Novokain SEEMretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: prokain gidroxloridi – 25 mg; yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Novokain-SEEM

Farmakalogik guruhi:

mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz eritma.

mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.

N01BA02

mahalliy anesteziya (infiltratsion, o‘tkazuvchi, peridural, epidural, orqa miya – subaraxnoidal, suyak ichi anesteziyasi) uchun.blokadalarni (vagosimpatik va paranefral blokada, ekzemalar, neyrodermit, ishialgiyada paravertebral blokadalarni) bajarish uchun.

Novokain eritmasining dozasi va kontsentratsiyasi jarroxlik aralashuvining xarakteri, qo‘llash usuli, patsiyentning holati va yoshiga bog‘liq. Preparat teri ichiga, mushak ichiga, vena ichiga yuboriladi. Mahalliy anesteziya uchun Infiltratsion anesteziya uchun 0,25%-0,5% eritmalar qo‘llanadi (bir marta yuborish uchun 1 g dan oshmaydi); to‘qimalar infiltratsiyasi usuli bo‘yicha (A.V. Vishnevskiy bo‘yicha) anesteziya qilish uchun – 0,125%-0,25% eritmalar; o‘tkazuvchi, epi- va peridural anesteziya uchun 2% li eritmaning 20-25 ml; orqa miya anesteziyasi uchun – 2% li eritmaning 5 ml qo‘llanadi. Infiltratsion anesteziya uchun (kattalar uchun) quyidagi maksimal dozalar belgilangan: operatsiyani boshida birinchi bir martalik dozasi – 1,25 g (0,25% li eritmaning 500 ml) yoki 0,75 g (0,5% li eritmaning 150 ml) dan oshmaydi. Keyinchalik operatsiyaning har bir soati davomida – 2,5 g (0,25% li eritmaning 1000 ml) yoki 2 g (0,5% li eritmaning 400 ml) dan oshmaydi (adrenalinsiz 0,5 g gacha bir marta va adrenalin bilan 1 g yuboriladi). So‘rilishini kamaytirish va ta’sirini uzaytirish uchun Novokain 0,1% adrenalin eritmasi bilan birga ishlatiladi, uni 2-5 ml Novokain eritmasiga aseptik sharoitda 1 tomchi hisobidan qo‘shiladi. Suyak ichi anesteziyasida 0,25% li eritmani 50-150 ml ni qo‘llash mumkin. Blokadalar o‘tkazish uchun Ekzemalar va neyrodermitda paravertebral blokadani o‘tkazishda sezuvchan nerv tutamlari sohasiga 0,25% li Novokain eritmasini teri ichiga 70-100 ml ni inyektsiya qilish tavsiya etiladi. Paranefral blokadada (A.V.Vishnevskiy bo‘yicha) buyrak atrofi yog‘ kletchatkasiga 0,5% li Novokain eritmasining 50-80 ml yoki 0,25% li Novokain eritmasining 100-150 ml yuboriladi. Vagosimpatik blokadada 0,5% li Novokain eritmasining 30-100 ml yuboriladi. Novokainning maksimal dozalari (kattalar uchun): mushak ichiga yuborilganida bir martalik dozasi – 0,1 g, vena ichiga yuborilganida bir martalik dozasi – 0,05 g; parenteral yuborilganida sutkalik dozasi 0,1 g ni tashkil etadi. Novokainning pastroq kontsentratsiyalarini (0,125% yoki 0,25%) qo‘llash zarurati bo‘lganida, qo‘llashdan oldin preparat natriy xloridining steril izotonik eritmasida kerakli kontsentratsiyagacha suyultiriladi. Vena ichiga yuborish natriy xloridining izotonik eritmasida suyultirib, sekin amalga oshiriladi. Pediatriya amaliyotida preparatning dozasi tana vazniga qarab aniqlanadi, 1 kg tana vazniga 15 mg dan oshmasligi kerak. Nojo‘ya ta’sirlari Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, uyquchanlik; kam hollarda – tremor, tirishishlar; Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish; Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, kollaps, bradikardiya, ko‘krak qafasida og‘riq; Ko‘rish va eshitish a’zolari tomonidan: ko‘rish va eshitish a’zolari tomonidan buzilishlar, nistagm; Qon tomonidan: metgemoglobinemiya; Allergik reaktsiyalar: dermatit, eshakemi, terini qichishishi, eritema, angionevrotik shish, anafilaktik shok. