Oksaliplatinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir butilka/flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: oksaliplatin – 50 mg yoki 100 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

oksaliplatin

Preparatning savdo nomi:

Oksaliplatin

Farmakalogik guruhi:

O‘smalarga qarshi preparatlar. Ankillovchi birikmalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma tayyorlash uchun liofillangan kukun 50 mg va 100 mg.

oq yoki deyarli oq rangli kukun yoki g‘ovaksimon massa.

O‘smalarga qarshi preparatlar. Ankillovchi birikmalar.

L01XA03

birlamchi o‘smani radikal rezektsiyasidan keyin, kolorektal rakning III bosqichini (Dyuk tasnifi bo‘yicha S) 5-ftoruratsil va folat kislotasi bilan majmuada ad’yuvant davolash;tarqalgan kolorektal raki (monoterapiya sifatida yoki 5- ftoruratsil va folat kislotasi bilan majmuada majmuaviy davolashda) da qo‘llaniladi.

Vena ichiga 2-6 soatlik infuziya ko‘rinishida qo‘llanadi. Oksaliplatin qo‘llanganida gipergidratatsiya talab qilinmaydi. Faqat kattalarda qo‘llaniladi. Preparatni eritma tayyorlanishi bilanoq darhol qo‘llash kerak. 5 – Ftoruratsil bilan majmuada qo‘llanganda, oksaliplatinning infuziyasi 5-ftoruratsilni yuborilishidan oldin o‘tkazilishi lozim. Kolorektal rakni ad’yuvant davolash: 85 mg/m2 dan 12 tsikl (6 oy) davomida 2 haftada 1 marta buyuriladi. Tarqalgan kolorektal rakni davolash: 85 mg/m2 dan 2 haftada 1 marta monoterapiya sifatida yoki 5-ftoruratsil bilan majmuada buyuriladi. Oksaliplatinni takroriy yuborish, faqat neytrofillar soni 1500/mkl va trombotsitlar soni – 50000/mkl dan ortiq bo‘lganida o‘tkaziladi.

