Normodoksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: Doksilamin suktsinati – 10 mg; piridoksin gidroxloridi – 10 mg Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, natriy metilparaben, natriy propilparaben, magniy stearati, talk, aerosil, AKRI KOAT L- 100, atseton, izopropil spirti, dibutilftalat, titan dioksidi, sanset sarigi, polietilenglikol-6000.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Doksilamin suktsinat, piridoksin gidroxlorid.

Preparatning savdo nomi:

Normodoks

Farmakalogik guruhi:

Uxlatuvchi vosita.

Dori shakli:

Ichakda eruvchi qobik bilan qoplangan tabletkalar.

Zarzarg‘aldoq rangli, dumaloq, ikki tomoni qabariq, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Uxlatuvchi vosita.

R06AA09

Doksilamin suktsinati. So‘rilishi – yukori, jigarda metabolizmga uchraydi. Gistogemotik to‘siqlar orqali yaxshi o‘tadi (gematoentsefalik to‘siqni xam qushib). Uzgarmagan xolda 60% buyraklar orqali, qisman – me’da-ichak yullari orqali chiqariladi. Piridoksin gidroxloridi. Ingichka ichakda tez so‘riladi. Jigarda farmakologik faol metabolitlarining xosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi (piridoksal fosfat va piridoksaminofosfat). Barcha to‘qimalarga yaxshi utadi; asosan jigarda to‘planadi. Yuldosh orqali utadi, ko‘krak suti bilan ajraladi. Buyraklar orkali. shuningdek gemodializ vaqtida chiqariladi.

Allergik reaktsiyalar, ko‘ngil aynishi, kunduzgi vaqtdagi uyquchanlik, og‘izning qurishi, akkomodatsiyaning parezi, kabziyat, siydikning tutilishi, kam – tirishishlar kuzatilishi mumkin.

Doksilamin suktsinati Barbituratlar, benzodiazepinlar, klonidin, opioid analgetiklar, neyroleptiklar, anksiolitiklar bilan bir vaqtda qullanganida markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’sir kuchayadi. Apomorfinga bo‘lgan qusish refleksini pasaytirishi mumkin. M-xolinobloklovchi vositalar bilan birga qabul qilinganida nojuya ta’sirlarini paydo bo‘lishini xavfi oshadi: ogizni qurishi, siydikni tutilishi. Alkogolni preparatning sedativ ta’sirini kuchaytirishi tufayli, alkogolli ichimliklar va alkogol saqlovchi dori preparatlarini iste’mol qilishdan saqlanish lozim. Piridoksin gidroxloridi Diuretiklarning ta’sirini kuchaytiradi; levodopaning faolligini susaytiradi. Yurak glikozidlari (piridoksin miokardda qisqaruvchi oqsillar sintezini oshirishga yordam beradi), glutamin kislotasi, kaliy va magniy asparaginati bilan mutanosib. Tiamin va tsianokobalamin bilan farmatsevtik nomutanosib.

Quruk, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: nojuya reaktsiyalarining kuchayishi. Davolash: simptomatik davolash. Maxsus antidoti yuk.

Retsept buyicha

Ichakda eruvchi qobik bilan qoplangan tabletkalar. 100 tabletka qo‘llash buyicha yuriqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.