Noston rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: Yerbag‘irlagan temirtikanning mevasi (Tribuius terrestris)                    25,0 mg Krateva po‘stlog‘i (Crataevia nurvala)                                                        25,0 mg Arpa kulidan olingan kaliy karbonati (Yavaksshar)                          10,0 mg Bir urug‘li Butiya gullari (Butea monosperma)                                      50,0 mg Natriy nitrati (Suryakshar)                                                                     10,0 mg Cerkiltikli zirk ildizi (Berberis aristata)                                            50,0 mg Kommifora mukuli (Commiphora mukul)                                                50,0 mg Dag‘al solomotsvet kuli (Achyranthea aspera)                                           8,0 mg Parpati (Swet parpati)                                                                               25,0 mg Uyatchan memoza urug‘i (Mimosa pudica)                                                      15,0 mg Ekma turp (Raphanus sativus)                                                                     8,0 mg Kokos yong‘og‘i po‘stlog‘ida ishlov berilgan natriy xloridi (Cocus nucifera)                                                                            8,0 mg Hind moshi (Dolichos biflorus)                                                                   60,0 mg Dixrostaxis siziy (Dichrostychus cinerea)                                              30,0 mg Tukli Erva ildizlari (Aerva Lanata)                                                      30,0 mg Koleus (Coleus ambonicus)                                                                         30,0 mg Faol bo‘lmagan ingrediyentlar: Kolloid kremniy dioksidi                                                                     4,0 mg Tozalangan talk                                                                                        4,0 mg Yordamchi ingrediyentlar: kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Yerbag‘irlagan temirtikanning mevasi, krateva po‘stlog‘i, arpa kulidan olingan kaliy karbonati, bir urug‘li butiya gullari, natriy nitrati, cerkiltikli zirk ildizi, kommifora mukuli, dag‘al solomotsvet kuli, parpati, uyatchan mimoza urug‘i, ekma turp, kokos yong‘og‘i po‘stlog‘ida ishlov berilgan natriy xloridi, hind moshi, dixrostaxis siziy, tukli erva ildizlari, koleus.

Preparatning savdo nomi:

Noston

Farmakalogik guruhi:

Nefrologiya va urologiyada qo‘llanadigan vosita.

Dori shakli:

Kapsulalar.

O‘ziga xos hidli, dorivor o‘simliklarning mayda elementlari bilan jigarrang-yashil rangli yumshoq kukun saqlovchi to‘q-qizil rangli “0” o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.

Nefrologiya va urologiyada qo‘llanadigan vosita.

Majmuaviy davolash tarkibida: – siydik-tosh kasalligi va kristalluriya (uratlar, oksalatlar, fosfatlar, karbonatlar); -siydik-chiqarish yo‘llarining nospetsefik infektsiyalari (uretritlar, tsistitlar, piyelonefritlar); – dizurik holatlar; – podagra. Siydik-chiqarish yo‘llarining spazmini va buyrak sanchig‘ini bartaraf etadi. Siydik-tosh kasalligini oldini olish, shu jumladan konkrementlarni mustaqil chiqishi yoki olib tashlanishidan keyin qo‘llanadi.

Siydik tosh kasalligini majmuaviy davolashda preparat 2 kapsuladan sutkada 2-3 marta 4-6 oy davomida yoki toshlar chiqarilganicha buyuriladi. Siydik chiqarish yo‘llarini majmuaviy davolashda preparat 2 kapsuladan sutkada 2-3 marta jarayon bartaraf qilingunicha buyuriladi. Toshlar chiqqanidan yoki jarroxlik yo‘li bilan olinganidan keyin qaytalanishini oldini olish uchun – 2 kapsuladan sutkada 1 marta 1 oy davomida, so‘ngra 1 kapsuladan sutkada 2 marta 4-5 oy davomida buyuriladi.

Allergik reaktsiyalar.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Ta’riflanmagan.

Nostonning terapevtik ta’siri asta-sekin rivojlanishi tufayli, siydik chiqarish yo‘llarining sohasida o‘tkir og‘riqlar bo‘lganida preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi va uni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparat dozasini oshirib yuborish hollarida nojo‘ya ta’siri belgilarini kuchayishi mumkin. Bunda simptomatik davolashni o‘tkazish zarur.

Retseptsiz

60 kapsuladan plastmassa flakonda, har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.