Oksaliplatin Ebeveretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 ml yoki 20 ml erituvchini tayyorlash uchun muvofiq ravishda 50 mg yoki 100 mg oksaliplatin. Infuziya uchun tayyorlangan 1 ml eritma 5 mg oksaliplatin saqlaydi. Yordamchi modda: laktoza monogidrati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

oksaliplatin (oxaliplatin)

Preparatning savdo nomi:

Oksaliplatin Ebeve

Farmakalogik guruhi:

o‘smalarga qarshi boshqa vositalar, platina birikmalari.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

tiniq, rangsiz yoki och-sariq, rN ko‘rsatkichi 4,0-6,0 bo‘lgan eritma

o‘smalarga qarshi boshqa vositalar, platina birikmalari.

L01XA03.

2 soatlik infuziya yakunida yuborilgan platinaning 15% katta qon aylanish doirasida bo‘ladi, ayni vaqtda qolgan 85% to‘qimalarda tezda taqsimlanadi yoki siydik bilan chiqariladi. Qon va plazma eritrotsitlari bilan qaytmas holda bog‘lanishi shunga olib keladiki, bunda ushbu matritsalar bilan bog‘liq bo‘lgan yarim chiqarilishi davri qon eritrotsitlari va zardob albuminining yarim yashash davriga yaqin bo‘ladi. Ikki haftada bir marta 85 mg/m2 dozada yoki uch haftada bir marta 130 mg/m2 dozada yuborilganida plazma ultrafiltratida platinaning to‘planishi kuzatilmagan. Ushbu matritsada muvozanat holatiga 1-tsiklda erishilgan. In vitro sharoitdagi biotransformatsiyasi nofermentativ parchalanish natijasi bo‘lib hisoblanadi; diaminotsiklogeksan (DACH) halqasi metabolizmida R450 tsitoxromining ishtirokiga doir dalillar yo‘q. Oksaliplatin organizmda sezilarli biotransformatsiyaga uchraydi. 2 soatlik infuziya yakunida plazma ultrafiltratida o‘zgarmagan faol modda aniqlanmagan. Keyinchalik tizimli qon oqimida biotransformatsiyaning tsitotoksik mahsulotlari, shu jumladan monoxlor-, dixlor- va diakva-DACH platina katta miqdordagi nofaol kon’yugatlar bilan bir qatorda identifikatsiya qilingan. Platina asosan siydik bilan ajratiladi. Klirensi, odatda yuborilganidan keyin 48 soatdan oshmaydi. 5-kunga kelib umumiy dozaning taxminan 54% siydikda va 3% dan kam miqdori axlatda aniqlangan. Alohida klinik hollarda farmakokinetikasi. Buyrak yetishmovchiligida klirensni soatiga 17,6±2,18 l dan soatiga 9,95±1,91 l gacha sezilarli darajada pasayishi va taqsimlanish hajmining 330±40,9 l dan 241±36,1 l gacha sezilarli pasayishi kuzatiladi. Buyrak funktsiyasini og‘ir buzilishining platina klirensiga ta’siri o‘rganilmagan.

Oksaliplatin Ebeve 5-ftoruratsil (5-FU) va folinat kislotasi (FA) bilan majmuada quyidagi hollarda: birlamchi o‘sma to‘liq olib tashlanganidan so‘ng III bosqichdagi (Dyuk bo‘yicha – S bosqichdagi) yo‘g‘on ichak rakini ad’yuvant davolashda;metastatik kolorektal rakni davolashda buyuriladi.

Faqat kattalarni davolash uchun mo‘ljallangan Ad’yuvant davolash uchun tavsiya etiladigan doza – 12 ta tsikl (6 oy) davomida har 2 haftada tana yuzasining 1 m2 ga 85 mg dan vena ichiga yuboriladi. Metastatik kolorektal rakni davolash uchun tavsiya etiladigan doza – har 2 haftada tana yuzasining 1 m2 ga 85 mg dan vena ichiga yuboriladi. Dozaga preparatni o‘zlashtiraolishini inobatga olgan holda tuzatish kiritiladi (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).