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar prokain va preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;to‘qimalarda yaqqol fibroz o‘zgarishlar infiltrat usuli bilan anesteziya qilish uchun;yuborilgan joyda yiringli jarayonni rivojlanishi;o‘tkir qon ketishi bilan kechuvchi shoshilinch operatsiyalar;miasteniya;arterial gipotenziya;12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Novokain vena ichiga yuborilganida umumiy anesteziya uchun qo‘llanadigan vositalar, uxlatuvchi, sedativ preparatlar, narkotik analgetiklar va trankvilizatorlarning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’sirini kuchaytiradi. Preparat narkotik analgetiklar bilan birga buyurilganida additiv samara kuzatiladi, bu spinal va epidural anesteziyani o‘tkazishda ishlatiladi, bunda nafas faoliyatini susayishi kuchayadi. Vazokonstriktorlar (epinefrin, metoksamin, fenilefrin) Novokainning mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta’sirini uzaytiradilar. Preparat suksametoniy chaqirgan nerv-mushak blokadasini uzaytiradilar, chunki xar ikki preparat plazma xolinesterazasi tomonidan gidrolizlanadi. Novokain miorelaksant dori vositalarining ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi. Novokain dori vositalarining, ayniqsa yuqori dozalarda ishlatilganida antimiastenik ta’sirini pasaytiradi, bu miasteniyani davolashga qo‘shimcha tuzatishni kiritishni talab etadi. Xolinesteraza ingibitorlari (antimiastenik dori vositalar, tsiklofosfamid, demekarin, ekotiofat, tiotepa) Novokainning metabolizmini pasaytiradi, shuning uchun ularni birga buyurish tavsiya etilmaydi. Antikoagulyantlar (ardeparin, dalteparin, danaparoid, enoksaparin, geparin, varfarin) Novokain bilan birga qo‘llanganida qon ketishini rivojlanish xavfi oshadi. MAO ingibitorlari (furazolidon, prokarbazin, selegilin) bilan birga qo‘llanishi gipotenziyani rivojlanish xavfini oshiradi, shuning uchun ularni mahalliy anestetikni qo‘llashdan 10 kun oldin bekor qilish kerak. Novokain guanadrel, guanetidin, mekamilamin, trimetafan bilan birga ishlatilganida arterial bosimni keskin pasayishi va bradikardiyani rivojlanish xavfi oshadi. Novokainning metaboliti para-aminobenzat kislotasi sulfanilamidlarning raqobatli antagonisti xisoblanadi va ularning mikroblarga qarshi ta’sirini susaytirishi mumkin, shuning uchun bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Novokainni inyektsiya qilinadigan joy og‘ir metallarni saqlovchi dezinfektsiyalovchi eritmalar bilan ishlov berilganda, og‘riq va shish ko‘rinishidagi mahalliy reaktsiyalarni rivojlanish xavfi oshadi. Maxsus ko‘rsatmalar Novokain odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, biroq nojo‘ya ko‘rinishlarni chaqirishi mumkin va barcha usullarda yuborilganda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Ba’zida simpatomimetiklarni buyurishni talab qiladigan yaqqol gipotenziya kuzatiladi. Preparat o‘tkir qon ketishi bilan asoratlangan shoshilinch operatsiyalarda, jigarda qon oqimini pasayishi bilan kechuvchi holatlarda, yurak qon-tomir yetishmovchiligini avj olishida, yallig‘lanish kasalliklarida yoki inyektsiya qilingan joy infektsiyalanganda soxta xolinesteraza tanqisligida, buyrak yetishmovchiligida, 65 yoshdan oshgan patsiyentlarda, holati og‘ir bemorlarda, holsizlangan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Anesteziya o‘tkazish vaqtida organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini nazorat qilish kerak. Anestetikni qo‘llashdan oldin preparatga individual sezuvchanlikka sinama o‘tkazish shart. Mahalliy anesteziya o‘tkazish vaqtida Novokainning bir va aynan shu umumiy dozalari qo‘llanganida, qo‘llanayotgan eritma qanchalik kontsentratsiyalangan bo‘lsa, uning toksikligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Preparat shilliq qavatlar orqali so‘rilmaydi, demak terining yuzasiga qo‘llanganida yuza anesteziyani ta’minlamaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni mutloq ko‘rsatmalar bo‘yicha juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: teri qoplamlarini oqarishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, “sovuq” ter, MNT (markaziy nerv tizimi) ni qo‘zg‘alishi yoki susayishi, ko‘rishni noaniqligi, tremor, nafasni susayishi, bradikardiya, yurak zarbini pasayishi, kollaps, koma. Davolash: o‘pka ventilyatsiyasini tutib turish, dezintoksikatsion va simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 5 ml dan ampulalarda. 10 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.