Oforretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: ofloksatsin − 200 mg va ornidazol – 500 mg; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, povidon K29/32, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy, natriy kroskarmelloza, Opadray oq, titan dioksidi, makrogol 6000, tozalangan talk, sariq sanset bo‘yovchisi, tozalangan suv, izopropil spirti, dixlometan.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ofloksatsin va ornidazol

Preparatning savdo nomi:

Ofor

Farmakalogik guruhi:

antibakterial va protozoylarga qarshi vositalar.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomoni riskali, to‘q sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

antibakterial va protozoylarga qarshi vositalar.

J01M

Ofloksatsin ichga qabul qilinganidan so‘ng me’da-ichak tizimida deyarli to‘liq so‘riladi, preparatning biokiraolishligi 100% ga yetadi, qon plazmasida preparatning dozasiga bog‘liq maksimal kontsentratsiyaga, qabul qilinganidan so‘ng 30-60 minutdan keyin erishiladi. Organizmdan o‘zgarmagan holda, asosan siydik (90%) bilan chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng ornidazol tez so‘riladi. Maksimal kontsentratsiyaga qabul qilinganidan so‘ng 3 soatdan keyin erishiladi. 15% dan kamroq qismi plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Biokiraolishligi – 90%. Preparat gistogematik, shu jumladan gematoentsefalik to‘siqlar orqali oson o‘tadi, organizmning suyuqlik va to‘qimalariga yaxshi o‘tadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida (qabul qilingan dozaning taxminan 4% o‘zgarmagan holda), 22% ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 12-14 soatni tashkil qiladi.

Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar (mikroorganizm va bir hujayralilar) chaqirgan aralash infektsiyalarni davolashda: siydik-tanosil tizimining kasalliklari: o‘tkir va surunkali piyelonefrit, prostatit, tsistit, epididimit, siydik chiqarish yo‘llarining asoratli yoki qaytalanuvchi infektsiyalari;penitsillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar chaqirgan, jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar;nafas yo‘llarining, Nayemophilus influenzae yoki boshqa grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar, shuningdek tillarang stafilokokk, ichak tayoqchasi, klebsiyella, enterobakteriyalar, protey, Rseudomonas, legionela, stafilokokklar chaqirgan o‘tkir, surunkali va qaytalanuvchi infektsiyalari (bronxitlar, pnevmoniyalar);qorin bo‘shlig‘i a’zolari va o‘t yo‘llarining infektsiyalari, shuningdek amebiaz – amebali dizenteriya, uning ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa amyobali jigar abstsessi; lyamblioz, qorin tifi, salmonellez, shigelez;agar ular grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar (shu jumladan Rseudomonas) yoki stafilokokk tomonidan chaqirilgan bo‘lsa, quloq, tomoq va burunning surunkali va qaytaluvchi infektsiyalarida;og‘iz bo‘shlig‘ining infektsiyalari, o‘tkir nekrotik yarali gingivit;teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari;suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari;immunitet tanqisligi yoki neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda infektsion asoratlarni oldini olish;jarrohlik infektsiyalarini, ayniqsa gastroenterologiyada, operatsiyadan oldingi oldini olish yoki operatsiyadan keyingi davolash;ginekologik kasalliklarda qo‘llanadi.

Preparatni chaynamasdan, suv bilan ichga qabul qilish kerak. Preparatni ham ovqatdan oldin va ham ovqatdan keyin qabul qilishga ruxsat etiladi. Preparatning dozasi va davolashning davomiyligi mikroorganizmlarning sezgirligi va infektsion jarayonning og‘irligi va turiga bog‘liq. Kattalar uchun o‘rtacha dozasi – davolashning davomiyligi 7-10 kun bo‘lganida 1 tabletkadan sutkada 2 marta qabul qilinadi; davolashni kasallikning klinik simptomlari yo‘qolganidan so‘ng kamida 3 kun davom ettirish kerak.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: og‘izda metall ta’mi va og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘irlik va og‘riq, ishtahani yo‘qolishi, diareya, qusish; Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, rigidlik, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, vaqtinchalik hushdan ketish, toliqish, ataksiya, tirishishlar, ongni chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari; Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda leykotsitlar, eritrotsitlar va/yoki qon plastinkalari (leykopeniya, agranulotsitoz, anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya) sonini kamayishi kuzatiladi; Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, taxikardiya; Boshqalar: qonda kreatininning darajasini oshishi, jigar fermentlari, bilirubinning faolligini oshishi, artralgiya, mialgiya; Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizatsiya, Kvinke shishi, ko‘p shaklli eritema; Boshqa nojo‘ya ta’sirlari: gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bilan xastalangan bemorlarda gipoglikemiya bo‘lishi mumkin.