Oksaliplatinni 5-ftoruratsil va folinat kislotasi bilan majmuada me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish va mukozit), gematologik buzilishlar (neytropeniya, trombotsitopeniya) va nevrologik buzilishlar (o‘tkir va doza to‘planib qolganida rivojlanadigan periferik sensor neyropatiyasi) eng ko‘p uchraydigan noxush nojo‘ya ta’sirlari bo‘lib hisoblanadi. Umuman olganda ushbu nojo‘ya ta’sirlar ko‘proq uchragan va 5-ftoruratsil/folinat kislotasi bilan monoterapiyaga qaraganda 5-ftoruratsil/folinat kislotasini oksaliplatin bilan majmuada yuborilganida yanada og‘irroq ko‘rinishda bo‘lgan. Nojo‘ya samaralar rivojlanishining tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1 000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholash mumkin emas).

Anamnezda oksaliplatinga yoki preparatning yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlikda;emizish davrida;davolashning birinchi kursi boshlanishiga qadar miyelosupressiyada, bu haqida neytrofillarning < 2 x 109/l va (yoki) trombotsitlarning < 100 x 109/l dastlabki darajasi dalolat beradi;davolashning birinchi kursi boshlanishiga qadar funktsional buzilishlari bo‘lgan periferik sensor neyropatiyada;buyrak funktsiyasini og‘ir buzilishlarida (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) qo‘llaniladi.

5-ftoruratsilni yuborishdan bevosita oldin oksaliplatinni 85 mg/m2 dozada bir marta qabul qilgan patsiyentlarda plazmada 5-ftoruratsil darajasini o‘zgarishi kuzatilmagan. Eritromitsin, salitsilatlar, granisetron, paklitaksel va natriy valproati kabi preparatlar bilan іn vitro sharoitda birga qo‘llanilganida plazma oqsillari bilan bog‘lardan oksaliplatinni siqib chiqarilishi kuzatilmaydi.

