Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
benzildimetilmiristoilaminopropilammoniy
Preparatning savdo nomi:
Okomistin
Farmakalogik guruhi:
mikroblarga qarshi vosita.
Dori shakli:
ko‘z tomchilari
rangsiz, tiniq suyuqlik.
mikroblarga qarshi vosita.
S01AX
Okomistin® ko‘z tomchilarini o‘tkir va surunkali kon’yunktivitda, blefarokon’yunktivitda, keratitda, keratouveitda, operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davrlarda yiringliyallig‘lanish asoratlarini oldini olish uchun, shuningdek ko‘z jarohatlarini davolashda qo‘llash tavsiya qilinadi.
Pediatriya amaliyotida 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bakterial kon’yunktivitni davolash uchun qo‘llanadi.
Mahalliy buyuriladi.
Okomistin® ko‘z tomchilari preparati davolash maqsadida kon’yunktiva bo‘shlig‘iga to klinik sog‘ayishgacha 12 tomchidan sutkada 46 marta tomiziladi.
Profilaktika maqsadida preparat operatsiyadan 23 sutka oldin, shuningdek operatsiyadan keyin 1015 kun davomida 12 tomchidan sutkada 3 marta tomiziladi.
Pediatriya amaliyotida 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bakterial kon’yunktivitni davolash uchun Okomistin® kon’yunktiva bo‘shlig‘iga 1 tomchidan sutkada 6 martagacha 7-10 kun davomida tomiziladi.
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Alohida hollarda 1520 sekunddan keyin mustaqil o‘tib ketuvchi yengil achishish hissi, diskomfort yuz berishi mumkin, va u preparatni bekor qilishni talab qilmaydi.
Preparatga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Preparatni 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda faqat bakterial kon’yunktivit ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin, qolgan ko‘rsatmalar bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan cheklovlarga amal qilinadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Kontakt linzalarini Okomistin® preparati ko‘z tomchilarini bevosita tomizish oldidan yechish kerak va tomizilganidan keyin kamida 15 minutdan keyin taqish kerak.
Davolanish vaqtida ko‘zga tomizilganidan keyin 30 minut davomida avtotransportni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlash, psixomotor reaktsiya tezligini va yaxshi ko‘rishni talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi
Okomistin®, ko‘z tomchilari.
5 ml yoki 10 ml dan tiqin-tomchilagich bilan berkitilgan va birinchi ochish nazorati bo‘lgan buraladigan qopqoqli polimer flakonlarda.
3 yil.
Ochilganidan keyin yaroqlilik muddati 1 oy.