Preparat yoki uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; tutqanoq; anamnezida markaziy nerv tizimini shikastlanishi (xususan, bosh miya jarohatlari, insultdan keyin yoki markaziy nerv tizimining yallig‘lanish jarayonlaridan keyin) bo‘lganida preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparatni bolalarga, o‘smirlarga, homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurish mumkin emas, chunki preparatni ushbu patsiyentlar guruhida qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emas.

Antatsidlar yoki tarkibida temir bo‘lgan vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, preparatning samaradorligi pasayadi, shu sababli preparatni yuqorida keltirilgan vositalarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki qabul qilingandan so‘ng 2 soatdan keyin qabul qilinadi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) bilan bir vaqtda qabul qilinganida, tirishishlarni rivojlanish xavfi oshadi. Probenetsid, tsimetidin, furosemid va metotreksat preparatni organizmdan chiqarilishini tormozlab, zaharliligini oshirishi mumkin. Glibenklamidning kontsentratsiyasini oshiradi. Geparin saqlagan eritmada aralashtirish mumkin emas (pretsipitatsiya xavfi mavjud). Preparat kumarin qatori antikoagulyantlarining samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidining miorelaksatsiya qiluvchi ta’sirini uzaytiradi.

Preparat bilan davolanish vaqtida fotosensibilizatsiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli, quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siridan, ultrabinafsha nurlari bilan nurlanishdan (simob-kvarts lampalari, solyariy) saqlanish kerak. Ofor preparati ambulator bemorlarda pnevmoniyani davolash uchun qo‘llanadigan birinchi qator dori vositasi hisoblanmaydi (pnevmoniyaning qo‘zg‘atuvchisi ko‘pchilik hollarda – pnevmokokk bo‘ladi). Nojo‘ya ta’sirlari, ayniqsa markaziy nerv tizimi tomonidan, allergik reaktsiyalar rivojlanganida, dori vositasini bekor qilish lozim. Preparat bilan davolanish vaqtida diareyani rivojlanishi soxtamembranoz kolitning belgilari bo‘lishi mumkin. Bu asoratni rivojlanganligiga shubha tug‘ilganida, preparatni qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish va shoshilinch antibakterial terapiyani (ichga – vankomitsin yoki metronidazol) buyurish kerak. Ichak peristaltikasini susaytiradigan preparatlarni qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyatini buzilishi yoki jigarni og‘ir darajadagi shikastlanishlari (tsirroz) bo‘lgan bemorlarga preparatning o‘rtacha sutkalik dozasini (2 tabletka) oshirish mumkin emas. Preparat uzoq muddat qabul qilinganida ikkilamchi infektsiya (preparatga rezistent mikroorganizmlarning o‘sishi sababli) rivojlanishi mumkin. Ikkilamchi infektsiya rivojlanganida, muvofiq choralar ko‘rilishi lozim. Preparat alkogol bilan nomutanosibdir! Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Preparatni homilador va emizikli ayollarga buyurish mumkin emas. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Preparatning ba’zi nojo‘ya ta’sirlari (bosh aylanishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, ko‘rish va eshitish qobiliyatini buzilishi, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi) psixomotor reaktsiyalar tezligini sekinlashtirishi va avtotransport vositalarini boshqarish yoki potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Original o‘ramda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tirishishlar; ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi va qusish, shilliq qavatlarni eroziyasi bo‘lishi mumkin. Davolash: simptomatik. Spetsifik antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.