O‘ta yuqori sezuvchanlik Tseftriakson bilan har bir yangi davolash kursini boshlashdan avval patsiyentdan tsefalosporinlarga, penitsillinlarga, boshqa beta-laktam antibiotiklariga, dori vositalariga oldingi reaktsiyalar to‘g‘risida so‘rash lozim.
Anamnezida allergiyaning har qanday shakli bo‘lgan, ayniqsa IgE- orqali, penitsillinlarga yoki boshqa beta-laktam antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlikning har qanday turi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Boshqa tsefalosporinlar qo‘llangandagi kabi anafilaktik shok ehtimolini, hatto agarda to‘liq anamnezida muvofiq ko‘rsatmalar bo‘lmasa ham, istisno qilish mumkin emas.
Anafilaktik shok rivojlanganida adrenalin (epinefrin) va glyukokortikoidlarni vena ichiga yuborish kerak.
Bugungi kunda patsiyentlarda (chaqaloqlardan tashqari) tseftriakson va kaltsiy saqlovchi preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida tomir ichida pretsipitatlarini paydo bo‘lishi to‘g‘risida ishonchli ilmiy ma’lumotlar yo‘q.
Ammo kaltsiy saqlovchi erituvchilarni (masalan, Ringer yoki Gartman eritmasi) qo‘llash, aralashtirish yoki bir vaqtda tseftriakson va kaltsiy saqlovchi preparatlarni hamma toifadagi patsiyentlarga yuborish mumkin emas.
Kaltsiy saqlovchi eritmani tseftriakson oxirgi yuborilganidan keyin 48 soat davomida buyurish mumkin emas.
Antibakterial preparatlar bilan keksa yoshli odamlarda, hamda holsizlangan patsiyentlarda, ayniqsa og‘ir kasalliklarni davolash, antibiotik bilan assotsiatsiyalangan diareyalarni, kolitlarni, shu jumladan soxtamembranoz kolitni paydo bo‘lishga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun diareya paydo bo‘lganida tseftriakson bilan davolash vaqtida yoki undan keyin bu tashxislarni, shu jumladan soxtamembranoz kolitini istisno qilish kerak.
Tseftriaksonni qo‘llashni og‘ir va/yoki qon bilan ich ketgan hollarda to‘xtatish va muvofiq davolashni o‘tkazish kerak.
Kerakli davolash bo‘lmaganida toksik megakolon, peritonit, shok rivojlanishi mumkin.
Klostridium diffitsile–assotsiatsiyalangan diareya: slostridium difficile-assotsiatsiyalangan diareya (CDAD) deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan tseftriaksonni ishlatilganda xam aniqlangan va og‘irlik darajasi bo‘yicha o‘rtacha diareyadan to fatal kolitgacha rivojlanishi mumkin.
Antibakterial vositalar bilan davolash yo‘g‘on ichakning normal florasini o‘zgarishiga olib keladi va klostridiylarni o‘sishini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Kasallikning anamnezini sinchiklab yig‘ish lozim, chunki CDAD, ma’lumki, antibakterial preparatlar qo‘llanganidan keyin ikki oy o‘tgach yuz berishi mumkin.
Antibiotik bilan induktsiyalangan immun gemalitik anemiyani, (shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan) tsefalosporinlarni, shu jumladan tseftriaksonni olgan patsiyentlarda rivojlanishi to‘g‘risida habar qilingan.
Tseftriakson bilan davolash vaqtida anemiya rivojlanganida, anemiyani kelib chiqishi sababi aniqlanmagunicha antibiotikni bekor qilish kerak.
Preparat bilan uzoq vaqt davolashda qon manzarasini, jigar va buyraklarning funktsional holatining ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Qo‘llashning o‘ziga xosligi Katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga mushak ichiga inyektsiyalar chuqur bo‘lishi kerak.
Preparat eritmasini yuborishdan oldin igna tomirdan tashqarida ekanligiga ishonch hosil qilish kerak.
Antibakterial preparatlarni qo‘llash sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni, shu jumladan zamburug‘larni haddan ziyod o‘sishiga va superinfektsiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu muvofiq choralarni ko‘rishni talab qiladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun odatda dozani to‘g‘rilashning hojati yo‘q – tseftriaksonni ikkiyoqlama chiqarilish yo‘li hisobiga (buyraklar va jigar orqali).
Kreatinin klirensi 10 ml/min ligida antibiotikning sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak.
Gemodializda bo‘lgan bemorlarga preparatni dializdan keyin qo‘shimcha yuborishning zarurati yo‘q.
Ammo tseftriaksonning qon zardobidagi kontsentratsiyasini dozani to‘g‘rilash mumkinligi bo‘lishi uchun nazorat qilish lozim, chunki bu bemorlarda chiqarilish tezligi pasayishi mumkin.
Bu a’zolarning faoliyatini og‘ir buzilishlari bilan bo‘lgan, bir vaqtda jigar va buyrak yetishmovchiligida, preparatning dozasi tseftriaksonning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini muntazam nazoratisiz 2 g dan oshmasligi kerak.
Yakka hollarda odatda tseftriakson tavsiya qilinganidan yuqori dozalarda qo‘llanganidan keyin, o‘t pufagining exogrammasida qorong‘ilashuv kuzatilishi mumkin (tseftriaksonning kaltsiy tuzlarini preptsipitatlari, ular davolash bekor qilinganidan/tugaganidan keyin yo‘qoladi).
Agarda bu holatlar klinik belgilar bilan kechsa, preparatni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Tseftriakson o‘t yo‘llarida dimlanish havfi omillari bo‘lgan bemorlarda qo‘llanganida pankreatitning yakka hollari ta’riflangan, bu extimol o‘t-safro yo‘llarining obstruktsiyasini oqibatida bo‘lishi mumkin (bunda tseftriaksonning ta’siri ostida hosil bo‘lgan pretsipitatlarning rolini istisno qilish mumkin emas).
K vitaminining sintezini buzilishi yoki yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, jigarning surunkali kasalliklari, keksa yoshli shaxslar, yetarli ovqatlanmaslik) protrombin vaqtini nazorat qilish va u oshganida tseftriakson bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida K vitaminini (haftada 10 mg) buyurish lozim.
Anamnezdagi qon ketishlar va ovqat hazm qilish yo‘llarining kasalliklari, ayniqsa yarali nospetsifik kolit yoki enteritda ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
Tseftriakson boshqa ayrim tsefalosporinlar kabi zardobdagi albumin bog‘idan bilirubinni surib chiqarishi mumkin, shuning uchun preparatni gipebilirubinemiyali yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Tseftraksonni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, ayniqsa bilirubinli entsefalopotiya rivojlanishi xavfi bo‘lgan chala tug‘ilganlarda qo‘llash mumkin emas.
Arterial gipertenziya va suv-elektrolit muvozanatini buzilishlarida qon plazmasida natriyning darajasini nazorat qilish lozim.
Tseftriakson bilan davolash o‘tayotgan patsiyentlarda Kumbs reaktsiyasining soxta musbat natijalarini yakka hollari qayd qilingan.
Tseftriakson boshqa antibiotiklarga o‘xshab siydikda glyukoza nofermentativ usullar bilan aniqlanganida, galaktozemiyaga sinamalarda soxta musbat natijalarni chiqarishi mumkin.
Shuning uchun tseftriakson bilan davolash vaqtida glyukozuriyani faqat fermentativ usul bilan aniqlash lozim.
Boshqalar