Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
100 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: natriy xloridi – 0,9 g; yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
natriy xloridi
Preparatning savdo nomi:
NS
Farmakalogik guruhi:
tuzli eritma
Dori shakli:
vena ichiga yuborish uchun eritma
ko‘rinadigan zarrachalardan holi bo‘lgan tiniq va rangsiz eritma.
tuzli eritma
V05SV01
Natriy asosan buyraklar orqali chiqariladi, biroq bunday natriyning katta miqdori reabsorbtsiya (buyrak orqali reabsorbtsiya) bo‘ladi.
Natriyning katta bo‘lmagan miqdori axlat bilan va terlaganda chiqariladi.
Hujayradan tashqari izotonik degidratatsiya; giponatriyemiya; parenteral yuboriladigan dori vositalarini suyultirish va eritish (asosiy eritma sifatida) uchun qo‘llanadi.
Vena ichiga (odatda tomchilab) yuboriladi.
Eritmaning kerakli dozasi mEkv yoki mmol natriy, natriy ionlari massasi yoki natriy xloridi massasi (1 g NaCl = 394 mg, 17,1 mEkv yoki 17,1 mmol Na va Sl) da hisoblanishi mumkin.
Dozasi patsiyentning holati, organizm tomonidan yo‘qotilgan suyuqlik, Na+ va Sl- ionlari, patsiyentning yoshi va tana vazniga qarab aniqlanadi.
Plazmada va siydikda elektrolitlarning kontsentratsiyalarini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Kattalar uchun natriy xloridi eritmasining dozasi sutkada 500 ml dan 3 l gacha bo‘lgan hajmni tashkil etadi.
Bolalar uchun natriy xloridi eritmasining dozasi sutkada 1 kg tana vazniga 20 ml dan 100 ml gacha bo‘lgan dozani (bolaning yoshi va tana vazniga qarab) tashkil etadi.
Yuborish tezligi patsiyentning holatiga bog‘liq.
Parenteral yuboriladigan dori vositalarni suyultirish va eritish (asosiy eritma-erituvchi sifatida) uchun ishlatilganda tavsiya etiladigan doza yuboriladigan preparatning bir dozasiga 50 ml dan 250 ml gacha bo‘lgan diapazonda bo‘ladi.
Bunda eritmaning dozasi va yuborish tezligi yuboriladigan preparatni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bilan aniqlanadi.
Atsidoz, gipergidratatsiya, gipokaliyemiya.
To‘g‘ri qo‘llanganida noxush samaralarni rivojlanish ehtimoli kam.
Gipernatriyemiya, atsidoz, giperxloremiya, gipokaliyemiya, hujayradan tashqari gipergidratatsiya; miya va o‘pka shishiga havf tug‘diruvchi tsirkulyator buzilishlar; miya shishi, o‘pka shishi, o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi, GKS katta dozalarini yondosh buyurishda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, periferik shishlar, preeklampsiya, surunkali buyrak yetishmovchiligi (oligo-, anuriya), aldosteronizm va organizmda natriyni ushlanib qolishi bilan bog‘liq boshqa holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Ta’riflanmagan.
Boshqa dori vositalari bilan aralashtrilganda mutanosibligini vizual nazorat qilish kerak.
Buning uchun eritmaning rangini o‘zgarishi va/yoki cho‘kma hosil bo‘lishi, kristallarni, erimaydigan komplekslarni paydo bo‘lishini aniqlash maqsadida tayyor bo‘lgan eritmani vizual kuzatish kerak.
Shuningdek qo‘shiladigan preparatlarni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalariga e’tibor berish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Organizmga ortiqcha miqdorda xloridni tushishi giperxloremik atsidozga olib kelishi mumkin.
Boshqa preparatlarni suyultirish va eritish uchun asosiy eritma sifatida ishlatilganida, ortiqcha yuborilganda kuzatiladigan simptomlar va shikoyatlar ko‘proq yuboriladigan preparatlarning hususiyatlariga bog‘liq.
Eritma ixtiyorsiz ravishda ortiqcha yuborilganida davolashni to‘xtatish va patsiyentning ahvolini baholash kerak.
Retsept bo‘yicha
100 ml, 250 ml yoki 500 ml eritma plastik flakonda yoki plastik paketchada.
Bir flakon yoki paketcha tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga yoki yo‘riqnomasisiz plastik o‘ramga joylangan.