Preparatni faqat ixtisoslashgan onkologik bo‘limlarda qo‘llash va tajribali onkolog kuzatuvi ostida yuborish lozim. Buyrak yetishmovchiligi O‘rtacha darajada buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun xavfsizligi bo‘yicha ma’lumot cheklanganligi tufayli, preparat qo‘llanilishini faqat patsiyent uchun foyda/xavf nisbati baholanganidan keyin ko‘rib chiqish lozim. Buyrak funktsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur, dozaga esa toksikligiga bog‘liq ravishda tuzatish kiritish kerak. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari Anamnezida platina saqlovchi boshqa preparatlarga allergik reaktsiyalar qayd etilgan patsiyentlar alohida kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Anafilaktoid ko‘rinishlar namoyon bo‘lganida infuziya darhol to‘xtatiladi va tegishli simptomatik davolash boshlanadi. Oksaliplatinni bunday patsiyentlarga takroran yuborish taqiqlanadi. Platinaning barcha birikmalari bilan kesishgan reaktsiyalar, gohida o‘lim bilan yakunlanadigan reaktsiyalar qayd etilgan. Ekstravazatsiya yuz berganida infuziya darhol to‘xtatiladi va odatdagi mahalliy simptomatik davolash boshlanadi. Nevrologik simptomlar Oksaliplatinning nevrologik toksikligini, ayniqsa spetsifik nevrologik toksikligiga ega bo‘lgan boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur. Nevrologik tekshiruv har bir yuborilishidan oldin, shuningdek keyinchalik davriy o‘tkazilishi kerak. Agar 2 soatlik infuziya vaqtida yoki undan keyin dastlabki bir necha soatlar davomida o‘tkir hiqildoq-halqum dizesteziyasi rivojlansa, oksaliplatinning keyingi infuziyasi 6 soat davom etishi kerak. Periferik sensor neyropatiya Nevrologik simptomlar (paresteziya, dizesteziya) rivojlanganida mavjud simptomlarning davomiyligi va og‘irlik darajasini inobatga olgan holda oksaliplatin dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi, aynan esa: agar simptomlar yetti kundan ortiq davom etayotgan va diskomfortni keltirib chiqarayotgan bo‘lsa, keyingi yuborilganida oksaliplatin dozasini 85 mg/m2 dan 65 mg/m2 gacha (metastatik kolorektal rakni davolash uchun qo‘llanilganida) yoki 75 mg/m2 gacha (ad’yuvant davolash uchun qo‘llanilganida) pasaytiriladi;agar funktsional buzilishlarsiz paresteziya keyingi tsiklgacha saqlanib qolinsa, keyingi yuborilganida oksaliplatin dozasini 85 mg/m2 dan 65 mg/m2 gacha (metastatik kolorektal rakni davolash uchun qo‘llanilganida) yoki 75 mg/m2 gacha (ad’yuvant davolash uchun qo‘llanilganida) pasaytiriladi;agar funktsional buzilishlar bilan paresteziya keyingi tsiklgacha saqlanib qolinsa, oksaliplatinni qo‘llash to‘xtatilishi zarur;agar ushbu simptomlar oksaliplatin bilan davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘qolsa, davolashni qaytadan boshlash masalasini ko‘rib chiqish mumkin. Periferik sensor neyropatiyaning turg‘un simptomlari davolash yakunlanganidan keyin ham saqlanishi mumkin. Ad’yuvant davolashda chegaralangan o‘rtacha paresteziya yoki funktsional faollikka salbiy ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan paresteziya davolash to‘xtatilganidan keyin uch yilgacha muddat davomida saqlanib qolishi mumkin. Qaytuvchan orqa leykoentsefalopatiya sindromi Oksaliplatinni majmuaviy davolashda qabul qilayotgan patsiyentlarda qaytuvchan orqa leykoentsefalopatiya sindromi (QOLS) hollari qayd etilgan. QOLS kam uchraydigan, qaytuvchan, tezda rivojlanadigan nevrologik holat bo‘lib, u tirishishlar, qon bosimini oshishi, bosh og‘rig‘i, ongning xiralashishi, ko‘rlik va ko‘rish a’zosi va nerv tizimi tomonidan boshqa buzilishlar bilan kechishi mumkin. QOLS tashhisi bosh miyani vizualizatsiyasi usullari, asosan MRT (magnit-rezonans tomografiyasi) yordamida tasdiqlanadi. Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, degidratatsiya va gematologik o‘zgarishlar Agar oksaliplatin yuborilganidan keyin ko‘ngil aynishi va qusish bilan namoyon bo‘ladigan me’da-ichak toksikligi rivojlansa, profilaktika va (yoki) davolash maqsadlarida qusishga qarshi vositalar qo‘llaniladi. Og‘ir diareya/qusish, ayniqsa oksaliplatinni 5-ftoruratsil bilan majmuada qo‘llanilganida suvsizlanish, paralitik ileus, ichak tutilishi, gipokaliyemiya, metabolik atsidoz va buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin. Gematologik toksiklik rivojlanganida (neytrofillar < 1,5 x 109/l yoki trombotsitlar < 50 x 109/l) keyingi davolash kursini gematologik ko‘rsatkichlar maqbul darajagacha qayta tiklanmaguncha qoldirib turish lozim. Oksaliplatin bilan davolash boshlanishiga qadar va har bir keyingi davolash kursi oldidan kengaytirilgan leykotsitar formulasi bilan umumiy qon tahlilini bajarish zarur. Oksaliplatin va 5-ftoruratsil yuborilganidan keyin diareya/qusish, mukozit/stomatit va neytropeniya xavfi mavjud; bunday simptomlar mavjud bo‘lganida davolovchi shifokoringiz bilan shoshilinch ravishda bog‘lanish lozim va u tegishli davolashni ta’minlab beradi. Neytropeniya bilan yoki usiz kechadigan mukozit/stomatit rivojlanganida keyingi yuborilishini mukozit/stomatit simptomlari 1-darajagacha yoki undan kamga pasaymagunicha va (yoki) neytrofillar soni ≥ 1,5 x 109/l ga yetmagunicha qoldirib turish kerak. Oksaliplatinni 5-ftoruratsil bilan (folinat kislotasi bilan yoki usiz) majmuada qo‘llanilganida 5-ftoruratsil keltirib chiqargan toksiklikka bog‘liq holda dozaga odatdagi tuzatish kiritilishi kerak. 4-darajali diareya, 3–4-darajali neytropeniya (neytrofillar < 1 x 109/l), 3–4-darajali trombotsitopeniya (trombotsitlar < 50 x 109/l) rivojlanganida 5-ftoruratsil dozasini pasaytirishga qo‘shimcha ravishda oksaliplatin dozasini 85 mg/m2 dan 65 mg/m2 gacha (metastatik kolorektal rakni davolash uchun qo‘llanilganida) yoki 75 mg/m2 gacha (ad’yuvant davolashda) pasaytirish zarur. O‘pka tomonidan ko‘rinishlar Quruq yo‘tal, hansirash, o‘pkada nam xirillash yoki infiltratlar (rentgenografiya ma’lumotlariga ko‘ra) kabi tushuntirib bo‘lmaydigan respirator simptomlar rivojlanganida o‘pkaning interstitsial kasalligi mavjudligi holatini istisno qilishga qadar oksaliplatin yuborilishi to‘xtatiladi. Homiladorlik Ayollar oksaliplatin bilan davolanish vaqtida homiladorlikdan saqlanishlari kerak. Davolash davomida va u yakunlanganidan keyin 4 oy davomida samarali kontratseptsiya vositalarini qo‘llash zarur. Fertillik Oksaliplatinning klinik oldi sinovlarida genotoksik ta’sirlar kuzatilgan. Shu sababli oksaliplatin bilan davolanayotgan erkaklarga davolash davomida va u yakunlanganidan keyin 6 oy davomida homilador qilmaslik maslahat beriladi. Oksaliplatin qaytmas bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkinligi tufayli, davolash boshlanishiga qadar spermani konservatsiya qilish haqidagi masala bo‘yicha maslahat olish uchun murojaat qilish lozim. Immunodepressant samaralar/infektsiyalarga yuqori moyillik

