Oksolin rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: dioksotetragidroksitetragidronaftalin (oksolin) – 0,25 g. yordamchi moddalar: suyuq parafin (vazelin moyi), vazelin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dioksotetragidroksitetragidronaftalin

Preparatning savdo nomi:

Oksolin

Farmakalogik guruhi:

viruslarga qarshi vosita.

Dori shakli:

nazal surtma

oqdan och-sariq rangligacha bo‘lgan surtma. Izoh: saqlanganda pushti tus paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi

viruslarga qarshi vosita.

J05AX

Viruslarga qarshi faollikka ega, gripp virusining hujayra membranasi yuzasidagi bog‘lanish joylarini bloklab, hujayralarni ularga virusni kirishidan himoya qiladi.

Shilliq qavatiga surtilganida preparatning taxminan 20% so‘riladi. Organizmda to‘planmaydi va sutka davomida asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Virusli rinitlarni davolash, grippni oldini olish uchun qo‘llanadi.

Mahalliy. Virusli rinitni davolash: burun shilliq qavatiga surtma kuniga 2-3 marta 3-4 sutka davomida surtiladi. Grippni oldini olish uchun: gripp epidemiyasining ko‘tarilgan va maksimal rivojlangan davrida yoki gripp bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo‘lganda, burun shilliq qavatiga har kuni sutkada 2-3 marta 25 kun davomida surtiladi.

Burun shilliq qavatida tez o‘tib ketuvchi achishish hissi, rinoreya.

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

Boshqa dori preparatlari bilan birga qo‘llanganida salbiy ko‘rinishlar aniqlanmagan.

Preparat ko‘zning virusli shikastlarishlarida qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Ehtiyotkorlik bilan Homiladorlik, laktatsiya davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

10 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari ta’riflanmagan.

Retseptsiz.

10 g dan alyumin tubada. Har bir tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.