Nugrelretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: 75 mg klopidogrelga ekvivalent bo‘lgan klopidogrel biosulfati Yordamchi moddalar: suvsiz laktoza, mikrokristallik tsellyuloza, qayta jelatinlangan kraxmal, gidrogenlangan kanakunjut moyi, polietilenglikol, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, krospovidon, gipermeloza, titan dioksidi, propilenglikol, temir oksidi, izopropil spirti, dixlormetan.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

klopidogrel

Preparatning savdo nomi:

Nugrel

Farmakalogik guruhi:

antiagregantlar.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

antiagregantlar.

V01AS04

Nugrel ichga qabul qilinganida tez so‘riladi. Qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilinganidan so‘ng taxminan 1 soatdan keyin erishiladi. So‘rilishi taxminan 50% tashkil qiladi va ovqat bilan bir vaqtda qabul qilishga bog‘liq emas. Klopidogrel va uning asosiy metabolitining (98 va 94% ga muvofiq) asosiy qismi qon plazmasi oqsillari bilan qaytuvchan bog‘lanadi. Faol metaboliti – tiol hosilasi – Klopidogrelni oksoklopidogrelgacha oksidlanishi, keyinchalik gidrolizlanishi yo‘li orqali hosil bo‘ladi. Bu oksidlanish tsitoxrom R450 ishtirokida yuz beradi. Faol metaboliti trombotsitlarning retseptorlari bilan tez va qaytmas bog‘lanadi va ularning agregatsiyasini tormozlaydi. U qon zardobida aniqlanmaydi. Bir marta yoki qayta qabul qilinganidan keyin Klopidogrelning yuborilgan dozasining 50% siydik bilan, 46% – ahlat bilan chiqariladi. Asosiy metabolitining yarim chiqarilish davri Klopidogrel bir marta yoki qayta qabul qilinganidan keyin 8 soatni tashkil qiladi.

Yaqqol aterosklerozli bemorlarda ishemik buzilishlarning oldini olish uchun shu jumladan: o‘tkazilgan miokard infarktidan keyin (35 sutkagacha)o‘tkazilgan ishemik insultdan keyin (7 kundan 6 oygacha)periferik arteriyalarning tashhislangan kasalliklaridaST segmentini ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindromida (nostabil stenokardiya yoki patologik majmuaviy Q tishisiz bo‘lgan miokard infarkti), atsetilsalitsil kislotasi bilan birga qo‘llanadi.

Nugrel ichga, sutkada 75 mg dan, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilinadi. Davolashni miokard infarktidan keyin bemorlarda bir necha kundan 35 kungacha bo‘lgan muddatda va ishemik insultdan keyin bemorlarda 7 kundan 6 oygacha bo‘lgan muddatda boshlash lozim. ST segmentini ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindromli bemorlarda preparat bilan davolashni bir martalik 300 mg dozada boshlash, so‘ngra esa sutkada 75 mg dozada, sutkada 75-325 mg dozada bo‘lgan atsetilsalitsil kislotasi bilan birga davom ettirish kerak. Keksa yoshli patsiyentlarda va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Klopidogrelning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Klopidogrel bilan davolashning davomiyligi aniqlanmagan, ammo 12 oygacha bo‘lgan davolash sxemasidan foydalaniladi. Maksimal samara preparat 3 oy qabul qilinganidan keyin aniqlanadi.

Qon tizimi tomonidan: qon ketishi haqidagi ma’lumotlar nisbatan tez-tez bo‘lgan (ko‘p hollar davolanishning birinchi oyi davomida yuz bergan). Bir necha o‘lim hollari xaqida ma’lumotlar bor (bosh miya ichki, me’da-ichak va retroperitoneal qon ketishlari); teriga qon quyilishlarining og‘ir holatlari haqida ma’lumotlar bor (purpura), suyak-mushak qon ketishlar (gemartroz, gematoma), ko‘zga qon quyilishlar (kon’yunktival, okulyar, retinal), burundan qon ketishlar, qon tupurish, o‘pkadan qon ketishlar, gematuriya va operatsion jarohatlardan qon ketishlar; klopidogrel bilan atsetilsalitsil kislotasini yoki atsetilsalitsil kislotasi bilan geparin bir vaqtda qo‘llanganida shuningdek og‘ir qon ketishlar holati kuzatilgan. Juda kam – trombotsitopenik trombogemolitik purpura, og‘ir trombotsitopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitoz, anemiya, aplastik anemiya/pantsitopeniya. Markaziy nerv tizimi tomonidan: juda kam – ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam – gipotenziya, vaskulit. Nafas tizimi tomonidan: juda kam – bronxospazm. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda kam – kolit (shu jumladan yarali yoki limfotsitar kolit), pankreatit, ta’m bilish hissini o‘zgarishlari, gepatit, jigar faoliyatini buzilishlari. Suyak-mushak tizimi tomonidan: juda kam – artralgiya, artrit. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam – glomerulonefrit. Dermatologik reaktsiyalar: juda kam –bullyoz toshma (ko‘p shaklli eritema), eritematoz toshma, ekzema, yassi temiratki. Allergik reaktsiyalar: juda kam – angionevrotik shish, eshakemi, anafilaktoid reaktsiyalar. Boshqalar: juda kam – tana haroratini oshishi, qonda kreatininni oshishi.

Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi, o‘tkir qon ketishi (shu jumladan me’da va/yoki o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi yoki bosh miya ichki qon quyilishi), homiladorlik (klinik ma’lumotlarning yo‘qligi tufayli), laktatsiya davri, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Preparatni homiladorlikda va laktatsiya davrida buyurish tavsiya qilinmaydi, chunki klinik ma’lumotlar yo‘q.

Atsetilsalitsil kislotasini kollagen bilan induktsiyalangan trombotsitlarning agregatsiyasiga bo‘lgan ta’sirini potentsiyalaydi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni klopidogrel bilan birga buyurish ehtiyotkorlikni talab qiladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan klinik sinov ma’lumotlari bo‘yicha, Nugrel geparin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, geparinga bo‘lgan umumiy ehtiyojni ham, geparinning qonning ivishiga bo‘lgan ta’sirini ham o‘zgartirmaydi. Bir vaqtda uzoq muddat geparinni qo‘llash, Nugrelning trombotsitlarni agregatsiyasiga ingibirlovchi ta’sirini o‘zgartirmaydi. Ammo hozirgi vaqtgacha bunday majmuaning xavfsizligi aniqlanmagan va bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ehtiyotkorlikni talab qiladi. Klopidogrelni atenolol, nifedipin, fenobarbital, tsimetidin, estrogenlar, digoksin, fenitoin, teofillin, tolbutamid, antatsid vositalari bilan birga qo‘llanganida, klinik ahamiyatli farmakodinamik o‘zaro ta’siri kuzatilmagan.

Klopidogrel qon ketishining davomiyligini oshiradi. Nugrel jarohatlar, operativ aralashuvlar, koagulopatiyalar oqibatidagi qon ketishini yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Jarrohlik aralashuvlari rejalashtirilganida (agar antiagregant ta’siri maqsadga muvofiq bo‘lmasa) Nugrel bilan davolash kursini operatsiyadan (shu jumladan, stomatologik muolajalarni) 7 kun oldin to‘xtatish lozim. Miokard infarkti bo‘lgan patsiyentlarda Klopidogrel bilan davolashni infarktdan keyingi birinchi bir necha kunda boshlash tavsiya qilinmaydi. Bemorlarni Nugrelni qo‘llash fonida qon ketishini to‘xtatish katta vaqtni talab qilishi to‘g‘risida ogohlantirish lozim, ular shifokorga har bir odatdagi bo‘lmagan qon ketish hollari to‘g‘risida ham xabar berishlari kerak. Bemorlar shifokorni va stomatologni, agar ularga jarrohlik aralashuvlar qilinishi kerak bo‘lsa yoki shifokor patsiyent uchun yangi dori vositasini buyursa, Klopidogrelni qabul qilishlari haqidagi ham xabardor qilishlari kerak. Ahamiyatsiz kesilishlarda (soqol olish vaqtida) yoki boshqa maishiy jarohatlarda qon ketishini to‘xtatish uchun odatda maxsus choralar talab qilinmaydi. Sezilarli kesilishlarda yoki jarohatlarda shifokorning shoshilinch maslahati kerak. Haddan ziyod qon ketishining belgilari paydo bo‘lganida (milklarni qonashi, menorragiyalar, gematuriya) gemostaz tizimini tekshirish ko‘rsatilgan (qon ketish vaqti, trombotsitlar soni, trombotsitlarning funktsional faollik sinamalari). Jigar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarni Klopidogrel bilan davolashda gemorragik diatezning rivojlanishi ehtimolini hisobga olish lozim. Jigar faoliyatining laboratoriya ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi. Buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga Klopidogrel buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Klopidogrelni bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda.

Simptomlari: qon ketishi vaqtini uzayishi. Davolash: trombotsitar massani quyish, spetsifik antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 1 125 Views

3 yil.