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri o‘rganilmagan. Oksaliplatin bilan davolash bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va qusish xavfini oshishiga, qadam tashlash va muvozanatga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa nevrologik simptomlarning paydo bo‘lishiga, shuningdek ko‘rishni buzilishlariga (ko‘rish qobiliyatini o‘tkinchi yo‘qotilishiga) olib keladi, bu esa transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqida patsiyentlarni ogohlantirish zarur. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Korxona o‘ramiga joylangan dori vositasi. 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda original o‘ramida saqlansin.

Oksaliplatin uchun antidot noma’lum. Doza oshirib yuborilganida noxush ko‘rinishlar kuchayishi mumkin. Gematologik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish va simptomatik davolashni boshlash zarur.

Retsept bo‘yicha beriladi

Rangsiz shishadan tayyorlangan, rezina tiqinli va plastik qopqoqlari bo‘lgan alyuminiy himoyalovchi qalpoqchali flakonlar. O‘ramining o‘lchami: 50 mg yoki 100 mg dan 1 ta flakon preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil. Original flakonda tayyorlangan eritma: infuzion eritmani tayyorlash uchun darhol foydalanish lozim. Infuziya uchun eritma. Mikrobiologik nuqtai nazardan qaralganda infuziya uchun eritmadan darhol foydalanish lozim. Tayyorlangan eritmani 5% li glyukoza eritmasi bilan eritilganidan keyin kimyoviy va fizik barqarorligi 2°C dan 8°C gacha haroratda 24 soat davomida isbotlangan. Agar eritmadan darhol foydalanilmasa, saqlash sharoitlari va muddatlari uchun foydalanuvchi javobgar bo‘ladi.