Oksaliplatinni, shu jumladan 5-ftoruratsil/folat kislotasi bilan majmuada qo‘llanganida eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya samaralari me’da-ichak yo‘llari tomonidan reaktsiyalar (diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, mukozit), gematologik reaktsiyalar (neytropeniya, trombotsitopeniya) va nevrologik reaktsiyalar (o‘tkir va kumulyativ dozaga bog‘liq periferik sensor neyropatiya) bo‘lgan. Umuman olganda, bu nojo‘ya ta’sirlar, oksaliplatinni 5-ftoruratsil/folat kislotasi bilan majmuaviy davolashda, faqat 5-ftoruratsil va folat kislotasini monoterapiyada qo‘llanganiga nisbatan ko‘proq kuzatilgan va og‘irroq bo‘lgan. Quyida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi, quyidagi gradatsiyaga muvofiq keltirilgan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100, <1/10); tez-tez emas (>1/1000, <1/100); kam hollarda (>1/1000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida xabarlar. Qon yaratish tizimi tomonidan: juda tez-tez – anemiya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, limfopeniya; tez-tez – febril neytropeniya (shu jumladan 3-4 darajali), neytropeniya fonidagi sepsis, kam hollarda – gemolitik anemiya, immun trombotsitopeniya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, stomatit, mukozit, me’da sohasida og‘riqlar, qabziyat, ishtahani yo‘qolishi; tez-tez – dispepsiya, gastro-ezofageal refleks, xichoq tutishi; tez-tez emas – ichak tutilishi; kam hollarda – kolit, shu jumladan, soxtamembranoz kolit. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – periferik neyrosensor neyropatiya, sezuvchanlikni buzilishi, bosh og‘rig‘i, asteniya; tez-tez – bosh aylanishi, meningizm, depressiya, uyqusizlik; tez-tez emas –asabiylik; kam hollarda – dizartriya. Neyrotoksiklik dozani cheklovchi nojo‘ya ta’sir hisoblanadi. Ko‘pincha sensor neytropatiya simptomlari sovuq ta’sirida qo‘zg‘aladi. Odatda kurslar orasidagi vaqtda yig‘iladigan bu simptomlarning davomiyligi, oksaliplatinning umumiy dozasiga qarab oshadi. Aniq harakatlarni bajarishdagi qiyinchilik ko‘rinishidagi funktsional buzilishlar, ehtimol sensor shikastlanishning oqibatlari bo‘lishi mumkin. Taxminan 850 mg/m2 (10 tsikl) li yig‘indi doza uchun funktsional buzilishlarning xavfi taxminan 10% ni tashkil qiladi, yig‘indi doza 1020 mg/m2 (12 tsikl) bo‘lganida 20% gacha yetadi. Ko‘pchilik hollarda nevrologik simptomlar davolash to‘xtatilganidan keyin kuchsizlashadi yoki ular batamom o‘tib ketadi. Biroq 3% bemorlarda davolash tugaganidan keyin 3 yildan so‘ng o‘rtacha jadallikka ega barqaror chegaralangan paresteziyalar (2,3%) yoki funktsional faollikka ta’sir qiluvchi paresteziyalar (0,5%) kuzatilgan. Oksaliplatin bilan davolanish fonida o‘tkir neyrosensor ko‘rinishlar aniqlangan, ular odatda preparat yuborilganidan keyin bir necha soat davomida paydo bo‘lgan va ko‘proq sovuqning ta’sirida qo‘zg‘algan. Ular o‘tkinchi paresteziya, dizesteziya yoki gipesteziya bilan, kam (1-2%) hollarda hiqildoq-tomoq dizesteziyaning o‘tkir sindromi bilan xarakterlangan. Oxirgisi, disfagiya va respirator distress–sindromning obyektiv belgilarsiz (tsianoz yoki gipoksiya), yoki hansirashning subyektiv hissi bilan yoki hiqildoq spazmi yoki bronxospazm bilan (stridor yoki xushtaksimon nafassiz) namoyon bo‘lgan. Shuningdek, chaynov muskullari, til dizesteziyasi, dizartriya va ko‘krak qafasida bosim hissi kabi holatlar kuzatilgan. Odatda bu simptomlar ham medikamentoz davolashni qo‘llamasdan, ham antigistamin va bronolitik vositalarni yuborilishi oqibatida tezda bartaraf bo‘lgan. Oksaliplatin bilan davolashning keyingi tsikllarida infuziya vaqtini oshirish, bu sindromning tez-tezligini kamaytirish imkonini beradi. Suyak-mushak tizimi tomonidan: juda tez-tez – belda og‘riqlar; tez-tez – artralgiya, suyaklarda og‘riqlar. Nafas a’zolari tomonidan: juda tez-tez – yo‘tal, hansirash, tez-tez – rinit, yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari; juda kam hollarda – o‘pka fibrozi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘krak qafasida og‘riqlar, chuqur venalarning tromboflebiti, o‘pka  arteriyalarining arteriyalarining tromboemboliyasi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez – gematuriya, dizuriya. Teri va teri to‘qimalari tomonidan: juda tez-tez – alopetsiya, teri toshmalari; tez-tez – kaft va oyoq panjalari terisining qipiqlanishi, eritematoz toshmalar, kuchli terlash, tirnoqlar tomonidan o‘zgarishlar. Ko‘rish va eshitish a’zolari tomonidan: tez-tez – kon’yunktivit, ko‘rishni buzilishi; kam hollarda – ko‘rish o‘tkirligini tranzitor pasayishi, ko‘rish maydonini tushib qolishi, eshitishni pasayishi, eshitish nervining nevriti. Allergik reaktsiyalar: kam hollarda (yoki monoterapiya qo‘llanganda) yoki  tez-tez (5-ftoruratsiya+/- kaltsiy folinati bilan majmuada) bronxospazm, angionevrotik shish, gipotenziya va anafilaktik shok kuzatilishi mumkin. Toshma (asosan eshakemi), kon’yunktivit yoki rinit kabi allergik  reaktsiyalar holatlari aniqlangan. Mahalliy reaktsiyalar: preparatning ekstravazatsiyasida (qon tomiridan tashqariga tushishi) – yuborish joyida og‘riqni va reaktsiyalari kuzatiladi. Laborator ko‘rsatkichlari tomonidan: juda tez-tez – ishqoriy fosfataza darajasini, “jigar” fermentlari faolligini, bilirubinning tarkibi, laktatdegidrogenazaning miqdorini oshishi,gipokaliyemiya, qon zardobida natriy va glyukozaning miqdorini o‘zgarishi; tez-tez – kreatinin miqdorini oshishi. Boshqalar: juda tez-tez –tana haroratini oshishi, kuchli toliqish, tana vaznini oshishi, ta’mni buzilishi kuzatiladi.

oksaliplatinga yoki preparatning boshqa tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;birinchi davolash kursini boshlanishidan oldingi miyelosupressiya (neytrofillar soni 2000/mkl dan kam va/yoki trombotsitlar soni 100000/mkl dan kam).birinchi davolash kursi boshlangunicha bo‘lgan funktsional buzilishlar bilan kechuvchi periferik sensor neyropatiya,buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam),homiladorlik,emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Oksaliplatin ishqoriy eritmalar va xlor saqlovchi eritmalar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosibdir. Bevosita 5- ftoruratsilni yuborishdan oldin oksaliplatinning 85 mg/mm2 bir martalik dozasi yuborilganda,5 -ftoruratsilning darajasini o‘zgarishi aniqlanmagan. Eritromitsin, salitsilatlar, granisetron, paklitaksel va natriy valproati bilan bir vaqtda qo‘llanilganda in vitro sharoitida oksaliplatinni plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishining jiddiy o‘zgarishlari qayd etilmagan.

