: tez-tez – kuchli toliqish, ba’zida – umumiy holsizlik.
Laboratoriya tekshirishlarining ko‘rsatgichlari: ba’zida – qonda kaliy darajasini pasayishi, qonda kaliy, kaltsiy, mochevina, lipidlar darajasini oshishi.
Qonda siydik kislotasi, mochevina azoti va kreatinin darajasini ahamiyatsiz oshishi, shuningdek gemoglobin va gematokrit ko‘rsatgichlarini ahamiyatsiz pasayishi.
Faol moddalar alohida qo‘llanganida quyidagi nojo‘ya samaralar aniqlangan Olmesartan medoksomil: O‘ta kam hollarda: belda og‘riqlar, bronxit, faringit, sinusit, rinit, kreatinfosfokinaza darajasini oshishi, gematuriya, gipertriglitseridemiya, giperglikemiya, diareya, bosh og‘rig‘i, grippsimon sindrom.
Gidroxlorotiazid: Elektrolitlar balansini buzilishi, shu jumladan giponatriyemiya (charchoqlik, ta’sirchanlik, mushaklarni tirishishi, ongni chalkashishi), gipoxloremik alkaloz, gipokaliyemiya (og‘izni qurishi, chanqoqlik, aritmiya, mushaklarda spazm yoki og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, kuchsizlik), agranulotsitoz, trombotsitopeniya, allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, eshakemi), jigar faoliyatini buzilishi, xoletsistit, pankreatit, podagrani zo‘rayishi, giperurikemiya, anoreksiya, potentsiyani pasayishi, diareya, ortostatik gipotenziya, fotosezuvchanlik, gastralgiya, giperxolesterinemiya, giperglikemiya.