Oflomelidretsept bilan

Preparatning savdo nomi:

Oflomelid

Farmakalogik guruhi:

sirtga qo‘llash uchun majmuaviy mikroblarga qarshi vosita.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun surtma.

oq yoki deyarli oq rangli surtma.

sirtga qo‘llash uchun majmuaviy mikroblarga qarshi vosita.

D06BX.

Turli lokalizatsiyali va yara jarayonining birinchi (yiringli-nekrotik) fazasidagi infektsiyalangan yaralar, shu jumladan yaqqol og‘riq sindromi (II-IV darajali infektsiyalangan kuyishlar, yotoq yaralar, trofik yaralar, operatsiyadan keyingi va jarohatdan keyingi yaralar va oqma yaralar, abstsesslar, flegmonalarni ochishdan keyingi yaralar, abstsesslanuvchi furunkullarni, karbunkullarni, gidradenitlarni, yiringlagan ateromalarni, lipomalarni birlamchi jarroxlik ishlovidan keyinga yaralar) bilan kechuvchi yaralarda qo‘llanadi.

Kuniga 1 marta 1-2 xafta davomida sirtga qo‘llanadi. Yaralarga va kuygan yaralarga standart ishlov berilganidan keyin surtma yupqa qavat qilib (undan keyin steril marli bog‘lam qo‘yiladi) yoki marli bog‘lam va keyinchalik shikastlangan sohaga applikatsiya yo‘li bilan bevosita yara yuzasiga qo‘yiladi. Surtma bilan shimdirilgan tamponlar yiringli yaralarga jarroxlik ishlovi berilgandan keyin siyrak qilib to‘ldiriladi, surtmali marli turundalar esa oqma yaralar yo‘liga qo‘yiladi. Yiringli yaralarni davolashda surtma sutkada 1 marta, kuygan yaralarni davolashda – yiringli ajralma miqdoriga qarab har kuni yoki xaftasiga 2-3 marta qo‘llanadi. Maksimal sutkalik doza 100 g dan oshmasligi kerak. Davolash davomiyligi yarani yiringli ekssudatdan tozalanish dinamikasi va yallig‘lanish jarayonini bartaraf etilishi muddatlariga bog‘liq.

Allergik reaktsiyalar.

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llanilayotgan preparatlarning samaradorligi va xavfsizligini kamayishiga olib keluvchi dori vositalarining o‘zaro ta’sirlari holatlari aniqlamagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25oS gacha haroratda.

Retsept bo‘yicha

Sirtga qo‘llash uchun surtma. 30 g, 50 g yoki 100 g dan alyumin tubalarda. 30 g, 50 g yoki 100 g dan plastmassa qopqoq bilan berkitilgan to‘q sariq rangli shisha bankalarda. 200 g, 400 g dan birinchi ochish nazoratli polimer bankalarda. Statsionarlar uchun 5 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan 200 g, 400 g dan birinchi ochish nazoratli polimer bankalarda. Statsionarlar uchun 5 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan 1000 g dan buraladigan qopqoqli polimer bankalarda. Statsionarlar uchun 5 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan 1000 g, 2000 g dan plastmassa qopqoq bilan berkitilgan to‘q sariq rangli shisha bankalarda. Har bir 30 g, 50 g, 100 g, 200 g, 400 g li tuba yoki banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Tubalar: 4 yil. Bankalar: 4 yil. Banka ochilgandan keyin 3 oy davomida ishlatilsin.