Oksaliplatin bilan davolashni faqat tsitotoksik preparatlarni qo‘llash tajribasiga ega bo‘lgan shifokor nazorati ostida amalga oshirish  kerak. Oksaliplatin bilan davolashda bo‘lishi mumkin bo‘lgan toksik samaralarni doimiy nazorat qilish shart. Muntazam (haftada 1 marta), shuningdek Oksaliplatin medak preparatini har bir yuborishdan oldin periferik qonning shaklli elementlarini va buyrak va jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini nazoratini o‘tkazish lozim. Oksaliplatin preparati bilan har bir davolash tsiklini boshlashdan oldin, neyrotoksiklik belgilarini aniqlash maqsadida nevrologik tekshiruvni o‘tkazish kerak. Bemorlar davolash tugaganidan keyin periferik sensor neyropatiyaning barqaror simptomlari paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. Funktsional buzilishlar bilan kechuvchi lokalizatsiyalangan o‘rtacha paresteziyalar, preparatni ad’yuvant qo‘llash sxemasi bo‘yicha davolash tugaganidan keyin 3 yilgacha saqlanib qolishi mumkin. Quruq yo‘tal, dispnoe, xirillashlar yoki rentgenologik tekshiruvlarda o‘pka infiltratlarini aniqlanishi kabi simptomlari paydo bo‘lganida, Oksaliplatin preparati bilan davolashni, interstitsial pnevmonitning borligi istisno qilingunicha to‘xtatib turish kerak. Degidratatsiya, paralitik ileus, ichak tutilishi, gipokaliyemiya, metabolik atsidoz va buyrak yetishmovchiligi kabi simptomlar, ayniqsa oksaliplatinni 5-ftoruratsil bilan majmuada qo‘llanganida, og‘ir diareya yoki qusish oqibatida yuz berishi mumkin. Anamnezida platinaning boshqa birikmalariga allergik reaktsiyalari bor bo‘lgan bemorlarni allergik simptomlar mavjudligini nazorat qilish lozim. Oksaliplatinga anafilaktik reaktsiyalar yuz bergan hollarda, infuziyani darhol to‘xtatish va tegishli simptomatik davolashni buyurish lozim. Allergik reaktsiyalar yuz bergan hollarda oksaliplatin preparatini keyinchalik qo‘llash mumkin emas. Jigar metastazalari bilan bog‘liq bo‘lmagan jigar funktsiyasini buzilishlari yoki portal gipertenziya paydo bo‘lganida, preparatni qo‘llanishi oqibatida ancha kam hollarda yuz beradigan gepato-vaskulyar buzilishlar rivojlanishi mumkinligini hisobga olish lozim. Ekstravaziya hollarida infuziyani darhol to‘xtatish va mahalliy simptomatik davolashni boshlash kerak. Preparatning qolgan dozasini boshqa venaga yuborish lozim. Erkaklar va ayollar  oksaliplatin bilan davolanish vaqtida va davolangandan keyingi 6 oy davomida ishonchli kontratseptsiya usullarini qo‘llashlari lozim. Oksaliplatin preparatini ishlatilganida, tsitostatik preparatlarni qo‘llash uchun qabul qilingan barcha yo‘riqnomalariga amal qilinishi kerak. Oksaliplatin preparatining liofilizati yoki eritmasi teriga yoki shilliq qavatlarga tushganida, ularni suv bilan darhol yaxshilab yuvib tashlash lozim. Preparatningmtarkibida laktoza mavjud, shuning uchun galaktozani kam nasliy o‘zlashtiraolmaydigan, Lappa laktaza tanqisligi va glyukoza-galaktozani malabsorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlikda va laktatsiya  davrida  qo‘llanilishi. Homiladorlik  vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Avtotransportni va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. O‘rganilmagan. Biroq, oksaliplatinni qo‘llash bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish va reaktsiya adekvatligi va tezligiga ta’sir qiluvchi, va shu yo‘l bilan  avtotransportni va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatini pasaytiruvchi boshqa nevrologik simptomlarning ko‘rinishlarini paydo bo‘lish xavfini oshiradi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: keltirilgan nojo‘ya samaralarini yanada kuchayishi. Davolash: maxsus antidoti yo‘q. Gematologik ko‘rsatkichlarni nazorati va simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Retsept bo‘yicha

50 mg yoki 100 mg butilka yoki flakonlarda. Butilka yoki flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Statsionarlar uchun o‘rami: 20 o‘ramdan (50 mg dozasi uchun) yoki 12 o‘ramdan (100 mg dozasi uchun) muvofiq qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga guruhli korobkaga joylangan.

2 yil.